Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida bir element atomi oksidlanib, albatta ikkinchi element atomi qaytariladi. Oksidlangan element qaytaruvchi, qaytarilgan element esa oksidlovchi vazifasini o’taydi. Element elektron bersa oksidlanadi, qaytaruvchi bo’ladi va aksincha elektron qabul qilib olsa qaytariladi, oksidlovchi bo’ladi. Elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari ham D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasida davriy ravishda o’zgaradi. Atom og’irligi, shuningdek atomning yadro zaryadi ortib borishi bilan guruhlarda metallarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi; metalmaslarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi. Davrlarda oksidlovchilik xususiyati ortib, qaytaruvchilik xususiyati kamayib boradi. Muhim oksidlovchilar: Muhim oksidlovchilar: 1. Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2, J2, O2, S. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi: F–, Cl–, Br–, J–, O2–, S2–. 2. Kislorodli kislotalar: H2SO4, HNO3 va ularning tuzlari: KMnO4 (kaliy permanganat), K2Cr2O7 (kaliy bixromat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO3, HClO4) va ularning tuzlari (gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar); ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO3 (xrom (VI)-oksid), Mn2O7 (marganes (VII)-oksid), O3 (ozon), H2O2 (vodorod peroksid), metallarning peroksidlari (Na2O2, CaO2) va boshqalar. 3. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe3+,Au3+, Cu2+, Sn4+. Muhim qaytaruvchilar: Muhim qaytaruvchilar: 1. Metallar, ayniqsa ishqoriy metallar (Li, Na, K va boshqalar ) va ishqoriy-er metallari (Ca, Sr, Ba). 2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO.
Do'stlaringiz bilan baham: |