25
XULOSA
Biologiya darslari uchun “Nazorat ishi” topshiriqlarini
tayyorlashda
o‘qituvchi ijodiy yondoshgan holda nazorat ishlarini ishlab chiqishii kerak.
“Raqamli diktant” texnologiyasi biologiya darslarida qo‘llanilganda,
o‘quvchilarning
mustaqil
fikrlashlari,
mantiqiy
fikr
yuritishlari,
izlanuvchanliklari, darsliklar ustida mustaqil ishlash va unumli foydalanish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga o‘quvchilarni nazorat qilish, har
bir o‘quvchi bilan alohida shug‘ullanish imkonoyatini ko‘paytiradi.O‘qituvchi
o‘quvchilar bilan “Biologik diktant” ustida ishlash
vaqtida yuzaga kelgan
bo‘shliqlarni aniqlash va yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish imkoniyatini
hosil qiladi. “Biologik mashq” texnologiyasi asosida o‘quvchilar o‘zlarini
qiziqtiruvchi ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ma’lumotlar olish
uchun o‘quvchilar barcha manbalardan foydalnishlari mumkin bo‘lib,
o‘qituvchi-o‘quvchi aloqalari uchun zamin tayyorlanadi. “Jadval bilan ishlash”
va masalalr yechishda o‘quvchilar berilgan
topshiriqlarni erkin fikrlab,
mustaqil bajaradilar.
O‘qituvchilar biologiya darslarida mustaqil ravishda nazorat ishlarini
tayyorlashda testning turli xil shakllarini ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan
foydalangan holda tayyorlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan davlat ta’lim standarlarini
bajarish samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarilishi, o‘qituvchi o‘z
oldiga
qo‘ygan maqsadlariga erishish garovidir. Bizning maqsadimiz ta’limda sifat va
samaradorlikka erishish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon qila olishga, o‘z
fikrini himoya qila olishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: