O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TAYLOQ PEDAGOGIKA KOLLEJI
KURS ISHI
Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlash
O’quvchi: Sobirova Anzurat
Ilmiy rahbar: ____________
Samarqand 2023
Mundarija
KIRISH
I BOB BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLGINI ANIQLASH USULLARI VA VOSITALARI
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorlash asoslari.
Bolalarni maktab ta’limiga shaxsiy tayyorligi.
II BOB MAJBURIY TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLIGA INNOVATSION YONDASHUV
2.1 Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligiga ta’sir etuvchi vositalar
2.2 “Ilm yo’li” variativ dasuri asosida ta’lim olgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash
Umumiy xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. “Bolalarimiz maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidan, boshlang’ich sinflardan kichik kichik kitoblarga o’rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg’aytirish zarur. shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o’qishga qaytadi1” – deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanadi. Bilish jarayonlari muammosi psixologlar tomonidan har tomonlama tadqiq qilinishiga qaramay, unga har xil pozisiyadan turib yondashilgan, turli aspektlarada yoritilgan. Shuning uchun bu to’g’risida umumiy nuqtai nazar, umumiy mezon yuzasidan mulohaza yuritish mumkin emas. Shuningdek, aqliy tarraqqiyot komponentlari bo’yicha ham xuddi shu fikrlarni bildirish o’rinlidir.
Bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligi muammosi so'nggi paytlarda turli ixtisoslikdagi tadqiqotchilar orasida juda mashhur bo'ldi. Psixologlar, o'qituvchilar, fiziologlar maktabga tayyorgarlik mezonlarini o'rganadilar va asoslaydilar, bolalarni maktabda o'qitishni qaysi yoshdan boshlash to'g'risida bahslashadilar. Ushbu muammoga qiziqish, majoziy ma'noda, maktabga psixologik tayyorgarlikni binoning poydevori bilan taqqoslash mumkinligi bilan izohlanadi: yaxshi mustahkam poydevor kelajakdagi binoning ishonchliligi va sifatining kafolati hisoblanadi. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi deganda ma'lum o'quv sharoitlarida maktab o'quv dasturini o'zlashtirish uchun bolaning psixologik rivojlanishining zarur va etarli darajasi tushuniladi. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi maktabgacha yoshdagi bolalik davridagi psixologik rivojlanishning eng muhim natijalaridan biridir.
Biz XXI asrda yashayapmiz va hozirda hayotning ta’lim va tarbiyani tashkil etishga qo‘yayotgan juda yuqori talablari bizni o‘qitish usullarini hayot talablari asosida olib borishga qaratilgan yangi, samaraliroq psixologik-pedagogik yondashuvlarni izlashga majbur qilmoqda. Shu ma'noda, maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o'qishga tayyorligi alohida ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |