Tayanch so‘zlar va iboralar


Download 1.26 Mb.
bet3/6
Sana02.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1320278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

Konstruktorlik tayanchi detal yoki yig‘ma birlikning mahsulotdagi tutgan o‘rni, holatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Amaliy loyihalash ishlarida detalning loyihaviy tayanchi deb, chizmada mahsulot boshqa detallari yoki yig‘ma birliklari, hamda shu detal boshqa yuzalari va geometrik elementlarining hisobiy holatini aniqlash uchun xizmat qiluvchi yuza, chiziq yoki nuqtasiga aytiladi.
Loyihaviy tayanchlar o‘z navbatida asosiy va yordamchi bo‘lishi mumkin. Asosiy loyihaviy tayanch shu detal yoki yig‘ma birlikga tegishli bo‘lib uning mahsulotdagi o‘rnini aniqlash uchun xizmat qiladi. Yordamchi loyihaviy tayanch esa shu detal yoki yig‘ma birlikga tegishli bo‘lib, unga tutashuvchi boshqa mahsulot yoki detallarning unga nisbatan holatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
O‘lchash tayanchi deb, detalga ishlov berishda olinishi lozim bo‘lgan o‘lchamlarni aniqlash yoki zagotovkalarni o‘lchash va shuningdek mahsulot detallarining yuzalari va boshqa elementlarining o‘zaro joylashishini (paralellik, perpendikulyarlik va hokazo) aniqlash uchun xizmat qiluvchi yuza, chiziq yoki nuqtaga aytiladi.
O‘lchash tayanchi sifatida mahsulotning real yuzalaridan foydalanilsa, o‘lchashni odatdagi to‘g‘ri usullardan foydalanib bevosita amalga oshirish mumkin, agar geometrik yelementlardan (burchak bessiktrisasi, o‘q chiziqlari, simmetriya tekisliklari va boshqa shartli yoki yashirin tayanchlar) foydalanilsa, yordamchi detallar (shtiftlar, barmoqlar, torlar, osilgan yuk), optik qurilmalar va boshqa vositalar qo‘llanilib o‘lchash tayanchlari materiallashtiriladi (reallashtiriladi).
Texnologik tayanch deb, detal yoki mahsulotning tayyorlanish jarayonida holatini aniqlash uchun xizmat qiluvchi o‘q, chiziq yoki nuqtalariga aytiladi.
Mexanik ishlov berishda qo‘llaniladigan texnologik tayanchlar qo‘llanilish o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tutashuvchi (kontaktli), sozlash va tekshirish tayanchlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki detalning moslama yoki dastgohning tegishli o‘rnatish yuzalari bilan bevosita tutashib turuvchi texnologik tayanchi
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling