2. Surishtiruv faoliyati kasb-korga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ilk
2. Surishtiruv faoliyati kasb-korga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ilk
ma’lumotlarni yig‘ishni bildiradi. Tergovchi, tezkor xodim sudya professiogrammalarida bu
faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir.
10
1. Rekonstruktiv faoliyat. Bu jinoiy ish bo‘yicha jami to‘plangan ma’lumotlarning joriy va
yakuniy tahlili bo‘lib, uning sintezi va maxsus bilimlarga tayangan holda ishchi versiyalarini
ilgari surish demakdir. Ishni rejalashtirish ham rekonstruktiv faoliyatning natijasi bo‘lib
hisoblanadi.
2. Kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati muomala jarayonida zarur ma’lumotlarni
olishni anglatadi. Bu faoliyat ayniqsa, tergov mobaynida, advokatlar, tezkor xodimlar ishida
katta ahamiyat kasb etadi.
3. Tashkiliy faoliyat ishchi versiyalar va rejalarni amalga oshirish chog‘idagi irodaviy xattiharakatlardan iboratdir. U ikkita omilga bo‘linadi: professional masalani hal etish uchun o‘zini
3. Tashkiliy faoliyat ishchi versiyalar va rejalarni amalga oshirish chog‘idagi irodaviy xattiharakatlardan iboratdir. U ikkita omilga bo‘linadi: professional masalani hal etish uchun o‘zini
va odamlarni safarbar etish.
4. Dalillash faoliyati – ish bo‘yicha olingan barcha ma’lumotlarni qonunda ko‘zda tutilgan
tarzda, maxsus shaklda bayon etishni bildiradi.
Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarini tahlil qilganda quyidagi omillarga e’tibor
Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarini tahlil qilganda quyidagi omillarga e’tibor
berish kerak:
1. Ushbu guruhga uyushish sabablari:
«birlashmasdan» jinoyat sodir etishning imkoniyati yo‘qligi;
jinoiy maqsadlarning uyg‘unligi;
shaxsiy bir-birini yoqtirish;
xulq-atvorning, e’tiqodlarning monandligi, huquqiy ongdagi umumiy norasolik.
2. Jinoiy guruhda rollarning taqsimlanishi:
iroda sifatlari;
tashkilotchilik qobiliyatlari;
yetakchilarning obro‘si va tashabbusi;
ikkinchi darajali a’zolarning irodasizligi, moslashuvchanligi, ichkilikka ruju qo‘yish.
3. Guruh ichidagi to‘qnashuvlar va ziddiyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |