Tayanch so‘zlar va iboralar


Tayanch so‘zlar va iboralar


Download 1.26 Mb.
bet2/6
Sana02.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1320278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

Tayanch so‘zlar va iboralar:
Tayanch; tayanchlash; tayanchlash nazariyasi; tayanchlarni tanlash; olti nukta prinsipi; fazo; erkinlik darajasi; silindr; disk; konus; prizma; shar; rolik; shartli belgi; yashirin tayanch.

Tayanch (baza) deb, detalning xolati, yuzalar o‘zaro joylashishini aniqlash (belgilash) uchun xizmat qiluvchi o‘q, nuqta va yuzalarga aytiladi. Mashinalarning me’yoriy ishlashi uchun, ularning detal va tutashmalarning ma’lum xolatda o‘zaro joylashishini ta’minlash kerak.


Detallarga ishlov berish jarayonida xam, ularning ishlov berishi lozim bo‘lgan yuza va boshqa qismlari stanok va uning ishchi elementlariga nisbatan to‘g‘ri va aniq joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Detallarga ishlov berishda, ular stanokda to‘g‘ri va aniq joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Detallarga ishlov berishda ularning stanokda to‘g‘ri joylashtirilganligi va yig‘ish jarayonida mashinaning detal va tutashmalarining bir- biriga nisbatan to‘g‘ri joylashishini ta’minlash vazifalari, tayanchlash (bazalash) ishi amalga oshirilganda bajariladi.
Umuman tayanchlash deb, tanlangan koordinat tizimida zagotovka yoki maxsulotga talab qilingan xolatni ta’minlashga aytiladi. Mexanik ishlov berish jarayonida tayanchlash deb, ishlov berish asbobining xarakati traektoriyasini xisobga olgan xolda, dastgox elementlariga nisbatan zagotovkaga beriladigan xolatga aytiladi.
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida-kesib ishlov berish, o‘lchash, yig‘ish jarayonlarida bazalashning umumiy nazariyasiga amal qilinadi. Bu umumiy nazariyaga asosan xar qanday erkin qattiq jism oltita xarakat erkinlik darajasiga tanlangan tizim bo‘yicha ega bo‘ladi (X, U, Z), ya’ni xar o‘q bo‘yicha ilgarilanma va aylanma xarakatlanishi mumkin. Ishlov beriladigan detalning qo‘zg‘almasligini ta’minlash uchun unda oltita ikki tomonli bog‘lanish xosil qilish kerak (tayanch nuqtalar). Agar detal ma’lum sonli xarakatlanish erkinligiga ega bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunga mos ravishda bog‘lanishlar olib tashlanadi. Masalan, valni tokar stanogida ishlash yoki aylanma silliqlash stanogida ishlash uchun uni berkitib faqat aylanish erkinligini qoldirish lozim. Bu xolda valning besh xarakatlanish erkinlik darajasi yo‘qotilgan (orqa markazda uchta va oldingi markazda ikkita) va bitta erkinlik darajasi, ya’ni o‘z o‘qi atrofida aylanish erkinligi qoldirilgan.
Standartga mavofiq detalga talabga mos xolatni berish uchun bazalar kompleksidan foydalanish zarur, ular detalning koordinat tizimini xosil qiladi.
Quyida keltirilgan 8.1-rasmda prizmatik detalning tanlangan X1, U1, Z1 koordinatalar tizimida tanlangan I, II, III bazalari ko‘rsatilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, detalni bazalash aniqligi tayanch nuqtalarning bazalarda joylashishi bilan xal qilinadi. Bazalarning navbat nomerini berish eng ko‘p tayanch nuqtasi xosil qilingan bazadan boshlanadi. Bazalash tizimida detal proeksiyalari soni hamma tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Demak, detalni uning oltita erkinlik darajasidan chegaralash uchun oltita tayanch nuqtalarni uchta o‘zaro perpendikulyar tekislikda joylashtirish kerak.
8.1-rasm. Prizmatik detal uchun but tayanchlar: 1-6-tayanch nuqtalar; I-III-detal tayanch yuzalari.

Bazalash natijasida detalning to‘liq yoki qisman qo‘zg‘almasligini ta’minlash mumkin. Bazalashning quyidagi usullari mavjud: o‘rnatish, yo‘naltirish, ikki tomonlama yo‘naltirish, tayanchli, ikki tayanchli.


O‘rnatish bazasi deb I (rasm 8.1), detalning uch erkinlik darajasini yo‘qotuvchi biror o‘q bo‘yicha siljishini chegaralash (U) va qolgan ikki o‘q atrofida aylanishini (X, Z) chegaralovchi bazalashga aytiladi
Yo‘naltiruvchi baza deb detalning ikki erkinligini chegaralovchi bazalashga aytiladi (II-yuza). Bu bazalashda detal «X» o‘qi yo‘nalishida va «U» o‘qi atrofida aylanishi chegaralanadi.
Tayanch baza detalning bir xarakatlanish darajasini yo‘qotadi. (III) – Z o‘qi bo‘yicha siljish yo‘qoladi.
Ikki tomonlama yo‘naltirish bazalashi tushunchasi valsimon detallarni o‘rnatishga bog‘liqdir. Bu usulda o‘rnatishda detal 4 erkinlik darajasi bo‘yicha chegaralanadi. Detal o‘qi Z yo‘nalishida bo‘lib, baza bo‘lib silindrik yuza va ikki kundalang tugal yuzalar xizmat qiladi. Detal ikki koordinat o‘qi (x, u) yo‘nalishi va ular atrofida aylanish xarakatlari bo‘yicha chegaralanadi.
Ikki tayanchli bazalash disksimon detallarni o‘rnatishda qo‘llaniladi, bunda xam detal o‘qi «Z » yo‘nalishida bo‘ladi. Bu usulda bazalash detalni ikki o‘q yo‘nalishida (x, u) xarakatlanishini chegaralaydi.
Bazalarni tanlash va bazalash xatoligi o‘rnatish xatoligi ishlab berilayotgan o‘lchamga bevosita ta’sir qiladi.

bu yerda -bazalash xatoligi;
-berkitish xatoligi;
-joylashish (moslama) xatoligi.
Detalni tayyorlash bazalarini tanlashda texnologiya va konstruktorlik bazalarining o‘lchov bazasi bilan birga bo‘lishini ta’minlash maqsadga muvofiq.
Texnologik baza yetarlicha aniqlik bilan ishlov berilgan yuza bo‘lishi kerak. Bu yuzaga ishlov berishda detal ishlov berilmagan yuzasi bilan jixozga o‘rnatiladi. Ishlov berilmagan yuza silliq, ishlov berilganda xar tomonlama bir xil qalinlikda material olinishi kerak. U yuza asosiy texnologik yuzaga nisbatan parallel, perpendikulyar yoki yuza o‘qi bo‘yicha mos bo‘lishi kerak.
Asosiy texnologik bazani tanlashda u yuzaning imkon qadar katta bo‘lishi ta’minlanishi va asosiy toza ishlov beriladigan yuzalarga ishlov berish shu bazaga nisbatan amalga oshirilish imkoniyati yuqori bo‘lishi kerak. Bu prinsipga rioya qilish ayniqsa murakkab tuzilishga ega bo‘lgan detallar uchun muximdir.
Detal o‘rnatilganida, uning yuqori aniqlik bilan ishonchli joylashishini ta’minlash uchun o‘rnatish bazasi sifatida eng katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan yuza olinadi. Chunki maqsadni amalga oshirish uchun yuzada uchta tayanch nuqtalarni bir-biriga nisbatan imkon qadar uzoqroq joylashtirish talab qilinadi. Yo‘nalish bazasi sifatida xam yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishilishi uchun eng uzun yuza tanlab olinishi kerak. Tayanch baza sifatida esa xar qanday, yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yuza olinishi mumkin.
Uzun silindrik jismni (ld) fazada to‘g‘ri joylashtirish (yo‘naltirish) uchun, uning silindrik yuzasini A, XOU tekislik bilan Z koordinata orqali ikkita ikki tomonlama bog‘lanish yordamida, UOZ tekislik bilan X koordinatalari orqali ikkita ikki tomonlama bog‘lanish yordamida, UOZ tekislik bilan X koordinatalari orqali ikkita ikki tomonlama bog‘lanish yordamida ulanadi va natijada jism to‘rtta xarakat erkinligi (OX va OZ o‘qlari bo‘yicha va ular atrofida) bo‘yicha chegaralanadi. Silindrik detalni bu tarzda tayanchlash, uning «ou» o‘qi bo‘ylab va uning atrofida aylanish erkinliklarinigina qoldiradi. Bu xarakat erkinliklarini xam chegaralash uchun esa detal uchun yana ikki yo‘nalishda bog‘lanish xosil qilish lozim. Jismning OU o‘qi bo‘yicha siljishini bartaraf qilish uchun uning ko‘ndalang tekis yuzasi S, XOZ tekisligi bilan «u» koordinata orqali ikki tomonlama bog‘lanishi kerak. Jismni oltinchi xarakatlanish erkinligi, «u» o‘qi atrofida aylanish erkinligini chegaralash uchun shponka ariqchasida «V» joylashgan tayanch nuqta ko‘rinishidagi oltinchi ikki tomonlama bog‘lanish nazarda tutilgan (8.2-rasm).


8.2-rasm Uzun silindrik jismni fazoda joylashtirish.


Real sharoitida tayanchlashda to‘rtta ikki tomonlama bog‘lanish, to‘rtta tayanch nuqtalar bilan almashtiriladi. Bu nuqtalar, ikki tomonlama yo‘naltiruvchi tayanch deb ataluvchi silindrik yuza A bilan bevosita tutashgan bo‘ladi. Silindrning ko‘ndalang kesim yuzasida «s» joylashgan beshinchi tayanch nuqta, tayanch baza deb aytiladi va shponka chuqurchasi V, oltinchi tayanch nuqta bo‘lib, oltinchi ikki tomonlama bog‘lanish rolini bajaradi va ikkinchi tayanch baza deb ataladi.


Uzun silindrik detallarni tayanchlash uchun moslama yaratilishida, to‘rtta tayanch nuqta xosil qiluvchi ikki tomonlama yo‘naltirish bazasiga ega bo‘lgan prizmalardan foydalaniladi. Detalni to‘liq bazalash uchun prizmalar, qo‘shimcha tayanch va shponka chuqurchalari qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama bog‘lanishni, mos ravishda tayanch nuqtalar bilan almashtirilganida, diskning uchta yerkinlik darajasini chegaralovchi, uchta tayanch nuqtalar bilan tutashuvchi ko‘ndalang tekis yuzasi A o‘rnatish yuzasi deb ataladi. Ikkita tayanch nuqta bilan tutashuvchi va diskning ikkita erkinlik darajasini chegaralovchi g‘ilindrik yuzasi V ikki tomonlama tayanchlash bazasi (yoki markazlovchi) deb ataladi va diskning bitta xarakatlanish erkinligini chegaralovchi shponka chuqurchasi yuzasi S, tayanch baza bo‘ladi (8.3-rasm).

8.3-rasm. Diskni tayanchlash.


Konussimon detallarni fazoda joylashtirish xam o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


Zagotovka yoki detallarni uzun konussimon yuzasi bo‘yicha o‘rnatilganida (dastgox shpindelidagi teshik, qirqish asboblarining konussimon berkitish yuzasi, konussimon «ishqalanish opravkalari») konussimon yuza detallarning beshta xarakatlanish erkinligini yo‘qotadi (barcha o‘qlar bo‘yicha siljish va ikki o‘q atrofida aylanish yerkinligi yo‘qoladi) va faqat o‘z o‘qi atrofida aylanish erkinligi qoladi. Tabiiyki, oltinchi xarakat erkinligini yo‘qotish uchun, tashqi yuzada oltinchi tayanch nuqta belgilanadi (shponka ariqchasi yuzasi) va bu nuqta tayanch baza hisoblanadi.
Zagotovkani markazlarga o‘rnatish, uning beshta erkinlik darajasini chegaralaydi va faqat o‘z o‘qi atrofida aylanish erkinligini qoldiradi. Agar zagotovkaning aylanish erkinligi xam chegaralanishi lozim bo‘lsa, uning qo‘shimcha yana bir yuzasidan tayanch baza sifatida foydalanib, oltinchi xarakat erkinligi xam yo‘qotiladi.
Shuni xam ta’kidlash kerakki, detalning to‘liq berkitilishi faqat qo‘zg‘almas birikmalarni olishda zarur bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi birikmalarning barchasida ma’lum darajadagi xarakatlanish erkinligi saqlanib qolishi kerak va bu xollarda oltita tayanch nuqtalari bilan berkitishni ta’minlash talab yetiladi. Masalan stanoklar shpindeli beshta xarakat erkinligi bo‘yicha chegaralanadi, shariklar to‘rt xarakat erkinligiga, barcha o‘qlari atrofida va yurish yo‘lagiga urinma o‘q bo‘yicha xarakat erkinligiga, roliklar esa faqat uch xarakat erkinligi, bitta o‘q atrofida va ikkita o‘q bo‘yicha siljish yerkinligiga ega bo‘lishi kerak.
Detallarga ishlov berish jarayonida xam detallarga uch tayanch yuza bo‘yicha olti nuqta orqali to‘liq bazalash doimo shart yemas. Masalan, prizmatik zagotovkaga uning balandligi bo‘yicha «a» o‘lchamni olib ishlov berish jarayonida (8.4.a-rasm), zagotovkani gorizontal o‘qlar bo‘yicha yo‘nalish siljishi axamiyatga ega yemas, shu sababdan zagotovkaning yon tomonlari tayanchlik axamiyatini yo‘qotadi. Bu xolda zagotovkaning to‘g‘ri joylashishi faqat bitta o‘rnatish tayanchi A orqali amalga oshiriladi.

8.4-rasm. Zagotovkaga bir (a), ikki (b) va uch (v) tayanch yuzalardan foydalanib ishlov berish.


Zagotovkaga ishlov berishda ikkita o‘lcham olinishi kerak bo‘lganida (8.4.b-rasmda a va b o‘lchamlar) uni faqat o‘rnatish bazasi A bilan emas, qo‘shimcha yo‘naltirish tayanchi-V yuza orqali xam joylashtirish kerak bo‘ladi. Detal yuzasiga ishlov berishda uchta o‘lcham (a, v, s) olinishi kerak bo‘lganida esa (8.4.v-rasm) detalni talab darajasida joylashtirish uchun barcha tayanch yuzalaridan (uchta) A, V, S foydalanish zaruriyati tug‘iladi.


Zagotovkaga ishlov berish jarayonida bajariladigan texnologik vazifaga bog‘liq xolda uni moslamada yoki dastgoxda joylashtirishda o‘zida uch, to‘rt, besh yoki olti tayanch nuqtalarini mujassam qilagan bir, ikki yoki uch tayanch qo‘llaniladi. 8.4-chizmada aylanalar ichida turli sxemalar bo‘yicha tayanchlanganida zagotovkaning chegaralanadigan xarakat erkinligi soni ko‘rsatilgan.
Texnologik operatsiyalar ishlab chiqilishida operatsion xomaki chizmada «tayanchlashning nazariy sxemasi» deb ataluvchi belgilar qo‘yib chiqiladi.
Tayanchlarning nazariy sxemasi zagotovkaning texnologik bazalarida g‘oyaviy (ideal) tayanch va shartli nuqtalarning sxemasini bildiradi. Bu nuqtalar majmuasi zagotovka xolatining qabul qilingan koordinatalar tizimi bilan bog‘lanishini belgilaydi (moslamaning tayanch yuzalari, dastgoxining koordinat tekisliklari va xokazo). Bunda zagotovkaning texnologik tayanchi sifatida qabul qilingan yuzalari kontur chiziqlariga, zagotovka va moslamaning tutashish g‘oyaviy nuqtalarining shartlii belgisi qo‘yiladi. Bu nuqtalar zagotovkani tegishli erkinliklari bo‘yicha chegaralaydi. Qabul qilingan standartlarga muvofiq, g‘oyaviy tayanch nuqta, yon tomondan ko‘rinishida «--» shaklda, ust tomonidan ko‘rinishida «--» shaklda beriladi.
Detallarni tayanchlashda tayanch nuqtalarining joyi, kuch uzatish miqdori va yo‘nalishi muxim axamiyatga ega bo‘lsa (masalan yupqa devorli vtulkaga ichki yuzasiga ishlov berishda), tayanchlashning nazariy sxemasida tayanch nuqtalarning aniq joylashishi o‘rni, berkitish kuchining qo‘yilish o‘rni va yo‘nalishi xam ko‘rsatiladi.
Loyixalash jarayonida, mashina elementlari va qismlari joylashishini chizma yordamida analiz qilishda, detallarning joylashishini aniqlashda bevosita ularning yuzalari emas, tasavvur qilinadigan tekislik, chiziq, nuqtalar (simmetriya tekislik, o‘q chizig‘i, burchak bissektrisasi, markaziy nuqta) foydalanilib, ular shartli yoki yashirin tayanch deb ataladi. Masalan, tishli uzatmalar g‘ildiraklari orasidagi masofa va zagotovkadagi tishlar orasidagi masofa ular o‘qlari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Loyixalash jarayonida yashirin tayanchlardan foydalanishning qulayligi yana shundan iboratki, xisoblarda real yuzada mavjud bo‘ladigan xatoliklarni bartaraf qilish imkoniyatini beradi.

Nazorat savollari.



  1. Tayanch nima?

  2. Tayanchlashning axamiyati.

  3. Tayanchlash nima?

  4. Tayanchlashda olti nuqta tartibi nima?

  5. Tayanchlar qanday tanlanadi?

  6. Tanyachlash turlari.

  7. Namunaviy detallarni tayanchlashning o‘ziga xosligi.

  8. Tayanchlar nazariy sxemasi nima?

  9. Chizmada tayanchlar qanday belgilanadi?

  10. Yashirin tayanch nima?

Umuman tayanch detalning yuzasi, profil chiziqlari yoki nuqtalari bo‘lib, bu elementlarga nisbatan mahsulotning boshqa detallari yoki shu zagotovkaning boshqa yuzalarini loyihalashda, yig‘ishda, unga mexanik ishlov berishda, o‘lchashda holatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.


Vazifasi va mashinasozlikda qo‘llanilish o‘rniga qarab, tayanchlar konstruktorlik (loyihaviy), o‘lchash va texnologik deb ataluvchi turlarga bo‘linadi. Ular mahsulot va uning detallarini loyihalashda, ishlab chiqarishda va foydalanishda qo‘llaniladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling