Tayanch so‘zlar va iboralar


Download 1.26 Mb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1320278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-ma\'ruza (2)

tutashuvchi tayanch deb ataladi.
Zagotovkaga o‘lchamlarni avtomatik olish tartibida ishlov berilganida, talab qilingan aniqlikni, dastgohni zagotovkaning tutashuvchi texnologik tayanchga nisbatan yoki uning bilan bevosita tutashuvchi moslamaning tayanch yuzalariga nisbatan sozlash yo‘li bilan olish mumkin.
Sozlangan dastgohlarda to‘plamdagi detallarning talab qilingan aniqligini ta’minlovchi va dastgohni katta mehnat sarflab sozlashni talab qilmaydigan tutashuvchi texnologik bazadan katta seriyalab ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Sozlash tayanchi. Stanokni zagotovkaning ma’lum yuzalariga nisbatan sozlash uchun, bu yuzalar ishlov berish asbobining oxirgi holatini aniqlovchi dastgoh tirgaklariga nisbatan o‘zgarmas holatini saqlab qolishi kerak. Zagotovkalarning tirgak yuzalari shular jumlasidan bo‘lib, katta seriyali ishlab chiqarishda tirgak texnologik tayanch sifatida keng foydalaniladi. Berilgan o‘rnatishda hosil bo‘luvchi va boshqa ishlov beriluvchi yuzalar bilan bevosita o‘lchamlar yordamida bog‘langan yuzalar ham shu turdagi tayanchlarga kiradi.
Bir vaqtning o‘zida ishlov berishda, yuzadan texnologik tayanch sifatida foydalanishga misol tariqasida, revolver dastgohida zagotovkaga ishlov berishni ko‘rsatish mumkin (8.5.-rasm). Zagotovkaga dastgohning berkitish qurilmasi tirgagiga M yuzasi bilan tiraladi, lekin bu yuza A yuzaga h o‘lcham bilan ishlov berishda tirgak texnologik tayanch bo‘lib xizmat qilsada, boshqa barcha ko‘ndalang yuzalar B, C, D, Ye uchun bu vazifani bajara olmaydi. Dastgohni sozlashda B, C, D, Ye yuzalarning holati M yuzaning holati bilan emas, tirgaklarning holatini belgilashda asos qilib olinuvchi A yuza holati bilan aniqlanadi. Bu holda ko‘rilayotgan B, C, D, Ye yuzalar bilan bir o‘rnatishda ishlov beriladigan A yuza, ular uchun sozlash tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.

8.5-rasm. Revolver dastgohida zagotovkaga ishlov berishda sozlash tayanchidan A foydalanish.




Sozlash tayanchi deb, ishlov beriladigan yuzalar holatini aniqlaydigan, ular bilan bevosita o‘lchamlar orqali bog‘langan va bir o‘rnatishda shakllanadigan zagotovka yuzasiga aytiladi.
Ma’lumki tirgak tayanch bilan zagotovka moslamaga o‘rnatilganida, doimo ma’lum xatolikga yo‘l qo‘yiladi. Bu xatolik tayanch bilan bog‘liq bo‘lgan barcha o‘lchamlarda o‘z aksini topadi. Yuqorida keltirilgan misoldagi singari sozlash tayanchidan foydalanilganda esa, o‘rnatish xatoligi o‘lchamlar aniqligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling