Tayanch so’z va iboralar: zamonaviy moliya (modern finance), moliyaviy tizim


Download 410.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/40
Sana17.06.2023
Hajmi410.67 Kb.
#1541744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
1-modul. Moliyaning fundamental (tub) asoslari (1).docx



Tayanch so’z va iboralar: zamonaviy moliya (modern finance), moliyaviy tizim 
(financial system), aktivlar (assets), investitsiyalar uchun aktivlar tanlash, (assetsallocation), 
majburiyatlar (liability), mulkning sof qiymati, yoki kompaniyaning o’z kapitali (networth), 
yakka egalik qilish (sole proprietorship), shirkat (partnership),korporatsiya (corporation)
1-mavzu: Moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi
Reja:
1. Moliyaning mazmun-mohiyati
“Moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda 
yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik 
sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va 
“noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni 
so‘raymiz. Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. 
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Aslida 
faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab berishda
ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik 
sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari 
qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu 
omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-
markazimizda turibdimi? Yuqoridagi holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga 
olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada 
“barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib qolgan”ligini 
sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta 
bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da
o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana 
shunday holatlarga tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya 
“sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) 

Download 410.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling