Tayyorladi: Odiljonov o qabul qildi: Abdulxayev Z
Download 0.59 Mb.
|
Akbarova zilola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli yoqilg’i.
- Qattiq yoqilg’i
Yoqilg’ining yonish issiqligi laboratorya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi Kalorimetrli bomba, bosimi 3MPa bo’lgan kislorod bilan to’ldirilgan germetik idish 1 dan iboratdir. Idishda masasi 1 gbo’lgan yoqilg’i yondiriladi. Bombani suvli idish 2 ga joylashtiriladi va suv temperaturasini ortishi orqali yoqilg’ining yonish issiqligi aniqlanadi. Qattiq va suyuq yoqilg’ining yonish issiqligini D.I.Mendeleev emperik formulasidan yetarli aniqlik bilan topiladi:Shartli yoqilg’i. Issiqlik ajratish xususiyati turlicha bo’lgan yoqilg’ilarni taqqoslash uchun «shartli yoqilg’i» tushunchasidan foydalaniladi. Yonish issiqligi 29300 kJ/kg yoki 30000 kJ/kg bo’lgan yoqilg’i shartli yoqilg’i deyiladi. Berilgan yoqil-g’ini shartli yoqilg’iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg’ini berilgan yoqilg’iga aylantirib hisoblashda yoqilg’i ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi.
Qattiq yoqilg’i. Qattiq yoqilg’ilar jumlasiga yog’och, torf, yonuvchan slanetslar va qazib olinadigan ko’mirlar kiradi. Har qanday qattiq yoqilg’ining boshlang’ich materiali yog’ochdir. Qazib olinadigan qattiq yoqilg’i yonuvchan massasining tarkibi uning paydo bo’lish sharoitlariga va geologik yoshiga bog’liq. Geologik yoshining ortib borishi tartibida qattiq yoqilg’ini shunday joylashtirish mumkin: yog’och, torf, yonuvchan slanetslar, qo’ng’ir ko’mir, toshko’mir, antratsit. Torf suv ostida havosiz sharoitda botqoqlik o’simliklaridan hosil bo’ladi. U yer sirtidan unchalik chuqur bo’lmagan joyda qalinligi 10 m gacha qatlamlar hosil qiladi.Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling