Tayanch so‘zlar va iboralar


Tekshirish texnologik tayanchi


Download 1.26 Mb.
bet5/6
Sana02.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1320278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

Tekshirish texnologik tayanchi donalab va kam seriyalab ishlab chiqarish korxonalari sharoitida zagotovkalarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi.
Tekshirish tayanchi deb, zagotovkaning dastgohda joylashish holatini yoki qirqish asbobini zagotovkaga ishlov berish uchun sozlashda, shuningdek mahsulotni yig‘ishda, boshqa detallar va yig‘ma birliklarning joylashishini shu detalga nisbatan aniqlashda xizmat qiluvchi detal yuzasi, chizig‘i yoki nuqtasiga aytiladi.
Suniy texnologik tayanchlar detallarga ishlov berish uchun zarur bo‘lganida, detalni o‘rnatish, berkitish uchun suniy ravishda hosil qilinadi. Bunga misol tariqasida korpus detallarni ishlov berishda o‘rnatish uchun quymada hosil qilinadigan quloqcha va boshqa elementlarni, vallarda ochiladigan markaziy teshiklarni ko‘rsatish mumkin.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashning eng murakkab va izchil bosqichlaridan biri texnologik tayanchlarni to‘g‘ri belgilashdir. Texnologik tayanchlarning to‘g‘ri tanlanishi texnolog tomonidan belgilangan chiziqli o‘lchamlarning amaldagi aniqligiga, ishlov berilayotgan yuzalarning o‘zaro jolashish aniqligiga, qo‘llaniladigan moslama, qirqish va o‘lchash asboblarining murakkablik darajasi va tuzilishiga, shuningdek ishlov berishning umumiy unumdorligiga bevosita ta’sir qiladi. Yuqori darajada avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan texnologik jarayonda texnologik tayanchni tanlashning ahamiyati yanada yuqori bo‘ladi, chunki bu turdagi texnologik jarayonlarning barchasi o‘lchamlarni avtomatik olish tartibiga asoslangan bo‘ladi. O‘lchamlarni avtomatik olish tartibining asosini esa texnologik tayanchlarni to‘g‘ri belgilash tashkil qiladi.
Zagatovkani dastlabki o‘rnatishda qo‘llaniladigan texnologik tayanch, qora texnologik tayanch deb ataladi.
Qora texnologik tayanch sifatida shunday yuza qabul qilinishi kerakki, detalni bu tayanchga o‘rnatib ishlov berilgan yuzalar, jarayonning keyingi bosqichlarida toza texnologik baza sifatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lsin. Umuman aytganda qora baza, detalning toza texnologik tayanchlarini olish uchun xizmat qiladi. Qora texnologik tayanch imkon qadar katta o‘lchamli, aniqlik darajasi yuqori, g‘adir-budurligi kam bo‘lishi kerak. Qora tayanch faqat birinchi ishlov berishda qo‘llanilishi kerak. Barcha keyingi operatsiyalar mexanik ishlov berilgan texnologik tayanchlarga nisbatan amalga oshirilishi kerak. Juda aniq tayyorlangan (bosim ostiga qo‘yib, aniq presslash, kalibrlash) detallarga, shuningdek moslama-yo‘ldosh qurilmalariga o‘rnatilgan detallarga ishlov berish bundan istesnodir.
Barcha ishlov beriladigan yuzalar tizimining bir-biriga nisbatan joylashish aniqligi yuqori darajada ta’minlanishi uchun, detal tayyor bo‘lganida ham ishlov berilmasdan qoldiriladigan yuzalar, qora tayanch sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Podshipnik korpusiga mexanik ishlov berishda, keyinchalik ham ishlov berilmasdan qoldiriladigan A yuza qora texnologik tayanch sifatida foydalaniladi (8.6-rasm). Detalni qora tayanch (A yuza) bilan joylashtirilib V yuzaga frezalab ishlov berilganida « » o‘lcham olinadi, natijada A va V yuzalarning o‘zaro paralelligi ta’minlanadi. Podshipnik korpusiga keyingi ishlov berish bosqichlarida (S yuzani b o‘lchami bilan frezalashda, teshiklarni paramalashda, podshipnik vkladishi o‘rnatiladigan M yuzaga ishlov berishda) o‘rnatish texnologik tayanchi sifatida V yuza qo‘llaniladi.

8.6-rasm. Podshipnik korpusiga ishlov berishda qora tayanch tanlash.


Shatunlarning yuqorigi va pastki kallakchalari ko‘ndalang tekis yuzalariga frezalab A, B, C, D ishlov berishda, shatun sterjeni yon tekisliklaridan foydalaniladi. Shuning bilan zagotovkani bu yuzalar bilan o‘rnatish o‘zimarkazlashuvchi qisqichlar yordamida amalga oshirilganligi va sterjen yon tekislik yuzalari yetarlicha katta o‘lchamli bo‘lganligi tufayli, keyinchalik kallakchalardagi teshiklarga ishlov berishda texnologik tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi A, B, C, D yuzalardan bir tekis pripusk olinishi ta’minlanadi. Shatun kallakchalariga ishlov berishda talab qilingan aniqlikda markazlash uchun, qora tayanch sifatida kallakchalarning tashqi kontur yuzasi qo‘llaniladi. Zagotovka bu yuzalar bo‘yicha prizmalarga o‘rnatiladi (8.7-rasm).

8.7-rasm. Shatunga ishlov berishda qora tayanchlar.


Birinchi operatsiyani qora tayanchda bajarishda qo‘yiladigan yeng muhim vazifa, barcha ishlov beriladigan yuzalardan bir xil meyoriy qalinlikdagi material olinishini ta’minlashdir. Bu masala dolzarbligi, ayniqsa quyib va yasab tayyorlangan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan muhim detallar uchun juda yuqoridir.
Detalga yuqori aniqlikda ishlov berishda texnologik tayanch sifatida, bir vaqtning o‘zida loyihaviy, o‘lchash va shuningdek yig‘ish jarayonida ham tayanch bo‘lib hisoblanadigan yuzalar tanlab olinishi kerak. Bu tartib,
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling