Tayyor mahsulot
Baxriniso ona fayz qandolatchilik korxonasining 2022-yil 1-yanvar holatiga ko`ra boshlang'ich balansi
Download 172.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqSHOHJAHON KURS ISHI (4)
Demak har qanday buxgalteriya hisobi fanidan tushunchaga ega bo`lgan kishiga tayyor mahsulot haqida so`zlar ekansiz uning tasavvurida 2800 schyot hamda uning negizida shakllanadigan 3ta schyot 2810- ombordagi tayyor mahsulotlar 2820- ko`rgazmadagi tayyor mahsulotlar 2830- komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar kelishi tabiiy xol albatta. Tayyor mahsulotning tannarxi bu tannarxiga ta’sir qiluvchi sarf harajatlariga keladigan bo’lsak bu harajatlar oy boshidan oy ohirigacha bo’lgan muddatda ishlab chiqarishga qilingan harajatlarninig ishlab chiqarilgan mahsulotlarning soniga nisbati deb olsak xató bo’lmaydi. Tayyor mahsulotlar tannarxiga kiradigan xarajatlarni 3 turga o`rganishimiz mumkin Bu harajatlar qaysilar? To`g`ri moddiy xarajatlar To`g`ri mehnat xarajatlari Boshqa bevosita xarajatlar Buni hozirgi pravodkalarimiz orqali ko’rishimiz mumkin. 1.Korxonada faoliyat olib borayotgan ishchilarga oylik hisoblandi. Debet: 2010 100 000 Kredit: 6710 100 000 Bu ishchilar kuchi korxonada tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilganligi tufayli ularga to’lanadigan oylik ham bevosita tayyor mahsulotning tannarxiga borib qo’shiladi.Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish schyoti debetlanadi va hodim bilan bo’lgan hisoblashuvlar schyoti esa kreditlanadi. 2. Korxonada mavjud bo’lgan hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarga eskirish hisoblandi. Asosiiy vositalarga amortizatsiyani qanday hisoblashga keladigan bo`lsak bu O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasida qat’iy foiz stavkalari bilan belgilab qo`yilgan. Xozirda biz misol qilish tariqasida malum bir summani oaldigan Debet: 2010 20 000 Kredit: 0200 20 000 Bunda ham xuddi shunday asosiy vositalar mahsulot tayyorlashga qaratilganligi tufayli ularning eskirishi ham tannarxga boradi va 2010 schyotida debetlanadi hamda 0200 schyotida kreditlanadi.Biroq 0100 schyotdagi summamizda o’zgarish yuzaga kelmaydi buning sababi aga eskirish summasini asosiy vositalarning tannarxidan ayiradigan bo’lsak bundan keyingi oylardagi eskirish hisoblashda muammolar bo`ladi. 3. Biz haq to’lagan ishchilarning oyligiga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblandi. (Foiz stavkasi 12%) Debet: 2010 12 000 Kredit: 6410 12 000 Bu ishchilarning oyligi tannarxga borgani kabi ular uchun to’lanadigan ijtimoiy soliq ham tannarxga olib boriladi.Bunda 2010 schyotidagi mablag’ ortadi va soliq oldidagi majburiyati ham oshadi. 4.Ishlab chiqarishga xom-ashyo berildi. Debet: 2010 40 000 Kredit: 1010 40 000 Tabiiyki har qanday tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun ma’lum bir turdagi xom-ashyolar sarf harajat qilinadi.Shuning uchun ombordan ma’lum bir miqdordagi xom-ashyo olinib asosiy ishlab chiqarishga topshiriladi. 5.Elektr tokiga haq hisoblandi. Debet: 2010 3 000 Kredit: 6010 3 000 Har qanday korxonada tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalardan foydalaniladi va tabiiyki elektr tokidan ham shuning uchun elektr tokiga qilingan harajatlar ham mahsulot tannarxiga olib boriladi va ishlab chiqarish schyoti debetlanadi. 6.Ishlab chiqarishni takomillashtirish maqsadida ishchi xodimga chet-el safariga borib kelish uchun avans berildi va bu harajat mahsulot tannarxiga yo’naltirildi. Debet: 5110 10 000 Debet: 2010 10 000 Kredit: 4220 10 000 Kredit: 4220 10 000 Avvalo avans berish uchun hisob kitob schyotidan mablag’ xizmat safari uchun avans sifatida beriladi va xizmat safari yakuniga yetib xodim korxonaga xizmat safari bo’yicha hisobotlarni topshirganidan so’ng qilingan harajat tan olinadi va ishlab chiqarishga olib boriladi. 7. Biz boshlang`ich balansdan kelib chiqib ko`rdikki korxona tasarrufida 120 000 nomoddiy aktivlar mavjud. Baxriniso ona korxonasining nomoddiy aktivi bu uning savdo markasi sanaladi. Uning tannarxini biz buxgalteriya hisobining 7-son “Nomoddiy aktivlar”milliy andozasiga binoan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini uning foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan oshmagan xolda foydali xizmat muddatini aniqlab bo`lmagan xollarda esa 5 yil mobaynida eskirishga olib borishimiz lozim. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini va qolgan barcha asosiy vositalarning eskirishini hisoblashning 4ta turi mavjud. Ularga to`xtaladigan bo`lsak To`g`ri chiziqli Bajarilgan ish hajmiga nisbatan Qoldiqli kamayish Yillar yig`indisi Demak u tannarxga olib boriladigan xarajat bo`lgani uchun summasini yillar soniga bo`lib so`ngra oylar soniga bo`linadi Debet: 2010 2000 Kredit: 0500 2 000 Xar qanday nomoddiy aktivlarning qoplab bo`lingan summasi ya’ni eskirishi 0500 schyotda aks ettirilib boriladi. Bu aktiv schyot bo`lishiga qaramay maglag`larning ortishi kreditda aks ettirilishiga sabab esa kontr aktiv schyot bo`lgani uchundir. Bu nima degani u bilan bog`liq bo`lgan aktiv schyotlarning saldosidan vaqt o`tishi bilan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivlarning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. 8.Demak xar qanday bir necha yuz ishchilarga ega bo`lgan korxona haqida so`z yuritar ekanmiz bu korxonada ish vaqti samaradorligini oshirish maqsadida hamda ishchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiyki oshxona tashkil qilinadi . bizning firmamizda ham bu tomonlar ba tafsil o`ylangan Bu bilan nima demoqchimiz tushunish mumkinki oshxona bu bino, bino esa vaqt o`tishi bilan eskiradi . Bino eskirib yaroqsiz xolga kelar ekan bir necha yillardan keyin yani bino qurishimiz uchun xozirdan uning xozirdagi narxiga nisbatan amortizatsiya hisoblab borilishi lozim. Oshxona faqatgina asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishchilarga xizmat ko`rsatar ekan unga hisoblangan amortizatsiya summasi ham asosiy ishlab chiqarishga boradi. Debet : 2010 500 Kredit : 0290 500 Berilgan provodka mazmuniga keladigan bo`lsak aslida oshxona xizmat ko`rsatuvchi xo`jalik sifatida 2710 schotda aks ettirilishi kerak . Ammo bu schotni jamg`arib boradigan aniq bir schot bo`lmaganligi sababli oshxonani ham asosiy vositalar schotiga ya’ni 0190 va uning amortizatsiyasini esa asosiy vositalarning eskirishi schotiga ya’ni 0290 schotga olib borish ham korxona ichki buxgalteriyasini olib borayotgan vaqtda xato bo`lmaydi. Demak,mahsulot tannarxidan hisobga olinadigan hamma harajatlar haqida aytib o’tib bo’lgan ekanmiz korxonada bundan keyingi qiladigan asosiy ish tayyor bo’lgan mahsulotni tannarx hisobida asosiy ishlab chiqarishdan olib tayyor mahsulot omboriga o’z narxida kirim qilish. Debet: 2810 Kredit: 2010 Agarda biz ishlab chiqargan mahsulotdan ma’lum bir ko’rgazmalar o’tkazish uchun foydalanilayotgan bo’lsa,bizning mahsulot asosiy ishlab chiqarish schyotidan yoki bo’lmasa tayyor mahsulot omboridan ham olib topshirish mumkin. Debet: 2820 Debet: 2820 Kredit: 2010 Kredit: 2810 Endilikda korxonada olib boriladigan asosiy ishlardan biri bu iste’mol qilinadigan ishlab chiqarilar ekan har doim tayyor bo’lgan mahsulotini komissiya tekshiruvidan o’tkazib turishi shart.Bunda ham biz o’z mahsulotimizni komissiyaga ikki joydan olib topshirishimiz mumkin. Birinchisi asosiy ishlab chiqarish,ikkinchisi esa tayyor mahsulot ombori. Debet: 2830 Debet: 2830 Kredit: 2010 Kredit: 2810 Shunday ekan har qanday inson kuchidan foydalaniladigan korxonalarda ma’lum bir sabablarga ko’ra ishlab chiqarishdan brak mahsulotlar ham olinishi mumkin.Brak mahsulot – ishlab chiqarishda hamma jarayonlar yakuniga yetmasdan yoki ma’lum bir Tovar moddiy zaxiralari o’z miqdorida qo’shilmaganligi sababli kelib chiqishi mumkin bo’lgan jarayonlardan olingan mahulot.Brak mahsulotni hisobga oluvchi mahsulot bu 2610 – ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar Shunday mahsulotlar borki brak bo’lganda qayta ishlash mumkin bo’lgan yoki to’g’irlab bo’lmasligi oqibatida to’g’ridan-to’g’ri harajatga olib boriladigan. 1.To’g’irlash mumkin bo’lgan brak masulotlar kirim qilinganda olib boriladigan ishlarga keladigan bo’lsak,bunda qilinadigan asosiy ish brak mahsulot summasini aniqlab uni omborga kirim qilish. Debet: 2610 10 000 Kredit: 2010 10 000 2.Har qanday ishni amalga oshirish uchun tabiiyki ishchi kuchidan foydalaniladi.Bu ishchi bizga ishlab berar ekan uni bajargan ishiga qarab yoki ketgan vaqtiga qarab oylik hisoblashimiz shart va bu biz hisoblagan oyligimiz brak mahsulot tannarxiga boradi.Chunki bu brak masulotni to’g’irlash uchun qilingan harajatdir. Debet: 2610 1000 Kredit: 6710 1000 3.Korxona kimga qanday maqsadda oylik berar ekan shu oylik summasidan kelib chiqqan holda qat’iy belgilangan foizlarda davlatga ijtimoiy soliqni to’lashi zarur.To’lanadigan ijtimoiy soliq summasi ham biz to’g’irlash uchun ish olib borayotgan brak mahsulot narxiga boradi. Debet: 2610 Kredit: 6410 Download 172.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling