Axborot texnologiyalari evolyusiyasi. Reja: Axborot tizimlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1437871
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot texnologiyalari evolyusiyasi




Axborot texnologiyalari evolyusiyasi. 
 
Reja: 
 
1.Axborot tizimlari 
2. Tashkiliy tizim 
3.Axborot texnologiyalari evolyusiyasi. 
 
 
 
 
ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR 
 
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad - tashkiliy loyihalashti-
rish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim 
faoliyatining samaradorligini oshirishdir. 
Urganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham 
ayrim xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimning ko‘plab tushuncha va 
ta’riflari mavjud. 
Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning 
xususiyat-lari o‘rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo‘lgan, ya’ni bir-biriga 
chambar-chas bog‘langan qismlardan iborat butun bir ob’ektlar 
majmuasi tushuni-ladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol 
qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilma-lardan 
yig‘ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik 
organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab ishlab 
chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitli-gida yuzaga kelgan 
korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob’ektlar (qismlar) yagona tizim 
sifatida ishlaydi, ya’ni har bir ob’ekt, 
kenja tizimlar umumiy tizim 
oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.
«Tizim»ni aniqlashta quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», 
«aloqalar», «xususiyatlar». 
Ob’ektlar – tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, 
jismoniy, matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, 
texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari 
kabi ko‘plab cheklanmagan qismlarga ega. 


Xususiyatlar bu obektning sifatini ifodalovchi parametr-lardir. 
Xususiyat tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega ob’ektlarini bittalab 
miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Ob’ekt-larning 
xususiyatlari tizim harakati natijasida o‘zgarishi mumkin. 
Aloqalar ob’ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida 
yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining 
kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida aloqa bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan 
birlashuvchilar o‘rtasida aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy 
tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan 
element ko‘rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari 
quyidagilar sanaladi: element-lar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, 
turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‘linishligidir. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling