Taym menejment haqida tushuncha
Majburiy samaradorlik qonuni
Download 13.98 Kb.
|
Taym menejment haqida tushuncha-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat tamoyili/
Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi
darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab qo‘yib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni 5 foizga kamaytiradi. Mosart ayni paytning o‘zida uchta musiqa ustida ishlab, o‘lmas asarlar yaratgan. Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan. Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng muhim ishlarga yetadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng katta foyda keltiradigan ish bilan shug‘ullaning. Barcha ishlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: – shoshilinch va muhimlar; – muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar; – shoshilinch, lekin muhim bo‘lmaganlar; – shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmaganlar. Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi. Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha muammolarni tug‘diradi, shuning uchun o‘z vaqtida hal qilishga kirishing. Ikkinchi o‘rinda – muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar. Ularni kechiktirish mumkin, lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning o‘rniga ularga vaqt ajrating. Muhim, lekin shoshilinch bo‘lmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan ma’qul. Shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yo‘q, ularni bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shunday ekan, ularni qo‘rqmasdan ro‘yxatdan o‘chirib tashlayvering. Muvozanat tamoyili/ Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yo‘li – chuqur nafas oling va «Qo‘limdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan ro‘yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil qilasiz. Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o‘z vaqtida to‘xtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan. Albatta, samarador bo‘lish uchun taym-menejementning o‘zi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko‘p bo‘lishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling. Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o‘tkazadigan vaqtingizni belgilab oling. Download 13.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling