Tayanch tushunchalari: Metafora – grekcha «ko’chirma»


Download 29.29 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi29.29 Kb.
#1049103
1   2   3
Bog'liq
shaxzoda mano

Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi;

O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi.

Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma’nosi quyidagicha ko`rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas

ma’noda berish. Ko'plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko`plikni bo`linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik ma’nolar bilan birlik va ko`plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma’nolar nutqda muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi.

Ko`rib o`tdikki, daraxt umumiyligi o`ta sodda va u "o`simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko`plik sonning ma’nosi "miqdoriy noaniq ko`plik + sifatiy bo`linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko`rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma’nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko`plik + sifatiy bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma’nolar yotadi. Oraliq ma’nolar xususiy ma’nolar uchun ma’no tiplari, ya’ni "o`xshash ma’nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko`rinishlari", turlari mavqeida bo`ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik" kabi ma’nolarni o`z ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma’noning biridan o`tadi. Chunonchi,

XGM OGM UGM

B u kitobda birlik aniq/noaniq

U ch kitobda aniq sifatiy bo'linmas

K itobda ko`plik miqdor

shunday yozilgan. noaniq

OGM hamisha so`zning lug`aviy ma’nosi, matn, qurshov bilan aloqador bo`ladi. Chunonchi, [-lar] ko`plik sonning umumiy ma’nosi -"sifatiy bo`linuvchan, miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari:

1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko’rsatkichi)ni ifodalash (kitoblar, odamlar...);

2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni ko`rsatish (Toshkent suvlari...);

3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish (yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola);

4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.);

5. Taxmin ifodalash: 70- yillar;

6. Bo`linmasni bo`linuvchan etib ko`rsatib, ekspressiv ma’no berish (Yuraklarimga to`kildi). Mana shunday har bir morfologik shaklda XGM, OGM va UGMlar mavjud bo`ladi. Siz 1940-80-yillarda nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik shakllarning ma’nolari asosan XGM va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi ko`tarilmoqda. Jumladan, ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo`lgan ilk qadamlardan biridir.

Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita kuzatishda berilgan xususiy grammatik ma’nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida yotgan, XGMlarga nisbatan umumiylik vazifasini o`taydigan ma’nodir.

XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni bog`lovchi ma’no tipi ─ bu OGMdir.



Adabiyotlar ro’yxati:
1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis.
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
5.Шаҳобиддинова Ш. Ўзбек тили морфологияси умумийлик ва хусусийлик диалектикаси талқинида. I-II-жузв. Андижон, 1994 йил.
Download 29.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling