Tayyorlangan : tuxtapulatov shohjahon


Download 33.5 Kb.
bet1/2
Sana22.11.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1793876
  1   2
Bog'liq
MUSTAQIL


MUSTAQIL


ISH

TAYYORLANGAN : TUXTAPULATOV SHOHJAHON


«Avesto» haqida. Miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda qadimgi Xorazm diyorida ezgulik dini – zardushtiylik vujudga keldi.3 Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht nomidan olingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand», «yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e’tirof etiladi.

Yodda tuting!
«Avesto» o‘zbek tilida «qat’iy o‘rnatilgan qonun-qoidalar» degan ma’noni anglatadi. «Avesto» 2700 yil avval Xorazmda yaratilgan.



Eron ahamoniylari podshosi Doro III davrida «Avesto» 12 ming
qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi.
Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari
chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot
ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga
tarjima qilindi. Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng
tarqalgach, «Avesto» unutildi.
«Avesto» O‘rta Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘tmish
tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng
qadimgi yozma manba sifatida o‘rganiladi.
Zardusht.
«Avesto»ning mazmuni. «Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan.
Barcha yovuzliklarni (o‘lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi.
Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug‘likni va adolatni himoya qiladi. Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g‘alaba qozonadi. Biroq, buning uchun kishilar – yolg‘on gapirmasliklari, bergan va’dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim. Insondagi bu uch xislat barkamollik belgisi hisoblangan. Bu uch xislatni o‘zida shakllantirgan kishilar Ahuramazda tarafdoriga aylanadilar.
Yovuz kuchlar ziyon yetkazmasligi uchun odamlar yer haydab dehqonchilik qilishga, g‘alla yetishtirishga, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etilgan va bunday mehnat sharaflangan. Ezgu fikr (oliyjanob o‘y-fikr), ezgu so‘z va ezgu amallar (xayrli ishlar) zardushtiylik dinining bosh g‘oyasini tashkil etadi.
Diqqat bilan o`qing!
«Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli
bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin»
Zardushtiylik dinida olov, tuproq, suv va havo muqaddas hisoblanadi. Bunga olovning yorug‘lik, tuproq (yer)ning rizq-nasiba, suv va havoning esa hayot manbalari ekanligi asos qilib olingan. Ayni paytda, bu to‘rt unsur barcha borliqning asosi ekanligi uqtirilgan.
«Avesto»ning 2700 yilligi. «Avesto» nafaqat bizning, balki jahon madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999-yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2001-yilda esa bu qutlug‘ sana nishonlandi.


Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling