Tayanch so„z va iboralar


Download 148.29 Kb.
bet1/3
Sana09.10.2023
Hajmi148.29 Kb.
#1695834
  1   2   3
Bog'liq
10 - mavzu


Tayanch so„z va iboralar: xaritalardan foydalanish, tadqiqot usuli, kartografik usul, oriyentir olish, navigatsiya, kommunikatsiya, tavsiflash.
Xaritalardan foydalanish – kartografiyaning ilmiy, amaliy, madaniy-ma‘rifiy, o‘quv faoliyatining turli sohalarida kartografik asarlardan foydalanish masalalarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, uning doirasida katografik asarlar bilan ishlash usullari va uslublari ishlab chiqiladi, olinadigan natijalarning ishonchliligi va samaradorligi baholanadi.
Geografik xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ular bo‘yicha muayyan vazifalarni hal etish bilan chambarchas bog‘liq. Geografik xaritalar turli maqsadlarda ishlatilishi sababli foydalanish bo‘yicha har xil usullarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Ulardan asosiylari quyidagilar:
  • xaritadan kerakli ma‘lumotlarni olish;
  • kerakli hududni topish;
  • kerakli obyektlarning geografik koordinatalarini aniqlash;
  • joyni xarita orqali o‘rganish;
  • joyning uzunligi, maydoni, qiyalik burchaklarini aniqlash.
  • yer osti zaxiralari hajmlarini aniqlash, o‘rmonli maydonlardagi –

  • zaxiralarni aniqlash;
  • xaritada oriyentirlashni bajarish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish (yer qimirlashi, surilma);
  • loyihalash, qurilish ishlarini amalga oshirish (aholi punktlari, xo‘jalik ahamiyatidagi yirik obyektlar, yo‘llarni qurish, melioratsiya ishlarini bajarish va boshqalar uchun);
  • mafkuraviy yoki siyosiy ta‘sir qilish vositasi sifatida foydalanish;
  • harbiy maqsadlarda foydalanish;
  • ta‘lim berishda foydalanish;
  • har xil ma‘ruzalarda foydalanish va h.k.

  • Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, geografik xaritalar qurilishda, loyihalashda qidiruv-tekshirish uchun asos sifatida foydalaniladi; o‘quv vositasi bo‘lib xizmat qiladi hamda ilmiy-tadqiqotlarda (geologiya, geomorfologiya, geografiya va h.k.) katta ahamiyatga ega; turli fanlarda to‘plangan bilimlarni saqlovchi,

shuningdek ularni tarqatishning ta‘sirchan vositasi hisoblanadi (bunda aholining o‘z o‘lkasi, boshqa mamlakatlar va boshqa sayyoralar bilan tanishib, umumiy madaniy darajasi oshadi); xaritalar yordamida uncha katta bo‘lmagan joydan tortib butun sayyora yuzasigacha istalgan qamrovda fazoning bir vaqtdagi obzorini olish mumkin; xaritalar obyektlarning miqdor va sifat tavsiflarini saqlaydi, ular orasidagi fazoviy va boshqa aloqalarni ko‘rsatadi; xaritalar obyektlarning shakli, kattaligi va o‘zaro holatining ayrim ko‘rinarli obrazini hosil qiladi, obyektlarning o‘lchamlari, koordinatalari, uzunliklari va maydonlarini aniqlash imkonini beradi.

Download 148.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling