Taym menejment haqida tushuncha
Download 13.98 Kb.
|
Taym menejment haqida tushuncha-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng asosiysi – asosiyni belgilash
10/90 qoidasi Hayotida muvaffaqiyatga erishganlar ko‘p vaqtini rejalashtirishga
sarflaydi. Kunlik rejalashtirish samaradorlikni orttirish va vaqtdan unumli foydalanish uchun zarur. Esingizda bo‘lsin: to‘g‘ri rejalashtirish salbiy ko‘rsatkichlarning oldini oladi. Eng yaxshisi, rejalarni qog‘ozga tushiring. Bu sizga yo‘ldan adashmaslik uchun o‘ziga xos xarita vazifasini o‘tab beradi. Qo‘lingizdagi ro‘yxat bilan birinchi kundanoq samaradorlik 25 foizga oshadi. Ertangi qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini bugun kechqurun tuzib qo‘ying. Ishga kelganingizda, nimadan boshlashni bilasiz. Kun davomida ishni rejaga muvofiq olib boring: yangi ish chiqib qolsa, muhimligiga qarab rejaga kiritib qo‘yaverasiz. Amalga oshgan vazifalarni albatta ro‘yxatdan o‘chirib tashlang. Bu sizga qoniqish hissini beradi, sizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi. Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang. Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam beradi. Eng asosiysi – asosiyni belgilash Taym-menejmentning vazifasi o‘z vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olishdir. Ro‘yxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan bo‘lishi lozim. Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati qanday bo‘lishini baholang. O‘z vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Ishlarni muhimligi jihatidan ro‘yxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A harfining ro‘parasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan sal kamroq bo‘lganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan ish. Download 13.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling