Tayyorlash metodikasi Modulli o‘qitish darsi da o‘qituvchining roli
Download 35 Kb.
|
MA`RUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli o‘qitish
- 2. Darsni modulli o‘qitish bo‘yicha tayyorlash metodikasi
- 3. O‘qituvchining modulli o‘qitish darsidagi roli.
- Mustahkamlash uchun savollar
6-Ma’ruza. Kimyoga o‘qitishda modul darslardan foydalanish Reja 1.Modulli darsning ta’rifi 2.Modulli o‘qitish bo‘yicha darsni tayyorlash metodikasi 3.Modulli o‘qitish darsi da o‘qituvchining roli 1.Modulli dars ta’rifi. O‘qituvchini an’anaviy darsga tayyorlash, odatda, o‘quv materialini atroflicha tanlash, unda mantiqiy aloqalarni o‘rnatish, uni ko‘rgazmali idrok qilish uchun qulay bo‘lgan chizmali ko‘rinishda jamlashdan iborat. Bu holda o‘quvchilar berilgan o‘quv mazmunni yengil o‘zlashtirishi mumkin, biroq, bunday material ijodiy shaxs salohiyatini rivojlantirishga imkon bermaydi. Hozirgi kunda ijodiy ishlovchi o‘qituvchilar o‘z amaliyotida innovatsion pedagogik o‘qitish texnologiyalaridan foydalanadi. Modulli o‘qitish – bu pedagogik texnologiyalardan biri. U bir vaqtda o‘quv jarayonini jadallashtirish, o‘qitish maqsadlarini qo‘llashda yaxlitligini ta’minlash, o‘quvchilarning bilish va shaxsiy sohalarini ri vojlantirishga imkon beradi. Mazkur texnologiya o‘qitish natijasida o‘quv, ilmiy-ommabop adabiyotlar va ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallanishiga asoslanadi. Modulli texnologiya mustaqil boshqarish uchun keng imkoniyatlarga ega o‘quvchining bilish faoliyatini qat’iy boshqarishga imkon beradi. Modulli o‘qitish kimyo kursini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish va materialni o‘rganishning yanada samarali metodlarini topish asosida qo‘llaniladi. Mazkur texnologiyaning muxim yutug‘i integratsiyaviy xususiyatidir, chunki modul, mazmuni va o‘rganilishi texnologiyasi birligi sifatida, modulda integrallashgan texnologiyalar majmuasi orqali qo‘llaniladi: muammoli, algoritmik, dasturlashgan, aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi, “to‘liq o‘zlashtirilishi”. 2. Darsni modulli o‘qitish bo‘yicha tayyorlash metodikasi Modulli darsni ilab chiqishga kirishganda 2 akademik soatni egallashi kerakligini unutmaslik kerak, sababi o‘xshash darsda o‘quvchining o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha bilimlari va malakalarining dastlabki darajasini aniqlash, yangi ma’lumotni berish, o‘quv materialini ishlab chiqish va chiqish nazoratini o‘tkazish zarur. Mashg‘ulot modulini tuzishga quyidagi algoritm yordam berishi mumkin: 1. Mavzuda modulli dars o‘rnini aniqlash. 2. Dars mavzusini ta’riflash. 3. Dars maqsadini, mazkur holatda bu maqsad – integratsiyalovchi, va oxirgi o‘qitish natijalarini aniqlash va ta’riflash. 4. Zaruriy daliliy materialni tanlash. 5. O‘qitish va nazorat metodlari va shakllarini tanlash. 6. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati usullarini aniqlash. 7. O‘quv mazmunni alohida mantiqiy yakunlangan o‘quv belgilarga (O‘B) ajratish va ularning har biri xususiy didaktik maqsadini aniqlash. Shunday qilib, modulli texnologiyani qo‘llashda darajali differensiatsiya tamoyili tatbiq qilinadi, bu o‘quvchilarga nafaqat davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish, balki yanada yuqori o‘qiganlik darajasiga chiqishga imkon beradi. 3. O‘qituvchining modulli o‘qitish darsidagi roli. Modulli o‘qitish darsida o‘qituvchining roli o‘quvchilar ishini boshqarish, qo‘yilgan vazifalarni hal etish yo‘llarini to‘g‘rilash, maslahat berish, o‘quvchilarga yordam berish va qo‘llashdan iborat. Bunda o‘qituvchi darsda har bir o‘quvchi bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega. Modulli dars yakunida xulosalar qilinadi, bolalar mavzuning barcha o‘quv belgilari bo‘yicha topshiriqlarga xulosalar chiqaradi va tekshirishga daftarlarni topshiradi. Topshiriqlarni belgilangan vaqtdan ilgari bajargan o‘quvchilar qo‘shimcha ballar oladi. Modulli darsni o‘tkazishda o‘quvchilarni guruhlarga birlashtirish amalga oshiriladi, bu yerda bir qancha quyi va o‘rta darajada biladigan o‘quvchilar va hech bo‘lmaganda birgina kuchli o‘quvchi ishlashi kerak. Shunday qilib, ishlash jarayonida kuchli o‘quvchi quyi darajadagi o‘quvchiga yordam beradi va bir vaqtda o‘z bilimlarini takomillashtiradi. Modulli texnologiya qo‘llangan darslar qo‘shilgan holda o‘tkaziladi. Amaliyot ko‘rsatadiki, mazkur texnologiyani o‘rta va yuqori sinflarda qo‘llash mumkin. O‘qitish jarayoni samaradorligi, agar o‘quvchi mustaqil ta’lim usullarini o‘zlashtirsa, yuqoriroq bo‘ladi. Axir o‘qituvchining asosiy vazifasi – o‘z o‘quvchilarini mustaqil bilim izlash, turli manbalar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
1.Modulli o‘qitishga ta’rif bering 2.Modulli darsga tayyorlanish bosqichlarini sanab bering 3.O‘quvchilar bilimlarini reyting baholashni tushuntirib bering Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling