Tayyorlash usuli qo’yidagicha


Download 41.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi41.16 Kb.
#1837010
1   2
Bog'liq
muyassarga word

Nazorat savollari: 
1.Papye –mashye nima? 
2.Papye –mashye usulida nimalarni tayyorlash mumkun? 
3.Uy ro’zg’or buyumlarini yasalish yo’lini tushuntiring? 
4.Mevalarni va sabzavotlarni tayyorlash yo’lini tushuntiring? 
5. O’yinchoqlar qanday tayyorlanadi? 
6. Qo’g’irchoqlar bosh qismini tayyorlash yo’lini tushuntiring? 
7.Tayyorlangan ishga qanday ishlov beriladi? 
8.Bo’yashda qanday bo’yoqlardan foydalaniladi? 
9.Silliqlashda nimadan foydalaniladi? 
10.Qanday lakdan foydalaniladi?
Mavzu: Tabiiy materiallardan ijodiy ishlar bajarish. 
Reja: 
1.Tabiiy materiallari va ulardan foydalanish. 
2. Tabiiy materiallardan applikatsiya ishini bajarish 


MTT da va oilada aplikatsiyada qollaniladigan tabiiy va tashlandiq materiallar 
bilan ishlanadi. Bolalar bog’chasi tarbiyachisi tabiiy materiallarni avvalo yil 
davomida to’plash mumkin.Yilning har bir fasli o’z xususiyatlariga ega. Tabiiy 
materiallarni to’plashda erta baxorda lola gullarini qurutib olish, daraxt va 
butalarning yosh novdalarining, yoz oyida rezavor mevalar donalarini, turli 
gullarni, kuzda daraxtlarning xilma xil barglari, mevalarini to’plashlashlari lozim. 
Bu tabiiy materiallar ko’proq sayr ekskursiyalar davomida yig’ilsa juda maqsadga 
muvofiq bo’ladi.Sababi tabiatni qo’riqlash qonunlari bilan tanishtirish lozim. 
Respublikamiz taiiy resurslar va foydali qazilmalar, o’simliklar, qushlarga boy 
o’lka hisoblanadi. Biror buyum narsa yasashda g’oyalarni qayerdan olishni 
bilishga, g’oyalar esa obraz, syujetlardan, bolalarga tanish ertak va hikoyalardan , 
rasm, shakllardan olish mumkin. 
MTT tabiiy va tashandiq materiallardan keng foydalaniladi. Bu materiallar 
gerbariy asosida quritilgan barcha daraxt va sabzavot, mevalar, manzarali 
daraxtlarning danaklaridur. Bu materiallarni asosan kuz faslining Sentabr, oktabr, 
noyabr oylarida yig’ish va quritish lozim.Tarvuz, qovun, bodiring, do’lana, 
qovoq, urug’lari yangi olinganda yopishqoq massada bo’ladi. Uni bittalab ajratib 
olinadi va maxsus stkacha yoki elakchada yuviladi va fonera ustiga gazeta yozib 
issiq va iliq yelvizak joyda quritiladi 3-4 kun. Quritish jarayonida urug’larni qol 
bilan aralashtirib turilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tabiiy va tashlandiq 
materiallardan ijodiy ishni quyidagicha bajarish mumkin .
Tabiiy materiallar yordamida turli hil estalik sovg’alari tayyorlash mumkun. 
Qalam qipig’idan applikatsiya ishi; 
Kerakli jihozlar:rangli qalamlar, A4 qog’ozi,qalam ochgich,qora qalam,yelim. 
Bajarish usuli:Rangli qalamlarni qalam ochgich yordamida extiyotkorlik bilan 
ochamiz, Iloji borich qalam qipiqlari yaxlit olishga harakat qilinadi.Oq qog’ozga 
tasvir chizib olinadi.Gullar,qushlar,tabiat manzaralari,ertak qaxramonlarn 
tasvirlarini chiziladi.Tasvir ustiga PVA yelimi surtilib qalam qipiqlari 
extiyotkorlik bilan yelimlanadi. 
Quritilgan gullardan ekibana yasash. 
Kerakli jihozlar: Quritilgan gullar, qaychi,PVA yelimi yoki pistalet yelimi,A4 
qog’ozi ,foni uchun rangli qalam kukunlari va sabzavod suvlari,paxta tampon. 
Bajarish usuli:A4 qogoziga fon beriladi,quritiladi.So’ngra vazada gullar, tabiat 
manzara ko’rinishlarini quritilgan gullar, shoxlarni yelimlash yordamida 
tasvirlanadi. Turli hil bezaklardan xam foydalanish mumkun. 


Tabiiy materiallar ko’proq sayr ekskursiyalar davomida yig’ilsa juda maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Sababi tabiatni qo’riqlash qonunlari bilan tanishtirish lozim 
O`simliklarni quritib olish.O’simliklarni to’plash va kuritib olishda gazeta, 
gerbariy papkasi, kaychi, paxta bulishi kerak. 
O`simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni tuplash maksadida 
ekskursiyaga chikilganda bir juft gazeta, kaychi bulishi shart. Gazeta daftarsimon 
taxlanib, orkasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Gullarni kul bilan sindirib 
bulmaydi, aks xolda poyasi zararlanishi mumkin 
Kuritib olishga muljallangan usimliklar xar q anday namlik (yongir yoki 
shudring) dan xoli bulishi kerak, aks xolda usimlik kuritilganda unda doglarning 
izi koladi.Kuritilayotgan usimliklarda tabiiy rangni asrab kolishning eng muxim 
sharti ularni shamol utib turadigan joy da, elvizakda, kuyosh nurida tez kuritib 
olishdir.Usimliklarni kuritish uch sutkadan ortik davom etmasligi kerak.Turli 
usimliklarni tuplashni uz muddatlari bor. 
Gerbariy ramkalarda quritish. 
Gerbariy ramkalarida kuritilgan usimliklarning kupchiligi uzining tabiiy rangini 
saklab koladi. Bunda usimlik yumshok kogoz yoki gazeta orasiga solib quyiladi. 
Xar bir varaqqogoz vao’simlik urtasiga bir necha kavat qogoz yoki gazeta 
ko’yiladi, chunki quritilayotgan o’simlik o’zidan namlik chikaradi. Shundan 
so’ng papka ikkita to’rsimon rama ortasiga qo’yilib, ochiq xavoga qo’yiladi. 
Agarda xavo xarorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo’lsa, 
quritilayotgan o’simlik issiq va quruq joyga olib kiriladi. 
Murakkab gullilar quritilganda to’pgullilar poyasidan ajratilib pasgacha 
joylashtiriladi, sungra uning ustiga paxtani aylana qilib qo’yiladi, bunda fakat 
barglar usti yopilib, gulning o’rtasi ochiq qoldiriladi. 
Pressda quritish. 
Orasiga usimlik solingan qogozlar gerbariy papkasi o’rniga ikkita faner listlari 
o’rtasiga joylanib, ogir narsa bostirib qo’yiladi.Ogirlik pressga qancha o’simlik 
joylashtirilganiga bog’lik buladi.Mayda nozik o’simliklar kam ogirlikni 
vaquritish uchun kamrok vaqtni talab qiladi. 
Ikki uch soatdan so’ng qogoz prokladka almashtiriladi.Quritish shu usulda davom 
ettiriladi. 
Issik dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi.Qavat - qavat 
gazeta yoki yumshok qogoz orasiga o’simliklarni qo’yib, ustidan dazmol 
yurgiziladi. So’ngra ustki qavatdagi gazetani olib, quritilayotgan narsani 
shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so’ngra gazetani yopib Yana 


dazmollanadi. O’simlik ikki uch minutda quriydi va u uzining tabiiy rangini 
yuqotmaydi. 
Agarda quritilgan narsa ko’tarilganda o’z tanasini ushlab tursa u yaxshi quritilgan 
xisoblanadi, agarda u sinib, maydalanibketsa demak u ortiqcha quritib yuborilgan 
xisoblanadi. 
Quritilgan o’simliklar, ayniksa gullar gigroskopik bo’lib, nam tekkanda ular tezda 
ildiz otadi, shuning uchun foydalanishga qadar ularniquritilgan joylarida, varaqlar 
orasida, yopik papka, quti, shkaflarda saqlagan maqul. 
Bunda ular pechka va shu kabi isitish asboblarida uzoqroqda bo’lishi kerak, aks 
xolda ular ortiqcha qurib sinuvchan bo’lib qoladi. Zarang, juka, shumtolning 
uruglarini kuzda uraglar pishib daraxtdan to’kilganda teriladi.Biroq bu ishning 
kech kuzga qoldirib bo’lmaydi, aks xolda ular ortiqkcha qurib sinuvchan bulib 
qoladi.To’plangan uruglar qutichalarda quriq ammo issiqlik manbalaridan 
uzoqroq joyda saqlanadi. 
Qushchayasash uchun kerakli jihozlar: 
Ikkita archa g’uddasi biri yopiq holda, biri ochilgan,xondon pista po’chog’i,patlar 
va plastin,yoki pistolet yelimi, ko’z uchun nomozshom guli urug’i 
Bajarish usuli: Yopiq holda archa g’uddasi qushchaning tumshuq qismi 
debolinadi. Orqasiga ochilgan archa g’uddasi yopishtiriladi. Tumshug’iga xandon 
pista,ko’ziga nomozshom gul urug’i yopishtirib ikki yon tomoniga pat va orqa 
tarafiga patlar yopishtiriladi. Qarabsizki ish tayyor.Quritilgan barglardan turli hil 
applikatsiya ishlarini bajarish mumkun. 
“ Quritilgan barglardan Qushcha ” tayyorlash. 
Kerakli jihozlar: qutitilgan barglardan kichik va o’rta, katta o’lchovdahilar 
tanlanadi, pva yelim, qaychi, fon uchun rangli qog’oz yoki bo’yalgan qog’oz, 
kalka, qora qalam.
Bajarish usuli: 
Biz yasamoqchi bo’lgan parranda, qush yoki uy-yovvoyi hayvonlar skeleti ora 
qalamda tushiriladi, fonga.So’ngra shu yasaladigan tasvir ustida pva yelimi 
surutib burglar yopishtiriladi PVA yelimi 25-30 daqiqada yopishadi ustiga 
og’irroq narsa yopishtiriladi. 
O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish, ularga topshiiqlar berish, bajargan 
ishlarini eksport guruhi orqali nazorat qilish. 
Bo’shagan gugurt qutisi va boshqa qutilardan o’yinchoqlar yasash. 
Turmushimizda chiqariladigan mahsulotlarning foydalanib bo’lingan qismi 
tashlandiq materialar ikkilamchi hom ashyo deyiladi. Bularga turli 
mahsulotlardan bo’shagan qutilar (gugurt. choy, qand. dori, tish yuvish pastasi, 


atir, katta hajimdagi kardon qutilar va boshqalar) kiradi. Bunday qutilardan 
mayda archa o’yinchoqlardan tortib, katta qutilardan uy, tilivizor, radio, uy, 
yihozlari, hayvon va qushlar transport vositalarni yasash mumkin. Buning uchun 
qutilar rangli qog’oz bilan o’rab chiqiladi va elimlanadi su igra boshqa qisimlar 
yopishtiriladi. Masalan: gugurt kutnsidan kushchayoki mushukcha yasash uchun 
quticha rangli qog’oz bilan elimlanadi va qushni qanoti tumshigi qushimcha 
tayyorlanadi va hokozo. 
Katta hajimdagi ishlarni bajaryotganda har-bir quti alohida qog’ozga urab 
elimlanadi so`ngra ular bir-biriga elimlanadi.Masalan: Quchukcha- bosh qismi, 
tanasi, oldi, va orqa oyoqlari, qushimcha ko’z qo’loq, tumshuqchasi 
yopishtiriladi. 
Tuxum po’chog’idan “Baliqchalar “yasash. 
Kerakli ashyolar: 
Tuxum po’chog’i(guashga bo’yalgan holatda). 
2.Rangli qog’oz(suzgichi,dumi,ko’zi uchun). 
3.Guash,oddiy qalam,flomaster. 
4.PVAyelimi,mo’yqalam,qaychi,kurakcha. 
Bajarish usuli:Baliqcha suzgichi,ko’zi flomaster yordamida chizib qo’yiladi. 
Nazorat savollari: 
Tabiiy materiallarga nimalar kiradi? 
Tabiiy materiallardan qanday applikatsiya bajarish mumkin deb o`ylaysiz? 
O`simlik barglari va urug`lardan qanday applikatsiya ishlarini bajarish mumkin? 
O`simlik barglarini qanday yig`ish, saqlash yo`lini bilasiz? 
Gerbariy tayyorlash yo`llarini aytib bering? 

Document Outline

  • 1.pdf
    • Страница 14

Download 41.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling