Tayanch so„z va iboralar


Tadqiqotlarning kartografik usuli


Download 148.29 Kb.
bet3/3
Sana09.10.2023
Hajmi148.29 Kb.
#1695834
1   2   3
Bog'liq
10 - mavzu

Tadqiqotlarning kartografik usuli – xarita o‘rganiladigan obyekt modeli va obyekt bilan tadqiqotchi orasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida chiqadigan ilmiy tadqiqot usulidir. Tadqiqotlarning kartografik usuli xaritalarni tahlil qilishning ko‗plab usullariga ega bo‗lib, ular yordamida hodisalarni miqdoriy morfometrik va statistik baholash bilan birga tuzilishi va morfologiyasi tadqiq qilinadi; hodisalar dinamikasi va rivojlanishi o‗rganiladi; tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik holatga baho beriladi; hududni o‗zlashtirishning xo‗jalik, rekreatsion va boshqa imkoniyatlarini aniqlash uchun muhandislik-geografik tekshirishlar o‗tkaziladi; indikatsion va prognoz tadqiqotlari bajariladi; xavfli hodisalar riskini bartaraf etish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va h.k.
Tadqiqotlarning kartografik usuli – bu xaritalarda tasvirlangan hodisalarni xaritalardan foydalanib bilish usulidir. Xaritalarda tasvirlangan hodisalarni bilish bu yerda keng ma‘noda tushuniladi va xaritalar orqali hodisalarning tarkibini, bir-biri bilan bog‗liqligini, dinamikasini va evolyutsiyasini vaqt va makonda o‗rganish, rivojlanishini tahlil qilish, ular haqida turli miqdor va sifat ko‗rsatkichli ma‘lumotlar olishni anglatadi. Tadqiqotlarning kartografik usuli fanda va amaliyotda qo‗llanilishi xilma-xil. Har bir fan sohasida borliqni tushunishda, amaliy ishlarda, loyihalashda, yerlarni o‗zlashtirishda, aholishunoslikda, tabiatni muhofaza qilishda va boshqa turli masalalarni yechishda kartografik usul qaror qabul qilish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Xaritalardan foydalanish ularni tuzish bilan chambarchas bog‗liq. Xaritalarni tuzishda ma‘lumotlar manbasi sifatida atrof-muhit olinadi, xaritalashtirishda kuzatishlar natijasi ma‘lumotlarini tanlab xaritaga aylantiriladi va borliqning modeli tuziladi. Kartografik modellashtirishda ma‘lumotlarni qayta ishlash bo‗yicha murakkab ilmiy ishlar bajariladi, u tahlil va sintez qilishlar bilan bog‗liq. Bunday ishlar xaritaning maqsadiga va kimlarga mo‗ljallanganligiga, tadqiqotchining bilim darajasiga, obyektning o‗rganilganligiga, xaritalashtirishning ilmiy metodologiyasiga, tasniflashning mantiqan to‗g‗riligiga, generalizatsiya darajasiga va h.k. bog‗liq. Xaritalardan tadqiqot usuli sifatida foydalanish jarayonida ma‘lumotlar qaytadan ishlanib, u ishning maqsadiga, tadqiqotchining saviyasiga, tajribasiga va bir qancha boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq. Shuni aytish kerakki, olib borilayotgan tadqiqotlar jarayonlari ma‘lum darajada xatoliklarga ega.
Shuning uchun olingan ma‘lumotlar va xulosalar albatta haqiqiy borliq bilan tekshirib ko‗rilishi, zarur bo‗lganda ularga o‗zgartirishlar kiritilishi kerak. ―Xaritalarni yaratish va ulardan foydalanish‖ tizimida bir-biriga bog‗liq ikkita usul mavjud:
  • Xaritalashtirish yoki kartografik tasvirlash usuli – uning maqsadi real borliqdan xaritaga o‗tish demakdir (voqea va hodisalar modelini hosil qilish).
  • Tadqiqotlarning kartografik usuli – tayyor xaritadan foydalanib borliqni bilish.

  • Yuqorida nomlari keltirilgan usullar bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Xaritalardan foydalanish imkoniyati boshqa xaritalarni tuzish tartibi ketma-ketligini belgilaydi.

Tadqiqot natijasida yangi xaritalar tuziladi, ular yana, o‗z navbatida, tadqiqotga jalb qilinadi, masalan, gipsometrik xarita joyning nishabligini aniqlash uchun qayta ishlanadi, undan esa yuzaning yuvilish intensivligi darajasini tasvirlovchi xarita keltirib chiqariladi va h.k. Bundan tashqari, tuzilgan xaritalar boshqa xaritalarni tuzishda manba sifatida ham ishlatiladi, masalan, baholash va prognoz xaritalarini tuzishda bir qancha analitik xaritalar manba sifatida ishga jalb qilinadi. Xaritalardan foydalanishning yana bir tomoni – kartograf bo‗lmagan tadqiqotchilar yuqorida nomlari keltirilgan ikkita usuldan alohida-alohida foydalanishadi, masalan, tuproqshunos geomorfologik va geobotanik xaritalardan ularni tuzish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan holda foydalanadi.
Download 148.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling