Tayyorladi: 2-oliy ta`lim yo`nalishi 2-kurs mmt-92k-2 guruh talabasi Shukurboyev Shavkat


Download 1.74 Mb.
bet1/2
Sana24.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1395513
  1   2
Bog'liq
MMT-92-k2 Shukurboyev Shavkat

tayyorladi: 2-oliy ta`lim yo`nalishi 2-kurs MMT-92k-2 guruh talabasi Shukurboyev Shavkat

Toshkent Moliya instituti

Byudjet hisobi va g`aznachilik fakulteti

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo`nalishlari) mavzusida taqdimot


Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) Reja:
1. Moliyaviy siyosat tushunchasi.
2. Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari.


Moliyaviy siyosat - davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi.
Byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi,qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha bo‘g‘inlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq ishlab chiqiladi. O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash noto‘g‘ri. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan cheklanib qolmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan YaIM hissasini aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi organlarining o‘zaro munosabatlarini belgilash, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash, davlat qarzini boshqarish, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet siyosatining vazifalariga kiradi.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Mamlakatda soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish obyektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning o‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va h.k. yo‘llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling