Tayyorladi:Órinboyev Yodgor Tekshirdi: Muhammedova Nurxon


Erkaklar jinsiy gormonlari-androgenlar


Download 8.4 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi8.4 Kb.
#1624500
1   2   3
Bog'liq
Yodgor ppt endokrin

Erkaklar jinsiy gormonlari-androgenlar Androgenlarga testosteron, androsteron va degidroepiandrosteron kiradi; bulardan eng faoli testosterondir. Androgenlaming biosintezi asosan urug‘donlarda va qisman tuxumdon hamda buyrak usti bezlarida sodir bo‘lib, gipofizning gonadotrop gormonlari (LG va FSG) tomonidan idora etiladi . 0 ‘z navbatida androgenlar gonodotropinlar sintezini manfiy teskari bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha pasaytiradi. Bu gormonlaming xususan, testosteronning asosiy manbai va o‘tmishdoshi atsetil-KoA va xolesterindir.

Androgenlaming biologik roli erkaklar organizmida reproduktiv tizimning takomillashishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir: ikkilamchi erkaklar jinsiy belgilarining rivojlanishi, urug‘donlarda spermatogenez, yuz va tañada sochlaming o‘sishi va hokazo. Shuni ham ta’kidlash kerakki, androgenlar kuchli anabolik ta’sirga egadir: barcha to'qimalarda, ayniqsa, muskullarda oqsil biosintezini stimullaydi, natijada tana vazni oshadi. Androgenlaming bu ta’siridan, ayniqsa, sportchilar, ulaming analoglaridan (anabolik steroidlar) foydalanishadi. Ammo hozir ulami ishlatish sog’liq uchun zararli ekanligi aniqlangan.

Ayollar jinsiy gormonlari-estrogenlar Ayollar jinsiy gormonlarining asosiy sintezlanadigan joyi tuxumdonlar va sariq tanachadir. Hozirgi vaqtda kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasi bilan farq qiladigan ikki guruh ayollar jinsiy gormonlari topilgan: esterogenlar (asosiy vakili — estradiol) va progestinlar (asosiy vakili-progesteron). Estron (follikulin) va estriol estradiolning unumlaridir. Estrogenlar — progesteronning ishlab chiqarilishi siklik xarakterga ega boiib; siklning birinchi fazasida estrogenlar, ikkinchi fazasida esa progesteron sintezlanadi. Bu gormonlaming ham o'tmishdoshi xolesterindir.Shuni ham ta’kidlash kerakki, homiladorlik paytida ayol organizmida estrogenlar va progesteron ishlab chiqaruvchi yana bir a’zo platsenta (yo'ldosh) bo‘lib, bu a’zo homila bilan birgalikda, ya’ni fetoplatsentar kompleks (lotincha foetus, homila demakdir) shaklida faoliyat ko'rsatadi. Estrogen va progesteronning asosiy biologik omili ayol organizmining reproduktiv funksiyasini ta’minlashdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 8.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling