Axbarot texnologiyalarining xususiyatlari. Tizimning turkumlanishi. Reja
Download 107.5 Kb.
|
Axbarot texnologiyalarining xususiyatlari. Tizimning turkumlanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Axbarot texnologiyalarining xususiyatlari. Tizimning turkumlanishi. REJA 1. Axborot tizimlarining tashkilotdagi o’rni va vazifalari. 2. Axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlari. 3. Axborot tizimlarining tasnifi. 4. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini qo’llanilishi Tayanch so’z va iboralar: Tizim; ob’ektlar, xususiyat; aloqalar; axborot tizimlari; axborot tizimlarining sifat jihatlari; tizimning bo’linishi; tizimlar tasnifi; avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan tizimlar. Tashkilotda axborot tizimlarning roli va vazifalari. Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashti-rish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Organilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo’lgan tizimning ko’plab tushuncha va ta’riflari mavjud. Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o’rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo’lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog’langan qismlardan iborat butun bir ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig’ilgan mashina; xujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog’langan ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob’ektlar(qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, ya’ni har bir ob’ekt, kenja tizimlar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi. «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», «alo-qalar», «xususiyatlar». Ob’ektlar – tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling