Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
35. O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari 100 dan ortiq qonunlar bilan tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta'minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob'ekt hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, qonun moddalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma'qullangan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e'lon qilingan. Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat: I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar) II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar) III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari (24-29- moddalar) IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
Mustaqillikning ilk kunlaridayoq — 1991-yil 20-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Mazkur qonun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning tamal toshi, ya'ni huquqiy asosi bo‘ldi. Qonunda yoshlar hayotiga daxldor prinsipial masalalar o‘z aksini topgan. Eng muhim jihati, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining sub'ektlari sifatida nafaqat davlat
23
hokimiyati va boshqaruvi organlari, balki nodavlat tuzilmalar birgalikda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi. Hozir mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ziyodi yoshlardan iborat. Shu kunga qadar ularning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun 22 ta qonun, 26 ta Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 41 ta qarori, 30 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun 12-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24-avgust kuni Senat tomonidan ma'qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14-sentabr kuni Qonunga imzo chekdi. Ushbu Qonun 15-sentyabr kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalarida chop etildi va shu kundan boshlab kuchga kirdi. Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat. Qonunga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatining rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choralar tushuniladi. Hujjatda “yosh fuqarolar” (14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar), “yosh oila”, “yosh mutaxassis”, “yoshlar tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi:
yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta'minlash;
yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Qonunda yoshlar ijtimoiy muhofazasi, ularning huquq va erkinliklari hamda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va muhofaza qilish, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qonunda
yoshlarga oid
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Yoshlarning hayoti va salomatligini saqlash;
Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy, jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;
Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish ;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega etib tarbiyalash;
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish;
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish; 24
Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Yoshlar huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifadir Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yilning 24 noyabrida qabul qilingan; Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma'qullangan; 2017 yilning 3 yanvar kuni Prezident tomnidan imzolandi; 2017 yilning 4 yanvar kuni matbuotda e'lon qilindi va kuchga k irdi. Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunda “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalarga izoh berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan. Korrupsiya- shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga hilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga hilof ravishda taqdim etish;
bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qilmish;
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarishga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
hamda shaxsiy
manfaatdorlik bilan
fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Korrupsiyaga qarshi
kurashishning asosiy
prinsiplari quyidagilardan iborat: 25
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
javobgarlikning muqarrarligi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart - sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash. 38. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonliginining garovi” nomli ma'ruzasida parlament nazorati va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar ilgari surilgan Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 fevral 2017 yildagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi hamda kuchga kirish sanasi 8 fevral 2017 yil deb belgilab qo‘yildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, qo‘yidagicha:
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 26
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquqva erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish;
iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog‘ini samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta'minlash, uy-joy va kommunal xo‘jaligini, sotsial infratuzilma ob'ektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish;
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishdur. Davlat va huquq asoslaridan testlar 1. “Konstitutsiya” so’zining lug`aviy ma’nosi nima? A) “Nizom”, “Qoidalar” B) “Belgilash”, “Qonun” C) “Qonunlar toplami” D) “O’rnatish”, “Nizom”
A) Davlatning ichki hayoti va tashqi munosabatlarga mustaqilligi B) Davlat boshqaruvining o’ziga xosligi C) Dunyo mamlakatlari bilan teng hamkorlikka ega bo’lish D) Davlatning boshqa davlatlar bilan tengligi
A) Grekcha so’z bolib, “Demokratiya” so’zining tarjimasi B) Lotincha so’z bolib, “Hokimyat xalqnikidir” degan ma’noni bildiradi C) Ruscha so’z bo’lib, “Gosudarstvo” so’zining tarjimasi D) Fransuzcha “Demoye” so’zidan olingan
A) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun B) Davlat suvereniteti to’g’risidagi qonun
27
C) Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Prezident farmoni D) O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi
A) Qonun oldida barcha fuqarolarning mutloq tengligi B) Oliy Majlis deputatlarining dahlsizlik huquqi C) Oliy Majlisning ikki palatali qilib tashkil etilishi D) Jamiyatga ko’ppartiyaviylik
A) Xalqaro muloqot ishtirokchilari munosabatlarini tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmui B) Mamlakatlar o’rtasida hamkorlik, tenglik garovi C) Xalqaro miqiyosda chiqarilayotgan qonunlarning har bir davlatga ustunligi D) Dunyo muvozanatini belgilovchi demokratik mezon 7. 1993-yil 9 aprelda ... A) Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan B) “Ommaviy axborot vositalari tog’risida”gi qonun qabul qilingan C) Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risidagi Prezident farmoni e’lon qilingan D) Navro’z umumxalq bayramini nishonlash to’g’risidagi Prezident farmoni e’lon qilingan
A) 16 yoahdan B) 14 yoshdan C) 15 yoshdan D) 17 yoshdan
A) 1990 yil 24 mart B) 1990 yil 20 iyun C) 1991 yil 31 avgust D) 1991 yil 29dekabr
A) 10 kun ichida B) 14 kun ichida C) 21 kun ichida D) 30 kun ichida
A) Umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga olgan yuridik huquqiy hujjat B) Hozirgi kunda eng muhim bo’lgan huquq sohasi C) Eng muhim huquqiy hujjatlar majmui D) Vazirlar Mahkamasi ko’rsatmalari
A) 1996 yil 26 dekabrda B) 1995 yil 14 aprelda C) 1994 yil 5 mayda D) 1994 yil 26 dekabrda
A) Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur B) Tayyorlanayotgan qonun loyihasini xalq tomonidan tasdiqlatish uchun C) Amalga oshirish lozim bo`lgan masala bilan xalqni tanishtirish uchun 28
D) Davlat siyosiy hayotida xalqning faol ishtirok etishi uchun 14. Burxoniddin al-Marg’iloniy qalamiga mansub asarni va asarning yozib tugatgan sanasini ko’rsating: A) “Hidoya” asari, milodiy 1178 yilda yozilgan B) “Kitob al-Fikh” asari, milodiy 1130 yilda yozilgan C) “Qonun” deb nomlangan asar, milodiy 1025 yilda yozilgan D) “Al-Hidoya” asari, milodiy 980 yilda yozilgan
A) Matbuotda e’lon qilingan kundan B) Qaror qabul qilingan kundan C) Konstitutsiyaviy sud raisi tasdiqlagandan so’ng D) Prezident tasdiqlagan kundan
A) Majoritor B) Proportsional C) Aralash D) Mutanosib
A) 1 oydan 3 oygacha B) 1 oydan 6 oygacha C) 1 oydan 1 yilgacha D) faqat 1 oygacha
A) Xalqning davlat ishlarini hal qilishda to’g’ridan-to’g’ri o’zi ishtirok etishi B) Xalqning o’z suveren huquqlarini saylab qo’yilgan ishonchli vakillari orqali amalga oshirishi C) Sitosiy huquqlarga egalik qilish huquqi D) Demokratik erkinliklardan to’la foydalanish huquqi 19. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan birini ko’rsating: A) Davlat suvirenitetini o’zaro e’tirof etish va hurmat qilish B) Qonuniylik C) Tenglik D) Teng asoslarda iqtisodiy aloqa
A) Vijdon va diniy etiqod erkinligi B) Yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi C) Dam olish huquqi D) Bilim olish huquqi
A) Fuqarolik pasporti yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma B) Davlat tomonidan berilgan mahsus ruhsatnoma C) Notarius tasdig’i D) FXDYO tomonidan berilgan istalgan hujjat
A) Davlat organlariga arizalar va shikoyatlar bilan murojat qilish huquqi 29
B) Shaxsning qadr-qimmati himoyasi C) Shaxsning ta’lim olishi, erkin axborot izlashi D) Shaxsning shartnomalar tuzish huquqi 23. Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor bekor qiluvchi hodisa va harakatlar... A) Yuridik faktlar deb yuritiladi B) Huquqiy normalat deb yuritiladi C) Yuridik munosabatlar deyiladi D) Huquqiy harakatlar deyiladi
A) Davlatning ichki va tashqi funksiyalarini amalga oshiruvchi tuzilma B) Hokimiyatning bolishi prinsipi C) Mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlovchi tashkilot D) Siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni tartib doirasida tutuvchi organ
A) 16 yoshdan B) 15 yoshdan C) 17 yoshdan D) 18 yoshdan
A) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima yoki 3 yildacha ahloq tuzatish ishlari yoki 3 oygacha qamoq jazosi B) Eng kam ish haqqining 25 baravargacha miqdordagi jarima, 3 yildacha ahloq tuzatish ishlari, 1 yilgacha qamoq jazosi C) 1 oydan 6 oygacha ahloq tuzatiah ishlari D) Buning uchun jazo belgilanmagan
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling