Tayyorlov davri Musobaqa davri


Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi


Download 41.17 Kb.
bet13/13
Sana21.04.2023
Hajmi41.17 Kb.
#1368717
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SPORT MASHG‘ULOTINI DAVRLASH

Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi. Mashg‘ulot qanday tarz da o‘tkazilmasin, ertami yoki kechmi organizmning funksional va adaptatsion imkoniyatlari yosh o‘tishi tufayli pasaya boshlaydi. Bu chegara individual bo‘lib, juda ko‘p shart-sharoitlarga bog‘liq. Sportning ayrim turlarida (stayer yugurishi, chang‘i sporti, hatto og‘ir atletika va boshqalarda) sportchilar 40 yoshdan oshganlaridan keyin ham o‘sishda davom etgan hollar mavjud.
Shunday bo‘lsa ham mashg‘ulot jarayoni, yuksak darajadagi umumiy ish qobiliyatini, shuningdek, maхsus fazilatlar va malakalarni mumkin qadar uzoq vaqt saqlab turish uchun, odatda, 35–40 yosh orasida o‘zgaradi. Ilgari erishilganlar ham (ayniqsa teхnik va taktik tayyorgarlik bo‘limi bo‘yicha) ma’lum miqdorda takomillashtiriladi.
Mazkur bosqichda mashg‘ulotning mazmuni o‘zining хarakteri jihatidan yildan-yilga umumiy jismoniy tayyorgarlikka yaqinlasha boradi. Musobaqalarning roli va o‘rni kamayadi. Yuklamalarning o‘sa borish holati endi faqat uncha ko‘p bo‘lmagan vaqt doirasida saqlanadi va faqat mashqlarning ayrim guruhlarigagina taalluqli bo‘ladi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayonining tuzili shi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Davrlar o‘rtasidagi chegaralar go‘yo yo‘qolib ketgandek bo‘ladi.
Mashg‘ulot tuzilishining ritmiga va boshqa jihatlariga ko‘proq mehnat faoliyatining mazmuni ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Sport mashg‘ulotining ko‘p yillik jarayonidagi asosiy bosqichlarning umumiy belgilari ana shulardan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi farmon – 2002-yil, 24-oktabr.

  2. Barkamol avlod orzusi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent, 2000.

  3. T.S. Usmonxo‘jayev va boshqalar. «Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatlari». O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, «ILM-ZIYO», 2006.

  4. L.P. Matveyev, A.D. Novikov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. I tom. – Toshkent, «O‘qituvchi», 1975.

  5. K.M. Mahkamjonov, X.B. Tulenova. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Ma’ruzalar matni. II qism. – Nizomiy nomidagi TDPU. 2002.

  6. «Trenerlik metodikasi» fanidan namunali o‘quv dasturi. – Toshkent, 2011.

  7. T.S. Usmonxo‘jayev, O‘. Tursunov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. – Toshkent, «O‘qituvchi», 2004.

Download 41.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling