Tayanch tushunchalar: Leksikografiya, lug‘atshunoslik, onomastik lug‘at, ismlar lug‘ati, antroponimik lug‘at, taxalluslar lug‘ati, toponimik lug‘at, joy nomlari lug‘ati, o’quv toponimi lug‘ati, maktab toponimik lug‘ati, mifonimlar lug‘ati, etnonimlar


Download 26.14 Kb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1120624
1   2   3
Bog'liq
Q.Nilufar .Leksikografiyasi

3. Etnonimik lug ‘atlar
Bunday lug‘atlarda etnonimlar - urug‘, qabila, xalq, millat nomlari izohlanadi. Bunday lug‘atning hozircha yagona namunasi yaratilgan: ZL.Turon qavmlari. Kichik entsiklopedik lug‘at. Tuzuvchi Zoyir Ziyotov. - Toshkent: “Istiqlol”, 2008. - 232 b. Bu asarning har bir bobida qavmlar nomlari keltirilgach, respublikamiz hududida shu kunlarda mavjud bo‘lgan u yoki bu qavm bilan bog‘liq joy nomlari ham ilova qilingan. Bu esa aholi yashash joylari etnografiyasi va toponimikasini o‘rganishda muayyan ahamiyat kasb etadi.
Bu kitob turkiy xalqlar, elatlar, qavmlar yoki urug‘lar haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lish uchun ko‘pgina adabiyotlarni varaqlab chiqish mashaqqatidan o‘quvchini qutqaradi. Negaki, o‘quvchi bunday ma’lumotlarni bu kitobdan osongina topa oladi. Asar “Turon qavmlari” kitobi haqida” (3-6-betlar), “Muqaddima” (7-19-betlar), “Lug‘at” (20-217-betlar), “Sinxron jadval” (218- 228-betlar), “Adabiyotlar ro‘yxati” (229-230-betlar) qismlaridan iborat. Kitobning birinchi qismi taniqli olimlar Hamidulla Boltaboev, Mahkam Mahmud (Andijoniy) va Ortiq Abdullaevlar tomonidan yozilgan. “Muqaddima” qismida muallif Turon qavmlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va yozishda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganligini ta’kidlaydi:
a) manbalardagi ma’lumotlarni o‘zgartirmasdan yozish; b) ma’lumotlar bir necha manbadan olingan bo‘lsa, har qaysisini alohida yozish; v) ehtirosga berilmasdan, hech bir qavm to‘g‘risida ularni dalilsiz ulug‘lash yoki kamsitishga yo‘l ko‘ymaslik; g) qabila haqida ma’lumot yetarli bo‘lmasa yoki umuman ma’lumot bo‘lmasa, shunday qabila yoki etnonim borligini yozib qo‘ya qolish bilan cheklanish; d) boshqalardan eshitgan og‘zaki ma’lumotlarni to‘plamga kiritmaslik (15-bet). Ishda keltirilgan “Sinxron jadval”da eramizdan oldingi davrdan XX asr boshlarigacha yer yuzida qavmlar, jumladan Turon qavmlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tarqalish geografiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
LUG’ATLARDAN NAMUNALAR:
To‘ng‘a. Tele guruhiga kiradigan qabila. 605-606 yildan Jung‘oriyada mustaqil tele davlati tarkibida. Toli daryosi shimolida yashaganlar. 620 yillarda O‘rxon va Selenga orasida ko‘chib yurganlar. Manbalarga ko‘ra to‘ng‘ralar yaqin qarindosh qabilalar – o‘g‘uz va uyg‘urlar bilan birgalikda tele qabilalar uyushmasidagi qabilalardan biri bo’lgan (145). Qo‘shchi (Qushchi). Qadimgi turkiy qabilalardan biri. 6-7- asrlarda turk qoqonligi tarkibida bo’lgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib joylashgan. 16-asr boshlarida Shayboniyxon qo‘shinlari tarkibida Movarounnahrga kelishgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida qo‘shchilar quyidagi urug‘larga bo‘lingan: qashg‘arlik, to‘qqiz novcha, shix sayod, moli. Qo’shchilarning ayrim guruhlari turkman, qirg’iz, qozoq va boshqirdlar tarkibiga kirgan (209) kabilar.
Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling