Tayanch so'zlar
Download 40.69 Kb.
|
IQTISODIYOT VA BIZNESDA INNOVATSION RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ASOSIY TENDENSIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pandemiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Annotatsiya : Ushbu maqola Iqtisodiyot va biznesda innovatsion rivojlanish muammolari va asosiy tendensiyalari haqida va shu bilan birgalikda hozirda dolzarb bo'lgan COVID 19 sabablari va asoratlari bilan kurashishning asosiy yechimlariga bag'ishlangan. Tayanch so'zlar: COVID 19, iqtisodiyotni liberallashtirish, Keynes nazariyasi, iqtisodiyot drayverlari, moliyaviy yordam sxemalari, yangi biznes strategiyasi, menejment, texnologiylar. IQTISODIYOT VA BIZNESDA INNOVATSION RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ASOSIY TENDENSIYALARI Ilmiy rahbar : Ubaydullaev.S.U Qo’qon universiteti Muallif : Isroilov Ilhomjon Ikromjon o’g’li Qo’qon universtiteti menejment 1-19 guruhi talabasi Bugungi mavzumiz iqtisodiyot va biznesdagi inovatsion muammolarga qaratilgani bois bizdan iqtisodiyotni chuqurroq o’rganishni talab qiladi. Shu sababdan kelib chiqib men ham ushbu konferensiyaga tayyorfgarlik ko’rish davomida O’zbekiston va boshqa bir qator rivojlangan davlatlarning tajribasiga suyangan holda ish olib borishga qaror qildim. Iqtisodiyotni hozirgi xolatini yaxshilamasdan turib uni kelajagini rejalashtirishimiz kata xato xisoblanadi. Bu esa iqtisodiyotning asosiy qonunlaridan biridir. Shu sababdan ushbu maqola iqtisodiyotning joriy xolatiga qaratilgan. Avvalombor biror biznes yaratish mashaqqatli vazifa xisoblanadi va uni ushlab qolish esa undan ham mushkul vazifa. Ayni davrda har bir davlat iqtisodiyotida murakkab vaziyat hukmronlik qilmoqda va buning asosiy sabablaridan biri qilib (COVID 19) pandemiyasini ko’rsatishimiz mumkin. Shu kunlarda Nyu-York universiteti iqtisodchisi va Nobel mukofoti laureati Pol Romerning fikrlari butun dunyo bo’ylab tarqalmoqda: “Biz yo iqtisodiyotdan yoki odamlardan ayrilishday og‘ir vaziyatga tushib qoldik” deydi u, va malumot o’rnida shuni keltiradi dunyoning ko’plab mamlaktlarida ijtimoiy masofalanish choralari ko‘rilgandan so‘ng jahondagi ishsizlar soni 200 milliondan ortib ketganligini ma’lum qildi. Biroq, ushbu raqamlar mavjud inqirozni to‘liq qamray olmaydi, chunki ularga yarim ish o‘rinlari, o‘z-o‘zini ish bilan band qilganlar va erkin ishlaydiganlar kirmagan, ammo ular ham tirikchilik manbaidan uzilib qolmoqda. Moliya sohasi ekspertlari fikriga ko’ra iqtisodiyot yozga borib, 30 – 50 foiz qisqarishini bashorat qilmoqda va bunga javoban hukumat virus tarqalishini kamaytirish uchun iqtisodotni vaqtinchalik eng past ko’rsatgichga olib tushish va katta miqdorda zarar ko’rishga ham tayyorligini bildirdi. Ho’sh bunday inqirozli vaziyatda nimalarga etibor qaratishimiz kerak. Avvalambor iqtisodiyotning 6 eng katta tarmog’iga etibor qaratishimiz va u boyicha ishlar olib borishimiz kerak. Pandemiya yoki ocharchilik davrining muvozanat harakati bir vaqtning o'zida turli xil toifalar orasida bir nechta muammolar bilan kurashishni talab qiladi. Ro'yxat 6 ta asosiy toifaga bo'lingan bo'lib, ularning har biri o'sayotgan davr davomida o'sib borayotgan tashkilotlarning qiyinchiliklarini tasvirlaydi. 1 Biznes strategiyasi – hozirgi inqirozli vaziyatda millionlab dollarlar sarf bo’lgan biznes strategiyalari o’z vazifasini bajarmay qo’ydi. Albatta bunday vaziyatga befarqlik bilan qarab bo’lmaydi. Agar raqamlarga murojat qiladigan bo’lsak joriy yilning birinchi choragida bankrotlik xolati 14% ga oshgan bu esa o’tgan yilning mos davriga ko’ra 20% yuqori degani. Yuridik fanlar professori Jeyred Elliasning fikriga ko’ra biz kelasi 18 oy ichida tarixiy bankrotlik xolatini kuzatishimiz mumkin. Bugungi vaziyatda Kichik korxonalar va yirik korporatsiyalar ham ushbu inqirozdan qochib qutila olgani yo’q. Bunday vaziyatda xavf juda kata hisoblanadi va har qanday tashkilot xavf ostida qoladi. Bozordagi o'z o’rningizni egallab qolishingiz va raqobatchilaringiz sizning mijozlaringizni o'g'irlab olmasligi uchun ham yangi strategiya yaratishingiz zarur. Ushbu xolatda yangi bozorlarni jalb qilmasa va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo’lmasa, raqobatdoshlar orasidan osongina chiqib ketishi va bozorda o’z ornini topolmay qolishi mumkin. 2 Marketing -taxminan bir oy o'tdi, Koronavirus bizning hayotimizni tubdan o'zgartira boshladi. Endilikda marketing tushunchasining ko’p qismi reklamadan iborat bo’lib qoldi. Korxonalarning qariyb 64% online savdo sotiq tizimini, 17% savdo-sotiq tizimini tanlashmoqda. Bu esa online savdoni rijojlashiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda online savdo-sotiqning salbiy taraflari korxona nufuzini tushirishga xizmat qilishi mukin. Misol uchun: Siz 42 sig’imli tufli sotib olgan edingiz lekin 40 sig’imli poyabzal kelgan. Bu xolat kompaniyani nufuzini tushurishi anq.3. Ishchi yollash –bilamizki iqtisodiy inqiroz xolatida karxonaning ishlab chiqarish ko’rsatgichlari ma’lum miqdorda pastlaydi. Agar yana raqamlarga yuzlansak jahondagi ishsizlar soni 200 milliondan ortib ketganligini ko’rishimiz mumkin. Biroq, ushbu raqamlar mavjud inqirozni to‘liq qamray olmaydi, chunki ularga yarim ish o‘rinlari, o‘z-o‘zini ish bilan band qilganlar va erkin ishlaydiganlar kirmagan, ammo ular ham tirikchilik manbaidan uzilib qolmoqda. Buning asosiy sabablarisan biri pandemiya.So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda Covid-19’dan zararlanish holatlari soni 2,8 milliondan oshdi, 196 mingga yaqin kishi vafot etdi. Bunday og’ir vaziyatda ichi yollash ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi.4. Menejment – dunyoda qay bir soha bo’lmasin unda boshqaruv sohasi asosiy ro’lni egallaydi. hususan iqtisodiyot sohasida ham. Hozirgi pandemiya sharoitida boshqaruv funksiyasi ko’plab muammolarga duch kelmoqda. Asosiy muammolardan biri bazi ishchilarning online ish rejimga o’tkazilganidir. Bu esa bazi sohalardagi ish samaradorligini pastlashiga sabab bo’lmoqda.5.Savdo – savdo-sotiq iqtisodiyotning asosiy tayanchi. Hozirgi kunda COVID-19 pandemiyasi jahon savdosida misli ko'rilmagan tanazzulni anglatmoqda, chunki ishlab chiqarish va iste'mol munosabatlarini amalga oshiruvchi jahon mamlakatlari o’zaro savdo munosabatlarini keskin kamaytirishiga majbur bolmoqda.6. Texnologiya - Texnologiya menejment va operatsiyalar chorrahasida joylashgan. Barcha turdagi va shakldagi korxonalarda, marketingni avtomatlashtirish, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish, resurslarni rejalashtirish, dasturlarni kuzatish, loyihalarni boshqarish (bir nechta yo’nalishlarniko’rib chiqish uchun) uchun dasturiy echimlarni qo'llaydi. Afsuski bazi texnologiyalar joylarga borib ishlashni talab qiladi. Masalan oziq-ovqat va kiyim kechak sanoati.Hozirgi vaziyatda iqtisodiyotga katta zarar yetkizayotgan pandemiyaga qarshi chora-tadbirlash ishlab chiqish eng maqbul yechimlardan biri bo’lib, u iqtisodiyotni yo’lga qoyishimizda katta yordam beradi.Pandemiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. 1. Zavodlar, firmalar va boshqa tashkilotlar uchun maxsus qo’llanmalar yaratish.
|
Фамилия |
Исроилов |
Исми |
Илхомжон |
Шарифи |
Икромжон ўғли |
Ўқиш жойи |
Қўқон Университети |
Илмий рахбар ФИШ |
Убайдуллаев.С.У |
Иш жойи |
Қўқон Университети |
Егаллаб турган лавозими |
|
Илмий даражаси |
|
Илмий унвони |
|
Телефон рақами |
(90) 509 3243 |
|
ieltskokand1989@gmail.com |
Материалнинг номи |
Тезис |
Шўъба рақами ва номи |
2.Иқтисодиёт ва бизнесда инновацион ривожланиш муаммолари ва асосий тенденсиялар |
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling