Tayanch-xarakat apparatining kasalliklari va shikastlanishlarini davolashda, asosan
Download 322.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2 3d974e7d94f99e504329db4906f1d873
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elka kamari immobilizatsiyasi
Transportirovka
Ko’krak qafasi jaroxatlangan bemorlarda og’riq xisobiga nafas olish qiyinlashgan bo’ladi. Bemorga yarim o’tirgan xolatni berish nafas aktida qo’shimcha muskullarning xam ishlashiga va nafasning yengillashishiga olib keladi. Elka kamari immobilizatsiyasi Elka kamari jaroxatida vaqtinchalik fiksatsiyaning keng tarqalgan turi ro’molli boylam xisoblanadi. Uning bog’lanishida to’liq bilak va tirsak bo’g’imi bog’lanishi kerak. Aks xolda yuqori qismning og’irlik kuchi bartaraf etilmaydi va singan suyaklarning siljishi xamda jaroxatlangan to’qimanlarning cho’zilishiga olib keladi. Kramer shinasini qo’llash mustaxkamroq fiksatsiya xolatini beradi ammo uning tuzilishidagi o’ziga xosliklar tufayli uni qisqa muddatlarga qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ancha mustaxkamroq immobilizatsiya turi bu torakobraxial gipsli bog’lami xisoblanadi. To’g’ri qo’yilgan gips bog’lami adekvat fiksatsiyani taminlaydi va to’qimalarning jaroxatlanishini oldini oladi. Noto’g’ri qo’yilgan bog’lam og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Bint bilan qattiq siqib bog’lash qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bint ostidan vata qo’yish xam siqilishning oldini ololmaudi. Gipsli bintdan nam tortgan vata quriganidan so’ng qotib, to’qimani qisadi va yotoq yaraga olib kelishi mumkin. Gips bog’lamini bir xil qalinlikda qo’yish kerak. Xar bir o’ragandan keyin bint tekislanadi. Gipsli bog’lam qo’yilganidan keuin bemorni diqqat bilan kuzatish lozim. Og’riqqa shikoyat qilganlarida analgetiklar berish mumkin emas. Ko’l yoki oyoqning rangsizlanishi, sovushi, shishi qon aylanishi buzilganidan dalolat beradi. Bundau xollarda gipsli bog’lamni zudlik bilan kesib tashlash lozim, chunki qon aylanishini buzilishi keyinchalik jiddiy asoratlarga, xattoki qo’l yoki oyoq amputatsiyasigacha olib kelishi mumkin. Bu bog’lamga qarshi ko’rsatma bo’lib o’rqa ekskursiyasini cheklash mumkin bo’lmagan keksa yoshdagi bemorlar xisoblanadi. Umrov suyagi singanida 8 simon bog’lam qo’yiladi. u yumshoq yoki qattiq bo’lishi mumkin. Uning yordamida yelka kamarining suyak siniqlari repozitsiyasi uchun kerakli bo’lgan xolatni beradi. Download 322.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling