Tayyorladi: bia-82 guruh talabasi Aminov Yashnar. Savollarga javoblar. 1-savolga javob


Download 59.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi59.49 Kb.
#1277411
  1   2   3
Bog'liq
Aminov Yashnar Biznesni Baholash maruza 5 ballik



Tayyorladi: BIA-82 guruh talabasi Aminov Yashnar. 
Savollarga javoblar. 
1-savolga javob: 
Bozor sharoitida har qanday tovar muomala obyekti hisoblanganidek, biznes ham 
tovarning barcha belgilariga ega va u fuqarolik – huquqiy muomala obyekti bo’lishi 
mumkin. Bu alohida turdagi tovar hisoblanadi va alohidalikni baholovchi 
xususiyatlari uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini 
belgilab beradi.
Birinchidan, biznes – bu investitsiya tovari, ya‘ni unga kelajakda foyda olish 
maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo’yicha ajratilgan. 
Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma‘lum emas, ya‘ni ehtimoliy xususiyatga 
ega, shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga 
olishiga to’g’ri keladi. Agar bo’lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga olgan 
holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo’lsa, u investitsiyaviy 
jozibadorligini yo’qotadi.
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning 
alohida kichik bo’lagi va hatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda 
uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkiliy – iqtisodiy shakl bilan aloqasi 
uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni (korxonani) 
shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o’zi emas, balki uning alohida 
tarkibiy qismlari amalda tavar bo’ladi.
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo’lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi 
muhitida ham kechadigan jarayonlarga bog’liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi 
beqarorlik kichik biznesni ham beqarorlikka olib keladi, Ikkinchi tomondan
biznesning beqarorligi jamiyatning o’zidagi beqarorlikning yanada o’sishiga olib 
keladi. Bunday biznesning tovar sifatidagi yana bir hususiyati – uning fuqarolik-
huquqiy muomalasini tartibga solishga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqadi.
To’rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida 
ahamiyatni hisobga olgan holda, nafaqat biznes aylanishi mehanizmini tartibga 
solishda, balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni 
amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur.
Biznes tovar sifatida tegishli bozorlar va ularning infratuzilmasini rivojlantirish 
zaruratini shart qilib qo’yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida 
qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu kichik biznesni ko’char va ko’chmas mulk 
bozorlariga ham, kapital bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. 


Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqali mulk huquqlari va ular bilan 
bog’liq manfaatlar boshqa shaxsga o’tkaziladigan, narxlar belgilanadigan va yerdan 
foydalanishning turli raqobat qiluvchi variantlari o’rtasidagi kenglik 
taqsimlanadigan tartib va mexanizimlar to’plamiga mos keladi. 

Download 59.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling