Tayanch konspektlar
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikomaxov ahloqi»
- Katon Starshiy
- Varron
Platon (Aflotun) «Davlat» va «Konunlar» asarlarida ideal davlat qanday bo’lishi kerakligini ochib bermoqchi bo’ldi. Uningcha bu davrda xususiy mulk va erkin xo’jalik tashabbusiga o’rin yo’q. U aholini uch toifaga ajratgan:
Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o’qituvchisi ekanligini alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko’chib o’tgan. Olimning iqtisodiy g’oyalari «Nikomaxov ahloqi» va «Siyosat» kitoblarida mavjud. U «Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk» degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo’linishi - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo’lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. SHu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy g’oyalar ilgari surildi. Bu g’oyalarning rivojiga e’tibor berilsa, quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo’lgan munosabat ham o’zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo’lgan, «Dehqonchilik» nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo’jalikni himoya qildi. Katon o’z talablarini o’zi ta’minlovchi yoki asosan iste’mol qiymati ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarni tan olar edi (natural xo’jalik himoya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan g’oyani qo’llaydi. U qul mehnati asosida xo’jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olinish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o’rgatish oson bo’ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug’i sepilsa, ularda egasiga nisbatan ig’volar yo’qoladi. Qullar qattiq intizom asosida ishlatilishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va qiyintirilishi taklif etiladi. Dehqonlar qo’lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlandi. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o’rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo’ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo’li bilan hal etmoqchi bo’ldilar. yer egalarining qo’lidagi yerning bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko’zda tutilgan, eng muhimi bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo’lishi kerak edi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo’yicha, davlat yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har yo’li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish taqiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo’linib, kambag’al fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda qasddan o’ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o’zgarishlarni amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat yerlarini sotishga yo’l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da Gay ham jangda halok bo’lgan). Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lyutsiy Kolumella (I asr) lar quldorlik xo’jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. SHu bilan birga olim va arxeolog bo’lgan Varron «Qishloq xo’jaligi to’g’risida» degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o’rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron ular o’rtasidagi «buyuk ittifoq» tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo’lgan. SHu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo’jalik o’z-o’zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo’lgan va ularni «gapiruvchi qurollar» deb bilgan. U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda bir millatga tegishli qullarni ko’p saqlamaslik kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling