Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi S.B. Shermuxamedova Davlat va huquq asoslari o`qituvchilari uchun metodik tavsiyanoma
2
Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil 30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi: S.B. Shermuxamedova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta o`qituvchisi
S.X. Akkulova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta o`qituvchisi
M.Yu. Ahmedova – Sergeli tumanidagi 303- maktab o`qituvchisi
3
...Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozim... zero mustaqillik so‘zining zamirida ham katta, ulug‘ hu- quqga ega bo‘lish degan tushuncha yotadi. I.Karimov. Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston o‘z oldiga huquqiy – demokratik davlat qurish vazifasini maqsad qilib qo‘ydi. Bizga ma'lumki, demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri, inson va uning sha'ni, qadr – qimmatining oliy qadriyat sifatida e'tirof etilishidir. Mustaqil davlatimiz bu tamoyilga amal qilgan holda inson manfaatlari yo‘lida bir qancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan bugungi yoshlarga bog‘liq. Yosh avlodnining har tomonlama yetuk: erkin fikrlovchi, o‘z nuqtai – nazariga ega, jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi, insonlar dardi bilan yashovchi, o‘z xalqining jonkuyar vakili sifatida katta hayotga yo‘nalishida albatta ta'lim tizimining o‘rni katta. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuqoridagi talablarga javob bera oladigan bo‘lishi uchun ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda Yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish uchun nafaqat o‘qituvchilarning, balki keng jamoatchilik a'zolarining ham huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiya ishlariga oila – mahalla – ta’lim muassasalari tizimini keng jalb etish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Milliy Dasturida aholining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, barcha fuqarolarning huquqiy ongli va huquqiy madaniyatli bo‘lishlariga erishish ko‘zda tutilgan edi. Buning uchun hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2008 yil 1may kuni “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida “Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi”,- deyiladi. Ushbu metodik tavsiyanoma umumta'lim maktablarining huquqshunos o‘qituvchilariga hamda huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tushunchalarni o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan. Tavsiyanomada davlat va uning tuzilishi haqidagi ma'lumotlar, huquqga oid tushunchalar, shuningdek, hayotda tez-tez uchrab turadigan yuridik atamalar va tushunchalar, diyorimizda qabul qilingan ayrim qonunlar savol-javob tariqasida tuzildi va unda berilgan testlar huquqiy savodxonlikni oshirishga hamda, huquqiy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi degan umiddaman. Ushbu tavsiyanoma ona diyorimiz erkin fuqarolarining jamiyat hayotida teng huquqliligi, barchaning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta'minlashga erishish yo‘lida, har bir insonning huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi degan maqsadida tayyorlandi. Muallif. 4
1. Jamiyat nima? Jamiyat arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “uyushgan, birlashgan” degan ma'nolarni bildiradi. Jamiyat – tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli.
ma'lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma'naviy, sinfiy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig‘indisidir. Jamiyat muayyan ehtiyoj va manfaatlarga ko‘ra birlashgan kishilarning ma'lum tarzda tashkil topgan majmuasidir. Jamiyat birlashishga moyil bo‘lgan birliklar, ya'ni guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. Ammo ayrim hollarda, odatda, iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida, “ajrashish kayfiyatlariga” mubtalo bo‘ladi. Davlat jamiyatning eng muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Jamiyat bilan davlat aslo bir narsa emas. “Jamiyat” tushunchasi “davlat” tushunchasidan kengdir.
2. Fuqarolik jamiyati nima? Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog‘liqlikda hamda ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki uning a'zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zini – o‘zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri talab etilmaydi.
Fuqarolik jamiyatida davlat tashkilotlaridan ko‘ra jamoat tashkilotlarining faolligi balandroq turadi. Majburlov apparatiga kiruvchi tuzilmalar, shuningdek, vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari davlat tashkilotlari tizimiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Bunyodkorlik yo‘lidan” asarida: “…bizning asosiy maqsadimiz – bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo‘ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat”, - degan edi.
Fuqarolik jamiyati o‘zini - o‘zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta'sir o‘tkaza oladi.
Fuqarolik jamiyati ancha
yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichidir.
Fuqarolik jamiyati o‘z xususiyati, tabiati va asosiy sifatlari, xususan, erkinlik va adolatlilikka erishish, demokratiya va insoniy
munosabatlarning mustahkamlanishiga yo‘nalganligi bilan huquqiy davlat prinsiplarining tasdiqlanishiga yordam beradi, unga moyil bo‘ladi. Buni quyidagi uchta omilda ko‘rsatish mumkin: birinchidan, jamoat fikrida huquqning mavqyei, nufuzi, yuridik institutlar, prinsip va normalari mustahkamlanadi va tarbiyalanadi; 5
ikkinchidan, shunday muhit yuzaga keladiki, unda huquqiy talablarni nazarga ilmaslik va buzish g‘ayritabiiy holat sifatida baholanadi, u umum e'tirof etgan jamoat tartibiga mos kelmaydi;
oshirishning muayyan ijtimoiy mexanizmlari ishlab chiqiladi. Ularga insonlarda fuqarolik jamiyati sharoitida shakllanadigan shaxsiy sifatlar – ahloqiy burch, fuqarolik tuyg‘usi, o‘ziga nisbatan talabchanlik, adolatsizlikka murosasizlik, ijtimoiy faollik kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
3. Davlat nima?
Davlat, huquq va jamiyat muayyan aloqadorlikdadir. “Jamiyat” nisbatan keng tushuncha. Davlat jamiyatning ichida mavjud bo‘ladi. Davlat huquqni keltirib chiqaradi, ammo huquq ham davlatni shakllantiradi va yo‘naltiradi. Jamiyat davlat va huquq ta'sirida u yoki bu tomonga o‘zgaradi.
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan. Ya'ni davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan asosiy omil bu, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida mehnat unumdorligining oshishi, natijada ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, hususiy mulkchilik va jamiyatda mulkiy jihatdan tabaqalashuvning vujudga kelishi hamda asosiy mashg‘uloti mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi kishilarning maxsus guruhlarining yuzaga kelishidir.
erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega, bo‘lgan, shuningdek, huquq me'yorlari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo‘lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy – hududiy tashkilotidir. Davlat – bu jamiyatning birligi, yaxlitligini ta'minlaydigan, davlat mexanizmi orqali jamiyat ishlarini boshqaradigan suveren ommaviy-siyosiy hokimiyatni amalga oshiradigan, insonlarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotni kafolatlovchi umummajburiylik maqomini beradigan siyosiy tashkilotdir.
majburlov apparatiga hamda barcha uchun umummajburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir.
hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro munosabatni tashkil etuvchi, yo‘naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir.
amalga oshiradi. “Hokimiyat”, “davlat”, “siyosat” tushunchalari bir–biriga juda yaqin bo‘lib, bir–birlarini belgilab beradi. Hokimiyat – o‘zga kishilar xulq – atvori va faoliyatini butun jamiyat yoki alohida ijtimoiy guruhlar irodasiga bo‘ysundirish qobiliyati. Siyosat esa yunoncha “polis” so‘zidan olingan bo‘lib, “davlat ishlari”, “davlatni boshqarish san'ati” degan ma'noni anglatadi. Hozirgi zamonda “siyosat” boshqaruv bobida oqilona qaror qabul qilish san'ati va qobiliyati, degan ma'noni bildiradi.
6
4. Davlatning qanday belgilari mavjud? Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1.
Chegaralangan hudud va aholining hududlar bo‘yicha uyushganligi. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar. 2.
o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun boshqaruv apparatini shakllantiradi. 3.
Suverenitetning mavjudligi, ya'ni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda boshqalarning aralashuvisiz mustaqil faoliyat yuritishi. 4.
etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik. 5.
Chegaralarning dahlsizligi hamda aholining xavfsizligini ta'minlash uchun armiya va ichki ishlar organlarining mavjudligi. 6. Davlat xazinasining mavjudligi. Davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta'minlangan qismiga yordam berish uchun aholidan olinadigan soliqlarning mavjudligi.
oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir. Davlat funksiyalarining asosiy belgilari: 1)
mazmuni – davlat faoliyati bir hil jihatlarining yig‘indisi; 2)
miqyosi – funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi; 3)
xususiyati – kompleks, majmua; 4)
maqsadi – insonning ijtimoiy himoyalanganligi, tashqi xavfsizlik va boshqalar. Davlat funksiyalari quyidagicha tasniflanadi;
faoliyat doirasiga ko‘ra (ichki va tashqi);
faoliyat muddatiga ko‘ra (doimiy va vaqtinchalik);
ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra (asosiy va asosiy bo‘lmagan);
amalga oshirishning huquqiy shakllariga ko‘ra (huquqni ijod qilish, huquqni ijro qilish va sud). Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘naliishlaridir. Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1)
regulyativ (tartibga solish, boshqarish); 2)
qo‘riqlash (saqlash, muhofaza qilish).
Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o‘rnini belgilaydi.
Qo‘riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta'minlash va himoya qilishga qaratilgan faoliyatdir. Davlatning tashqi funksiyalari bu, davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Bular: 1) xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; 2) mudofaa va milliy havfsizlikni ta'minlash. 7
6. Davlatning qanday shakllari mavjud? Davlatning quyidagi shakllari mavjud: Boshqaruv shakli; Tuzilish shakli; Siyosiy tartibi. Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushubu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
majmui bo‘lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasi va shaxsning huquqiy holatini bildiradi.
“Monarxiya” yunonchadan tarjima qilin bo‘lib, yakka hokimlik degan ma'noni bildiradi. Monarxiya – oliy hokimiyat yakka hokim, davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir. Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida maydonga chiqadi;
monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi; 3) monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi; 4) monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir; 5) muddatsiz va umrbod boshqaruv; 6) monarx yuridik jihatdan o‘z boshqaruvining natijasi uchun javobgar emas. Monarxiya mutloq (cheklanmagan) va parlamentar (cheklangan) shakllarda bo‘ladi.
Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa, bunday monarxiya mutloq monarxiya bo‘ladi. Masalan: Saudiya Arabistoni, Qatar, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari.
Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron bir vakolatli idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya cheklangan (konstitutsiyaviy, parlamentar) monarxiya bo‘ladi. Masalan: Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya. “Respublika” yunonchadan tarjima qilingan bo‘lib, umumiy ish degan ma'noni bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining hokimiyat oliy idoralari muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.
1)
hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi; 2)
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi; 3)
hokimiyat oliy organlarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi; 4)
ortishi; 8
5)
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi. Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko‘rinishida bo‘ladi. Prezidentlik respublikasida davlatni xalq tomonidan saylangan va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan Prezident boshqaradi. U davlat
boshlig‘i bo‘lib, xalq nomidan ish olib borish vakolatiga ega bo‘ladi (masalan, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, AQSh). Parlamentar respublikada Prezident parlament tomonidan saylanadi va nisbatan torroq vakolatlarga ega. U rasman davlat boshlig‘i hisoblanadi va asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Parlamentar respublikada hukumat bosh vazir tomonidan boshqariladi. Ammo hukumat uni tarqatib yuborishi mumkin bo‘lgan parlament oldida javobgardir (masalan, Hindiston, Avstriya, Germaniya, Italiya).
8. Unitar davlat bilan federativ davlat o‘rtasidagi farq nimadan iborat? Unitar davlat – oddiy, yaxlit davlat. Bunday davlat viloyat, oblast, okrug, rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy – hududiy birliklarga bo‘linadi. Mazkur davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta Prezident bo‘ladi. Unitar davlat odatda bir millatli
bo‘ladi (masalan: Qirg‘iziston, Fransiya, Italiya ). Unitar davlat belgilari: 1) butun mamlakat miqyosida bir xil bo‘lgan vakillik, ijroiya va sud organlar bo‘ladi;
bitta konstitutsiya; 3) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling