Tayyorgarligini, sportchi shaxsini tayyorlash, sportchilar jamoasini


Bokschida umumiy psixologik tayyorlashda quyidagi tavsiyalar


Download 29.85 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi29.85 Kb.
#1327837
1   2   3   4
Bog'liq
Sport psixologiyasi

Bokschida umumiy psixologik tayyorlashda quyidagi tavsiyalar
muhim sanaladi:
Psixologik jihatdan o‘zini tiklash usullarini o‘zlashtirish (masalan,
relaksatsiya);
– murabbiy bokschi uchun andaza sanaladi va shuning uchun
murabbiylar har qanday joy va vaziyatda o‘zini munosib tutishi
lozim;
– mashg‘ulotlarni olib borish uchun kerakli do‘stona muhitni yarating
va iloji bo‘lsa psixolog xizmatidan samarali foydalaning;
– musobaqalar va mashqlarning darajasini bosqichma-bosqich oshirib,
bokschiga yangi qiyinchiliklar yarating;
– mashg‘ulot hajmi bokschining tayyorgarlik darajasi va ish hajmiga
moslashish holatiga mos bo‘lishi lozim;
– mashg‘ulot va ish hajmini bokschi bilan muhokama qiling;
– asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun avval kichik
musobaqalarda ishtirok eting;
– ijro mahorati bokschi bilan muhokama qilinganda bokschining
yutuqlarini maqtash, lekin mashg‘ulot va musobaqa natijalari
bo‘yicha bokschiga еtarli darajada ma’lumot berish lozim;
– tanqid qilgandan ko‘ra bokschiga zaif tomonlarini bartaraf etishni
o‘rgatgan ma’qul;
– kichik turnir va musobaqalardagi ishtirok nafaqat g‘alaba qozonib
o‘zida ishonchni va ijobiy psixologik holatni shakllantirish, balki
o‘rganilgan taktikalarni amalda qo‘llash va tajriba to‘plash uchun
ham muhim ahamiyatga egaligiga urg‘u bering;
Bokschining kayfiyati past bo‘lganda:
– mashq turlarini o‘zgartiring;
– mashg‘ulot muhitini o‘zgartiring;
Musobaqa uchun psixologik tayyorgarlik
– Bokschini musobaqadagi muhit ya’ni jang maydonidagi yoritish
tizimi, tomoshabinlar ommasi, raqiblar va boshqa narsalardqo‘llanila boshladi. Sportchilarning bilish jarayonlari psixologiyasini
– qisqa muddatli dam olish kunlari.
Bolalar bilan albatta o‘tkazilgan mashg‘ulot, musobaqa natijalari
muhokama qilinishi kerak. Bolalarni dam olishida yoki ertasi kuni barcha
ruhiy kechinmalarga ishonib, bolalar o‘zlarini xatti-harakatlarini baholay
olishi, kamchiliklarni tan olish imkon bo‘lganda aniq, to‘g‘ri
ko‘rsatmalarga tayanish lozim. Muhokamada, albatta, barcha sportchilar
qatnashishlari zarur. Muhokama vaqtida yo‘q bo‘lganlar nomiga umuman
kamchiliklar aytish tavsiya etilmaydi. Muhokama vaqtida murabbiy juda
ehtiyotkorlik bilan har bir holatni, sportchini shaxsiga tegmasdan tahlil
etilsa, kelgusida ushbu sportchilarni irodasi, psixologik holati
mustahkamlanadi.
Sportchining musobaqada g‘olib bo‘lishi uchun kurashida
uchraydigan qiyinchiliklar va har qanday irodaviy harakatlarni amalga
oshirishda ular turlicha qarshiliklarga uchraydilar, ya’ni:
1.Ichki qarshiliklar (sportchining o‘ziga xos bo‘lgan qarshiliklari).
2.Tashqi qarshiliklar (ob-havoning noqulay kelishi, raqibning noqulay
bo‘lishiga va hokazo).
Yuqoridagi qiyinchiliklarni еngish uchun kurashda odamlar ham
kuchli irodali va irodasi kuchsiz odamlarga bo‘linadi. Inson irodasi bir
qancha sifatlarga ega.
Masalan, irodaning ijobiy sifatlari qat’iyatlilik, dadillik, mustaqillik,
prinsipiallik va o‘zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy
sifatlari esa qat’iyatsizlik, ikkilanishlik, mustaqilsizlik, o‘zini tuta
olmaslik kabilardan iborat.
Ruhiy zo‘riqish sharoitida bo‘lgan sportchi holatini optimal (maqbul)
holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan, bular:
1. Ruhiy boshqarish mashqlari.
3. Jismoniy mashqlar.
4. Nafasni boshqarish mashqlari .
5. Munosabatlarni boshqarish.
6. «Irodaviy gimnastika».
7. Uyquni boshqara olishlik. Katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar
bir necha kun yaxshi uxlay olmasligi mumkin. Bu esa uning sport
natijalariga salbiy ta’sir etadi.
8. Farmakologik usullar.
9. Autogen mashqlar orqali sportchilarni ruhiy zo‘riqishlarini bartaraf
etish va psikorreksiyalash mumkin.
Sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarida, musobaqalar oldi va
musobaqalardan so‘ng o‘zini-o‘zi ishontirish mashg‘ulotlari ya’ni autogen
mashqlarini o‘tkazish lozim. Bu o‘tkaziladigan mashqlar sportchilarni
o‘ziga bo‘lgan ishonchini his qilish, psixomotor, sensomator harakatlarini
tahlil qilish orqali jismoniy sifatlari, texnik-taktik jihatlarini raqibdan ustun
yoki kamchiliklarini taqqoslash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Download 29.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling