Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I guruh: Shaxsiy huquq va erkinliklar
- II guruh: S iyosiy huquqlar
- III guruh : Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
- 33. Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta etibor qaratiladi
- 34. Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya haqida ma’lumot
21. Qonun nima?
“Qonun” tushunchasi yuridik fanlar tizimining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi.
Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki davlat hokimiyatining oliy organi (Oliy Majlis, Duma, Kongres) tomonidan qabul qilingan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ – huquqiy hujjat.
Qonun – normativ – huquqiy akt bo‘lganligi uchun ham, unda umumiy yurish – turish va xulq – atvor qoidalari o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1)
Asosiy qonun – Konstitutsiya; 2)
Konstitutsiyaviy qonun; 3)
Qonun; 4)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari. Qonunlar o‘z navbatida kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va h.k.
22. Konstitutsiya nima? Qonunlar orasida Konstitutsiya alohida mavqyega ega bo‘lib, oliy yuridik kuchga egadir. Konstitutsiya – lotincha so‘z bo‘lib, “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “qoida”, “tuzilish”, “yaratish” degan ma'noni anglatadi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Qadimgi Rimda konstitutsiya imperator akti hisoblangan va qonun kuchiga ega bo‘lgan. XVII asrda Fransiyada bu so‘z bilan rentani, renta shartnomasini ifodalashgan. So‘ng yana uning qadimgi yunoncha ma'nosiga qaytishgan va bu atama bilan huquq tomonidan belgilab beriladigan davlat tuzilishini ifodalay boshlaganlar. Buyuk fransuz inqilobi arafasida “konstitutsiya” atamasi bilan “davlatning holati”ni aks ettira boshlaganlar. Konstitutsiya asosiy qonun hisoblanib, o‘z ichiga davlatning ijtimoiy, siyosiy tuzumi qonunlarining asosiy yo‘nalishlarini aniq tizimda begilaydi. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasida o‘ziga xos ijtimoiy shartnoma maqomiga ega.
Dunyoda ikki xil, ya'ni yozilgan va yozilmagan konstitutsiya mavjud. Konstitutsiya va qonunlarni faqat parlament qabul qilishi mumkin, chunki ularda konstitutsiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va 16
erkinliklari hamda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartib - qoidalari belgilab qo‘yiladi.
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy o‘rin tutadi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq 11 sessiyasida qabul qilingan asosiy qonuni muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi XII sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibida o‘z konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas. 23. Huquq sub'ekti nima?
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun zaruriy omilardan biri sub'ktiv huquq va majburiyatlardir.
Huquqiy munosabatlar deganda, uning ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya'ni huquq va majburiyat egalari ushbu huquqiy munosabatlarning sub'ektlari hisoblanadi. Chunonchi, kuyidagilar sub'ektlar bo‘lishi mumkin: 1)
2)
davlat organlari bilan munosabatga kirishgan fuqarolar; 3)
tashkilotlar bilan munosabatga kirishgan fuqarolar; 4)
o‘zaro munosabatga kirishgan tashkilotlar; 5)
davlat organlari bilan munosabatga kirishgan tashkilotlar. Huquqiy munosabat sub'ektlari, avvalombor jismoniy va yuridik shaxslardir. Jismoniy shaxslar – ushbu davlat fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari (ajnabiylar), va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apatridlar). Yuridik shaxslar – tashkilotlar, muassasalar, davlat organlari, davlat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 24. Huquqiy munosabat ob'ekti nima?
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu narsa ushbu huquqiy munosabatlarning ob'ekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib olayotgan molini olish huquqiga ega, lekin xarid uchun pul to‘lashga majbur. Sotuvchi esa ushbu mol uchun haq olish huquqiga va xaridorga oldi-sotdi talablariga mos keladigan tovarni berish majburiyatiga ega. Sotilayotgan va sotib olinayotgan mol-mulk huquqiy munosabatning ob'ekti hisoblanadi. Huquq va
17
majburiyatning bunday aloqadorligi juda ko‘p huquqiy munosabatlar uchun xosdir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning ob'ekti quyidagilardir: narsa – buyumlar, pul, qimmatbaho qog‘ozlar, ixtirolar, boshqa mol -mulk, shu jumladan, mulkiy huquqlar, ixtirolar, ilm – fan, adabiyot, san'at asarlari, aqliy faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek, boshqa moddiy va nomoddiy ne'matlar, xatti-harakatlar. Shuningdek, insonning nomi, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, salomatligi, tan dahlsizligi ham fuqarolik – huquqiy munosabatlar ob'ektlariga kiradi. 25. Yuridik fakt nima?
Yuridik faktlar – o‘ziga xos hayotiy holatlar bo‘lib, qonun va huquqiy normalar ularni yuridik oqibatlarning vujudga kelishi o‘zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘laydi.
Har bir yurist amaliy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri yuridik faktlarni aniqlash va tasdiqlashdir. Yuridik faktlarsiz qonunlarni to‘g‘ri qo‘llash, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish, nizolarni hal etish, qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish mumkin emas.
Yuridik faktlarni hodisalar va harakatlarga bo‘lish mumkin. Hodisalar insonning hohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi. Masalan, tabiiy ofatlar, bolaning tug‘ilishi, insonning vafot etishi, muddatning o‘tishi va h.k. Aytaylik, insonning vafot etishi merosning ochilishini vujudga keltiradi hamda huquqiy layoqatni tugatadi. Mol-mulkning nobud bo‘lishiga olib keladigan, yong‘in, suv toshqini – mol-mulk sug‘urta qilingan bo‘lsa – sug‘urta pulini to‘lash uchun asos bo‘ladi.
Harakatlar insonning hohish - irodasi asosida vujudga keladigan normalarga amal qilish munosabatiga ko‘ra, huquqiy va huquqqa zid harakatlarga bo‘linadi (bitim, shartnoma, zarar yetkazish, ma'muriy hujjat chiqarish, kashfiyot yaratish).
Huquqbuzarlik – jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday qilish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug‘dirishi mumkin.
Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1)
ijtimoiy xavflilik; 2)
huquqqa zidlik; 3)
ayblilik; 4)
jazolanish. Ijtimoiy xavflilik shuki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararliligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta'sir etadi.
Huquqqa zidlik deganda, harakat qilish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi tushinilmog‘i lozim. Ya'ni, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgan ta'qiqni buzadi. 18
Ayblilik – bunda, huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.
Ayb – shaxsning huquqqa xilof ravishda sodir etgan harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabati.
Jazolanish – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi: 1)
fuqarolik – huqukiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar keltirish); 2)
ma'muriy (mayda bezorilik, yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish va h.k.) 3)
intizomiy (ishga kelmaslik, kech kelish); 4)
jinoiy, ya'ni jinoyatlar (odam o‘ldirish, o‘g‘rilik).
Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o‘zgarib turadi. Ularning eng og‘irlari jinoyat sodir etilganda qo‘llaniladi. 27. Ma'muriy huquqbuzarlik nima? Ma'muriy huquqbuzarlik – qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan. Shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g‘ayri qonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik bo‘lib, ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan xavf darajasi bilangina farq qiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlikning asosiy belgilari: 1)
jamiyatga qarshi xususiyati; 2)
g‘ayri qonuniyligi; 3)
aybliligi; 4)
qilmishning jazoga loyiqligi. 28. Burch nima? Burch – bajarilishi, ado etilishi shart bo‘lgan vazifa. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq vaqt, 2 million yildan ortiq vaqt hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzotning paydo bo‘lishidan to davlatning tashkil topishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda hali davlat va huquq bo‘lmagan edi.
29. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan. U muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi: Muqaddima. I – bo‘lim. Asosiy prinsiplar. (1-17-moddalar) II – bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. (18-52- moddalar) III – bo‘lim. Jamiyat va shaxs. (53-67-moddalar) 19
IV – bo‘lim. Ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi. (68-75-moddalar) V – bo‘lim. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. (76-126-moddalar) VI – bo‘lim. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi. (127-128-moddalar)
Amir Temur o‘z davrida davlatning kuch va qudrati uning qonunga amal qilishida ekanligini ta'kidlab o‘tgan. Mustaqil O‘zbekistonda qonun insonga uning huquq va erkinliklarini kafolatlab beradi. Mustaqillikning e'lon qilinishi va davlatning muhim hujjati – Konstitutsiyani yaratishda xalqaro huquq me'yorlariga amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasining siyosiy aktlaridan biridir.
Konstitutsiyada, inson, uning huquq va erkinliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan (2-bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari). O‘zR Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘linadi:
shaxsning yashash va qadr-qimatini himoyalash huquqi;
erkinlik va shaxsiy dahlsizlik;
turar joy dahlsizligi;
erkin ko‘chish va turar-joy tanlash huquqi;
so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi;
vijdon erkinligi. (7-bob 24-31- moddalar O‘zR Konstitutsiyasi) II guruh: Siyosiy huquqlar:
siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari tuzish;
yig‘ilish, miting, namoyishlarda ishtiroq etish;
jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
Davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish. (O‘zR Konstitutsiyasi 8-bob, 32-35 moddalar) III guruh: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar:
mulkdor bo‘lish;
mehnat qilish va erkin kasb tanlash;
turar joyga ega bo‘lish; qonun doirasida iqtisodiy faoliyat yuritish;
ijtimoiy ta'minot olish;
tibbiy xizmatdan foydalanish;
ijod erkinligi. (O‘zR Konstitutsiyasi 9-bob, 36-42 moddalar)
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini faqat Konstitutsiya asosida, qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda va ular asosida tuzilgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat idoralari faqat qonunda ko‘rsatilgan vakolatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. Hokimiyat davlat hokimiyatining keng tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, vakillik organi bo‘lmish Oliy Majlis qonunlar chiqaradi. Ijro etuvchi hokimiyat – hukumat, Vazirlar Mahkamasi qonunlarning
20
ijrosini ta'minlaydi. Sud organi odil sudlov sifatida qonunlar asosida bahsli masalalarni hal qiladi. Bu organlarning har biri ma'lum doiradagi vakolatlarga ega va birgalikda o‘zaro bog‘langan yagona davlat tizimini tashkil etadi. Konstitutsiyaning 11 – moddasida O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”. Hokimiyatning bo‘linish prinsipini demokratik davlatlarning tarixiy rivojlanishi davomida jahon hamjamiyati ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan iboratki, davlat hokimiyati funksiyalarining mustaqil davlat tashkilotlari orasida bo‘linishi mavjud bo‘lgandagina davlatda demokratik siyosiy tuzum o‘rnatilishi mumkin. Hokimiyatning bo‘linish prinsipiga muvofiq, davlatning qonun chiqarish, ularni bajarish va odil sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog‘i – Parlament, hukumat va sud o‘rtasida taqsimlanishi zarur. Bunda hokimiyatning biror tarmog‘i boshqa birining faoliyati sohasiga aralashmasligi zarur. O‘zaro bir- birini tiyib turish, hokimiyatning barcha tarmoqlarini mutanosiblashtiradi, ularning munosabatida ma'lum muvozanat yaratadi. Ushbu prinsipning amalga oshirilishi xalq hokimiyatining biror guruh yoki alohida shaxs tomonidan suiiste'mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda O‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi.
Huquq - ichki yaxlitligi va o‘zaro muvofiqligi bilan ajralib turadigan muayyan tizim. Lekin, boshqa tizimlar kabi, huquq ham huquq tarmoqlaridan iborat kichik tizimlarga bo‘linadi. Davlatning yuridik normalari yig‘indisi uning huquqini tashkil etadi. Huquqiy normalar turli - tuman bo‘lib, ular o‘zaro mustahkam bog‘langan, muvofiqlashgan va yaxlit huquq tizimini tashkil etadi. Huquq tizimi turli-tuman, o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan yuridik normalar yig‘indisidir. Huquq tizimi katta tarkibiy qismlar bo‘lmish huquq tarmoqlariga bo‘linadi. Davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma - xilligi tarmoqlarga bo‘linishning asosini tashkil etadi. Huquq tarmog‘i jamiyat hayotining ma'lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o‘zaro bog‘liq yuridik normalar yig‘indisidir. Huquqiy tartibga solish usuli, huquq tizimining tarmoqlarga bo‘lishning qo‘shimcha asosidir.
O‘zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga oladi: 1.
Konstitutsiyaviy huquq; 2.
Ma'muriy huquq; 21
3.
Fuqarolik huquqi; 4.
Jinoyat huquqi; 5.
yer huquqi; 6.
Agrar huquq; 7. Ijtimoiy ta'minot huquqi; 8. Ekologik huquq; 9. Moliyaviy huquq; 10.Fuqarolik-protsessual huquqi; 11. Jinoyat-protsessual huquqi; 12.Xo‘jalik-protsessual huquqi; 13. Mehnat huquqi; 14. Oila huquqi.
33. Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e'tibor qaratiladi? O‘zbekiston Respublikasi endigan 25 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta'kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me'yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sonli rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan, 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat bo‘lib, u muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1 – 41- moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning prinsiplari:
Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish
Hamma huquqlar hyech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta'minlash hamda uning huquqlarini ta'minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.
Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta'minlash
Bolalarga nisbatan barcha hatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi darajali e'tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu 22
vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta'minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.
Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri e'tiborga olinishi shart.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling