Tayanch tushunchalar Assimilyatsiya
Download 31.93 Kb.
|
Fonetik hodisalar
2) eliziya- ikki so‘z birikkan joyda bir yoki bir necha tovushning tushib qolishi. Bu hodisa
ham ko‘proq ellipsis qonuniyati asosida (ixchamlikka intilish natijasida) yuzaga keladi. Eliziya hodisasi diaxron (tarixiy) va sinxron (hozirgi) planlarda bo‘lishi mumkin. Diaxron planda sodir bo‘lgan eliziya ba`zi so‘z yoki so‘z formalarining hozirgi ko‘rinishini shakllantirgan, Dili orom>Dilorom, qayin ona> qaynana, Shoh Po‘lat>Shopo‘lat, nima qilsin> na qilsin, nima qilg‘ay>na qilg‘ay kabi. 3) aferezis - oldingi so‘zning so‘nggi tovushi (yoki tovushlari) ta`sirida keyingi so‘z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi, aytgan edi>aytgandi kabi. Bu hodisa sandxining bir ko‘rinishi, xolos. 4) sandxi hodisasi - analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir bo‘ladigan fonetik o‘zgarishlar. Masalan, bora oldi>boroldi, ishlar edi>ishlardi, borgan emish>borganmish kabi. Bu hodisa O‘z tabiatiga ko‘ra eliziyaga juda yaqin turadi. 5. Gaplologiya - yasama so‘z tarkibida birin-ketin kelgan ikkita bir xil bo‘g‘indan birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko‘proq ixchamlashtirish, energiyani tejash asosida sodir bo‘ladi. Masalan, tragikomediya («ko»- uchinchi bo‘g‘in va «ko»-to‘rtinchi bo‘g‘in)birin-ketin kelganligidan talaffuzda ulardan biri tushirib qoldirilgan va so‘zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun me`yor bo‘lib qolgan. Bunday hodisa mineralogiya so‘zlarida ham kuzatiladi. 6.Tovushlarning o‘rin almashinuvi (metateza). Bu hodisa ko‘proq jonli so‘zlashuvga, ayniqsa, shevalarga xos bo‘lib, adabiy tilda kam uchraydi, tuproq>turpoq (Toshkent shevasida), daryo>dayro (qopchoq lahjasi shevalarida), to‘g‘ramoq>to‘rg‘amoq (ayrim shevalarda) kabi. o‘rin almashinuviga uchragan tovushlar so‘z tarkibida bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashgan bo‘lishi mumkin, shunga ko‘ra metatezaning ikki turi farqlanadi, a) kontakt metateza- yonma-yon joylashgan tovushlarning o‘rin almashuvi, tuproq>turpoq (pr>rp), ahvol>avhol (hv>vh) kabi. b) distant metateza - bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘rin almashinuvi, aylanayin>aynalayin (bunda ikkinchi bo‘g‘in boshidagi «l» bilan uchinchi bo‘g‘in boshidagi «n» tovushlari orasida «a» unlisi bor). Tarkibida metateza hodisasi yuz bergan ayrim so‘zlar hozirgi adabiy tilda me`yor darajasiga ko‘tarilgan, yog‘mir (etimologik shakli)>yomg‘ir (hozirgi adabiy tildagi shakli) kabi. Download 31.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling