Tayanch konspektlar


INSTITUTTSIONALIZM YO’NALISHI


Download 0.5 Mb.
bet27/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

2. INSTITUTTSIONALIZM YO’NALISHI

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo’lib o’tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o’zgardi, ilgari ilg’or bo’lgan davlatlar 2-o’rinlarga (Angliya, Frantsiya), nisbatan qoloq bo’lgan davlatlar esa 1-o’rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko’pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o’tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir qila boshladi. SHu sababli antimonopol choralar qo’llash g’oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro’y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo’llaydilar.


Antitrest siyosati yo’li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari Qullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo’nalishi AQSHda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bog’liq). Bu yo’nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko’rsatma, muassasa so’zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o’tishi bilan bog’liq ravishda ro’y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta’limotlari bilan izohlash mumkin bo’lmay qoldi.
Institutsionalizm ma’lum ma’noda neoklassik yo’nalishga muholifdir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o’zini-o’zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma’naviy, ahloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog’liqdir deb o’ylaydilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo’lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ro’zvelt tomonidan ilgari surilgan «YAngi kurs» islohotlarini amalga oshirish bo’yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o’rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hoqimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini chop etdilar, G.Minz o’zining maqolalarida aktsionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funktsiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo’nalish, ya’ni neoinstitutsionalizm paydo bo’ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo’nalish ta’limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. Veblenning asosiy asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), «Mohirlik instinkti» (1914), «Fanning hozirgi tsivilizatsiyadagi o’rni va boshqa ocherklar» (1919), «Muhandislar va baho tizimi» (1921) va «Zamonaviy o’zgaruvchi tizimlar to’g’risidagi ocherklar» (1934) kitoblarida jamlangan. U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo’lgan jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo’nalishni eslang). Xususiy mulkning tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rante (absenteistik mulk) borligi tufayli aholining ma’lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. SHu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi bo’zilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo’lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktyabr inqilobini qo’tlagan, uni mavjud tuzumni o’zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o’ylagan. Amalda esa u kapitalizmni «texnokratik» jamiyatda islohotlar yo’li bilan «yaxshilash» usulini taklif etadi. Bu g’oyalar marksizmga zid fikrlardir.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling