O‘zbek onomastik leksikografiyasi. O‘zbek onomastikasining navbatdagi vazifalari
Reja:
1. Onomastik leksikografiya.
2. Onomastik lug‘atlar va ularga qo‘yiladigan talablar.
3. O ‘zbek onomastik leksiografiyasining navbatdagi vazifalari.
4. Onomastika va boshqa sohalar.
Tayanch tushunchalar: Leksikografiya, lug‘atshunoslik, onomastik lug‘at, ismlar lug‘ati, antroponimik lug‘at, taxalluslar lug‘ati, toponimik lug‘at, joy nomlari lug‘ati, o’quv toponimi lug‘ati, maktab toponimik lug‘ati, mifonimlar lug‘ati, etnonimlar lug‘ati, geografik nomlar lug‘ati, onomastik terminlar lug‘ati kosmonimlar lug‘ati, ideonimlar lug‘ati, xrononimlar lug‘ati
Leksikografiya yoki lug‘atshunoslik tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanuvchi va u bilan bog‘liq masalalarni lug‘atlarning turlarini o‘rganuvchi sohasidir. Lug‘at deb so‘z va iboralarning ma’lum maqsad bilan to‘plangan, tartibga solingan kitob yoki boshqa shakldagi to‘plamiga aytiladi. Lug‘atlar turli maqsadlarda tuzilgani uchun turlari juda ko‘p. Lug‘atlarning bir turi onomastik lug‘atlar deb nomlanadi, chunki bunda lug‘atlarda toponim, gidronim, oykonim, antroponim, oronim, urbonim, etnonim, kosmonim kabi onomastik birliklar alifbo tartibida keltirilib, ularning ma’nosi izohlanadi, orfografiya normasi qayd etiladi. Shuni ham inobatga olish lozimki, o‘n ikk jildlik “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” (2001 -2006)da,“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” (1983 1985)da va boshqa bir qator leksikografik manbalarda gidronim toponim, antroponim kabi onomastik birliklarga izoh berilgan. Masalan, “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”ning birgina 2-jild (Toshkent, 2001 ) da Beshtov (7-bet), Boyovut (99), Bojun sotig (115) kabi toponimlar, Beshkapason (6), Beshtorsoy (T Beshtramsoy (7), Bitovsoy (63), Bozorqo‘rgon suv ombori (111), Boysunsoy (117) kabi gidronimlar, Bibixonim jome masjidi (14), Bibixonim madrasasi (16), Bibi Buvayda maqbarasi (13) singari nekronimlar, Mahmudxo‘ja Behbudiy (8), Kamoliddin Behzod (9-11), Bobo Figoniy SHeroziy (78), Mamarasul Boboyev (80' Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur (83) kabi antroponimlar, Bilqis (25), Bibi Maryam (13) kabi mifonimlar. Biela kometasi (66) singari kosmonimlarga izoh berilgan. Lekin bunday lug‘atlar maxsus onomastik lug‘atlar sirasiga kirmaydi.
O‘zbek tilshunosligida hozirgi kunga qadar yaratilga onomastik lug‘atlarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |