Tayanch tushunchalar: korreksiya, korreksiyalash, faoliyat, korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalsh bosqichlari, korreksiyalash shartlari. Korreksion faoliyat mazmuni


Korreksiyalash va korreksiyalashning ustivor tamoyillari


Download 1.58 Mb.
bet2/5
Sana24.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1395545
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdusayidov Adham

2. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustivor tamoyillari. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayonida o’quvchining o’qishi va xulqi bilan bog’liq salbiy holatlarni bartaraf etishda o’qituvchi. Maktab psixologi, tibbiyot xodimi tomonidan korreksion faoliyat tashkil etiladi. Korreksion faoliyatning asosini korreksiyalash tashkil qiladi. Korreksiyalash(pedagogik tuzatish)-o’quvchi shaxsida kuzatilayotgan og’ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi: sabablarni tashxislash asosida o’quvchi shaxsida kuzatilayotgan og’ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarni ko’rilishi.
Korreksion faoliyat-pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizim yordmida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat. O’z mohiyatiga ko’ra korreksiyalash mustaqil pedagogik hodisa hamda maxsus harakatlar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, korreksiyalash muayyan pedagogik hodisaga yondashish asosida to’liq yoki qisman amalga oshirilishi ham mumkin. Aksariyat holatlarda korreksiyalsh yaxlit pedagogik hodisaga nisbatan amalga oshiriladi va bunda ko’p omillikni inobatga olinadi. Korreksiyalashning ustivor tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi.
Asosiy yo‘nalishlari
O‘quvchi shaxsini
rivojlantirishni tashxislash
va tuzatish birligi
Tuzatish va
rivojlanish birligi
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi yosh birligi
Pedagogik tuzatishni
izchil amalga
oshirish tamoyili
O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili
“Yuqoridan pastgacha”
tuzatish tamoyili
(L.S.Vigotskiy)
1.Tuzatish va rivojlantirish birligi. Unga ko’ra pedagogik tuzatishning zarurligi haqidagi qaror faqat o’quvchi shaxsi rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini psixologik-pedagogik tahlil qilish asosida qabul qilinadi. 2. O’quvchi shaxsini rivojlantirishdagi yosh birligi. Bu o’quvchiga uning yoshi rivojlanishi nuqtai nazaridan individual yondashuvni bildiradi. 3. O’quvchi shaxsini rivojlantirishni tashxislash va tuzatish birligi. Tuzatish ishlari mavjud muammolarni faqat o’quvchining keyingi “rivojlanish hududi”ni uning o’ziga xosligi asosida kelib chiqadigan keyingi ehtimoliy rivojlanishini bashoratlash yaxlit holatda tashxislash hamda baholashda iboratligini anglatadi. Pedagogik tuzatish va rivojlsnish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Zero, pedagogik tuzatishning natijasi o’quvchi shaxsini rivojlantirishning anglatadi. 4. Pedagogik tuzatishning izchil amalga oshirish tamoyili. O’quvchining faolligi uni rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shu sababli o’qituvchi, psixolog hamda ota-onalar o’zaro hamkiorlikda o’quvchini
ma’lum faoliyat turlariga jalb qilish, undan faollik ko’rsatishini ta’minlash orqali psixologik-pedagogik tuzatish tashkil etish zarur. Ushbu tamoyil maqsadga erishishning samarali yo’l, metod, vositalarini tanlash muhimligini anglatadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling