Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar sotilishini xujjatlashtirish


Download 194.89 Kb.
bet18/36
Sana21.11.2023
Hajmi194.89 Kb.
#1792965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini

17.4.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar sotilishini xujjatlashtirish.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar biznes rejasida belgilangan sotish hajmini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. Bunda korxona menenjerlari yoki marketing bo‘limi tomonidan mahsulot ortib jo‘natishdan tortib, to uning uchun xaridorlardan pul kelib tushguncha bo‘lgan tovar mahsulotning harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak. Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan tovar mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yo‘ldagi harakatiga qancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib olganliklari va qachon pulni to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan mollar uchun pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, yo‘lda tayyor mahsulotlarning nobud yoki sifati buzilish, yo‘qolishini nazorat qilish, xullas, yo‘ldagi barcha tovar mahsulotning takdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbarining buyrug‘i asosida tayyor mahsulotlar ombordan jo‘natilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt omboridan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish (marketing) bo‘limi formoyishiga asosan ortib jo‘natiladi. Bunda boshlang‘ich xujjatlar (yuk xati, schyot-faktura) rasmiylashtiriladi. Tayyor mahsulotlar bir ombordan ikkinchi omborga o‘tkazilganda ham yuk xati bilan xujjatlashtiriladi.
Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Sotilgan tayyor mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga jo‘natishda xaridor tashkilotning ishonchnomasiga asosan belgilangan tartibda schyot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat asosida haridorlarga jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi.
Tayyor mahsulot quyidagi holatlarda ombordan chiqib ketishi mumkin:

  • oldi - sotdi shartnomasi asosida sotilganda;

  • boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilganda;

  • tayyor mahsulot ko‘rgazmaga berilganda;

  • tekinga xadya sifatida berilganda;

  • tayyor mahsulot moliyaviy qo‘yilma hisobiga berilganda;

  • ajratilgan bo‘linmalar va qaram xo‘jaliklarga berilganda;

  • ichki extiyojlar uchun sarflanganda.

Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalk xujaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Xozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulot­ning sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
To‘lov-talabnoma. Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun haridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura,to‘lovlar bo‘yicha taqqoslama dalolatnoma albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim). Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bandlarida tomondan to‘lanadigan temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida haridor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi.
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad» nomli 2-son BHMSga muvofiq quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar tan olinadi (12 - band):

  • xo‘jalik yurituvchi subekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining ancha qismini har’idorga topshirganida;

  • xo‘jalik yurituvchi subekt, odatda, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgandarajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilishsamaradorligini ham saqlab qolmaganida;

  • daromad miqdori ishonchli darajada baholanganida;

  • xo‘jalik yurituvchi subekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olish ehtimolimavjud bo‘lganida;

  • bitim bilan bog‘liq qilingan yoki kutilayotgan harajatlar ishonchli darajadaaniqlanadigan bo‘lganida.

Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgidashning ikki usuli mavjud:

  • Kassa usuli - bunda sotuvdan olingan tushum, yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga qarab e’tirof etib boriladi.

  • Hisoblash (yuklab jo‘natish) usuli - bunda mahsulot haridorlarga ortib jo‘natilib, ularga hisob-kitob hujjatlari (schyot-faktura, transport yuk xatlari va boshqa shunga uxshash hujjatlar) topshirilishiga qarab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi.

Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning xaqini to‘lashga doir xo‘jalik operatsiyalari bajarilib, hisob-kitob yoki valyuta schyotiga mablag‘ tushgandan keyingina mahsulot sotish ishlari tugatilgan deb hisoblanadi. Agar mahsulot jo‘natilib, uning puli haridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb hisoblanishi mumkin emas.
Hisoblash (yuklab jo‘natish) usuli qo‘llanilganda mahsulot va tovar ortib jo‘natilib, ishlar va xizmatlar bajarilib, haridor va buyurtmachilarga schet-faktura va boshqa (qurilishda 2-shakl, 3-shakl) hisob-kitob hujjatlari taqdim etilib, mazkur hujjatlar rasmiylashtirilib (imzolab) berilgandan so‘ng, shunda ushbu mahsulot (ishlar, xizmat)lar va tovarlar sotilgan hisoblanadi.
Haridor va buyurtmachiga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran, bu hujjatlar haridor va buyurtmachiga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra haridor va buyurtmachi mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul kilsa, u holda bunday mahsulot haridor va buyurtmachiga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar rasmiylashtirilib, hisob-kitob hujjatlari haridor (buyurtmachi)ga yoxud uning vakiliga taqdim etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar sotish operatsiyalarini umumlashtirish hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotlarning analitik hisobi 16-qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir:

Download 194.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling