Tayanch so‘zlar va iboralar
tayanchlarni yagonalash (moslash) tartibi
Download 1.26 Mb.
|
8-ma\'ruza (2)
tayanchlarni yagonalash (moslash) tartibi deb ataladi. Bu tartibdan foydalanilganda zagotovkaga ishlov berish ishchi chizmada berilgan o‘lchamlar bo‘yicha, konstruktor tomonidan o‘lchamlar uchun belgilangan qo‘yimdan to‘liq foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Aks holda detalga ishlov berish jarayonida o‘lchamlar bog‘lanish zanjiri murakkablashadi va natijada jarayon davomida qo‘shimcha xatoliklar hosil bo‘lishiga olib keladi.
A ytilganlarni misolda yoritib berish mumkin. Detal yuzasida bo‘lgan ariqchaga « » o‘lcham bilan ishlov berish kerak (8.8-rasm). Moslamani soddalashtirish uchun detalni pastki V yuzasi bilan dastgohga o‘rnatish maqsadga muvofiq (8.8g-rasm). Ariqchaning tubi S, «s» o‘lcham orqali yuqorigi A yuza bilan bog‘langan bo‘lib, bu yuza ariqcha uchun ham loyihaviy, ham o‘lchash tayanchi hisoblanadi. Bu jarayonda texnologik tayanch V, loyihaviy va o‘lchash tayanchi A bilan mos kelmaydi. Rasm 8.8. Loyihaviy tayanchlarga (A) mos bo‘lmagan texnologik tayanch V bo‘yicha ariqchani frezalash. Sozlangan dastgohda, ishlov berish asbobi freza o‘qi bilan stol yuzasi orasidagi masofa doimiy (k=const) bo‘ladi va chizmada ko‘rsatilmagan «s» o‘lcham ham doimiy bo‘ladi. Shu sababdan oldinga ishlov berishda hosil bo‘ladigan zagotovkaning balandligi «b» bo‘yicha xatoliklar, bevosita ariqcha chuqurligi « » miqdorining aniq shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (8.8b-rasm). Tabiiyki, bu operatsiyani bajarishda detal chizmasida « » miqdorli texnolgik o‘lcham qo‘yilib, texnologik tayanch qilib A yuza olinishi kerak. Detal bu usulda tayanchlanganida, uni o‘rnatish uchun zarur moslama tuzilishi murakkablashsada, ariqchaning chuqurligi bo‘yicha hosil bo‘ladigan xatolik juda kamayadi. Detallarga ishlov berishda texnologik tayanchlarning doimiylik prinsipiga rioya qilish muhim ahamiyatga yegadir. Bu qoidaning negizini, detallarga ishlov berish jarayoni davomida imkon qadar bir tanlab olingan texnologik tayanchdan doimiy ravishda foydalanish zaruriyati mavjudligi tashkil qiladi. Tabiiyki qora tayanch bundan istisno. Bu zaruriyat, ishlov berish jarayonida texnologik tayanchlarning o‘zgartirilishi, detalning barcha parametrlari bo‘yicha qo‘shimcha xatoliklarning kelib chiqishiga olib kelishi bilan asoslanadi. Nazorat savollari: Konstruktorlik va o‘lchash tayanchlari nima? Texnologik tayanch nima? Tutashuvchi tayanch nima? Sozlash tayanchi nima? Tekshirish tayanchi nima? Tayanchlarni moslash prinsipining ahamiyati. Texnologik tayanchlarning doimiylik prinsipining ahamiyati. 8. O‘lchash tayanchi nima? Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling