Tayanch so„z va iboralar


Xaritalardan foydalanish usullarining rivojlanishi


Download 148.29 Kb.
bet2/3
Sana09.10.2023
Hajmi148.29 Kb.
#1695834
1   2   3
Bog'liq
10 - mavzu

Xaritalardan foydalanish usullarining rivojlanishi
Kartografik tasvirlar eng qadimgi davrlardan kishilar tomonidan oriyentir olish, qo‘shni manzilgohlarni, yo‘llarni, ov qilish joylarini va h.k.ni ko‘rsatish uchun foydalanilgan. Qadimgi Misr, Yunoniston va Rimda xaritalar bo‘yicha maydonlar va masofalarni o‘lchash usullari ishlatilgan. O‘rta asrlarda barcha xaritalar dengizda suzish, sayohat, harbiy harakatlarni olib borish maqsadlarida foydalanilgan.
Buyuk kartograf olim G.Merkator (1512-1594 yy.) o‘z asarlari – xaritalar, globuslar, atlaslarni ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan bergan. Birinchi marta silindrik proyeksiya ishlatilgan 18 varaqlik mashhur dunyo xaritasida Merkator ―Joyda masofalarni o‘lchash usullari nomi bilan qirqimda maxsus matn-yo‘riqnoma joylashtirgan va xaritaning qayerida va qay tarzda otrodromiya o‘rniga loksodromiyadan foydalanish kerakligini va qanday xatolik kelib chiqishini tushuntirgan.
O‘sha xaritaning boshqa varaqlarida ―Yo‘nalishlar gulini ishlatishga qisqacha ko‘rsatma va xarita bo‘yicha navigatsiya masalalarini yechishga doir nomogramma joylashtirilgan. Shu tarzda buyuk kartograf xarita yaratishni undan foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan uyg‘unlashtirgan. Xaritalardan ilmiy maqsadlarda foydalanishga dastlabki misollar XVIII-XIX asrlarga tegishli bo‘lib, bunda Yer to‘g‘risidagi fanlarda to‘plangan juda ko‘p materiallarni tizimlashtirish ilk mavzuli xaritalarni yaratishga olib keldi, xaritalarning o‘zi esa yangi tadqiqotlar uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qila boshladi. Xaritalar bo‘yicha ko‘plab global qonuniyatlar kashf etildi, biror hodisalarning boshqalari bilan aloqalari va h.k.lar aniqlandi.
Xaritalardan foydalanish ko‘plab fundamental geografik qonuniyatlarning kashf etilishiga olib keldi. 1817 yilda A.Gumboldt izoliniyalar usulidan foydalanib, Shimoliy yarimsharning birinchi ―izotermik chiziqlar xaritasini tuzdi. Xaritani tahlil qilib hamda uni boshqa iqlim ma‘lumotlari va tabiiy geografik materiallar bilan taqqoslab, global iqlim qonuniyatlarini aniqladi, materiklarning g‘arbiy va sharqiy qismlaridagi, quruqliklar ichkarisidagi va okeanlar qirg‘oq bo‘ylarida issiqlik tafovutlarini, asosiysi iqlim zonalarini aniqladi.
Undan so‘ng B.B.Dokuchayev tuproqni xaritaga olish bilan shug‘ullanib, tegishli qonuniyatlarni ochgan.
Xaritalar Yerda joylashgan obyektlar yoki hodisalarning o‘rni yoki belgilariga tegishli ma‘lumotlar hisoblangan geofazoviy ma‘lumotlarni ko‘rsatish, tasvirlash uchun foydalaniladi. Xaritalar o‘z foydalanuvchilariga geofazoviy munosabatlarni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi. Xaritalardan masofa, yo‗nalishlar va maydonlar ko‘lami, tizimlar va aloqalar, tushunchalar va aniq miqdoriy axborotlarni olish mumkin. 1980-yillardan raqamli geofazoviy ma‘lumotlarni qayta ishlash rivojlana boshladi. Demak, xaritalarda ishlatiladigan borliq ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun sezilarli o‘zgardi. Kompyuter vositasida xaritalar ekranga chiqdi.
Bu xaritalar orqali ular yaratiladigan ma‘lumotlar bazasi va asosiy analitik funksional imkoniyatlarni endilikda menyu yoki legenda orqali olish mumkin. 1980-yillarda geofazoviy ma‘lumotlar masalalari va ularni tadqiq qilishni hisobga oluvchi bu dasturlar paketi geografik axborot tizimlari (GAT/GIS) sifatida tanila boshlandi. Ularning funksional imkoniyatlari shu darajada taraqqiy etmoqdaki, geofazoviy ma‘lumotlar bilan ishlaydigan barcha fan sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Xaritalar oldingidek faqatgina pirovard mahsulot bo‘lmay qoldi, qog‘oz xarita geofazoviy ma‘lumotlarni saqlash va uzatish vositasi sifatida amal qilgan va amal qilmoqda, biroq bunga xaritalarni va ularga tegishli ma‘lumotlar bazasini ekranga kiritish sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi.
U kartograflarga uch o’lchamli va animatsion xaritalar kabi yangi va muqobil variantlarni taqdim etishga olib kelgan ma‘lumotlar bazasi texnologiyalari va kompyuter grafikasi usullarini taqdim etdi. Geofazoviy tahlil ko’pincha xaritadan boshlanadi; xaritalar oraliq tahlil natijalarini muhokama etish kabi yakuniy natijalarni taqdim etishda ham foydalaniladi. Boshqacha aytganda, xaritalar geofazoviy tahlil jarayonida yetakchi rol o’ynaydi. Internetning rivojlanishi kartografiyada navbatdagi inqilobni olib keldi. Interaktiv xaritalarni olish cheklovi bartaraf etildi. Google Maps/Earth kabi mahsulotlar, hattoki kishilarga o’z ma‘lumotlarini xaritalarga qo’shish va uni boshqalar bilan bo’lishish imkoniyatlarini beradi.
Kartografiya nafaqat xaritalarni loyihalash va tuzishni, balki ulardan foydalanishni ham o‗z ichiga oladi. Xaritadan tegishli axborotni olish uchun foydalanuvchilar xaritadan foydalanishning ma‘lum qoidalarini bilishlari kerak. Shuningdek, foydalanayotgan xarita va atlaslarning maqsadi va foydalanish sharoitlari haqida ham ma‘lumotga ega bo‗lishlari zarur. Xaritalar bo„yicha tadqiq qilish (o„rganish) - Yer to‗g‗risidagi fanlar va u bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda tanituv faoliyati turlaridan biri. Sifat va miqdor, ilmiy va amaliy, empirik va nazariy turlar ajratiladi. Xaritalar bo‗yicha tadqiq qilishning asosiy vositasi tadqiqotlarning kartografik usuli hisoblanadi.

Download 148.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling