Tdiu 70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Shakirov Rustambek Toxir oʻgʻli tomonidan “Moliyaviy hisobotlar


Download 20.83 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1523147
Bog'liq
Taqriz


TDIU 70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Shakirov Rustambek Toxir oʻgʻli tomonidan “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq intelektual mulklar hisobini takomillashtirish masalalari” mavzusida bajargan magistrlik dissertatsiya ishiga


TAQRIZ
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik faoliyatida intelektual mulk hisobi takomillashtirish, ishonchliligi va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni ta’minlash uchun ularni xalqaro standartlariga muvofiqligi tamoyiliga asosan aks ettirish zarur. Bu zarurat intelektual mulk hisobini korxona faoliyatining turlari bo‘yicha yuritish afzalliklaridan kelib chiqadi, chunki 7- son BHMS hisobotini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirilsa, chet el investorlari bilan boʻlgan bogʻlanishlarda turli kamchiliklar yuzaga kelmaydi. Shu bilan birga har bir intelektual mulk turi bo‘yicha alohida takomillashtirish zaruz. Bu holat ma’lumotdan foydalanuvchilarga har bir turi boʻyicha baholashga imkon yaratadi.
O‘zbekistonda 2021-yildan e’tiboran aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug‘urta tashkilotlari, yirik soliq to‘lovchi hisoblangan korxonalarga MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzish amaliyoti joriy etildi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish» maqsadining qo‘yilishi ham tashkilotlarda intelektual mulk hisobini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu bilan birga o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar, jumladan tan olish bosqichlarini belgilash, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni mazmun va tarkibiy jihatdan qayta ishlab chiqish, intelektual mulk hisobini tan olish va aks ettirish, nomoddiy aktivga oid buxgalteriya hisobi schyotlarini mazmun va mohiyati jihatidan takomillashtirish, hisobotning shaffofligi va taqqoslanuvchanligiga erishish masalalari dolzarbdir.
Magistrant R.Shakirov tomonidan bajarilgan “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq intelektual mulklar hisobini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi kirish, beshta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Ishning quyidagi ilmiy yangiliklari ahamiyatga molikdir:
- Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq intelektual mulklar hisobini takomillashtirish masalalari mohiyati va ahamiyati yoritilgan;
- Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq intelektual mulklar hisobini takomillashtirish masalalarini me’yoriy-huquqiy, uslubiy asoslari tadqiq etilgan;
- Intellektual mulklarning hisobining amaldagi holati va tahlili tahlil qilingan.
Magistrlik dissertatsiyasining 1-bobi, ya’ni kirish qismida dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqotning asosiy muammolari va savollari, tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
Tadqiqot ishining 2-bobida adabiyotlar sharhiga bag‘ishlanadi, unda tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili yoritilgan.
Dissertatsiyaning 3-bobida tadqiqot metodologiyasiga bag‘ishlangan, 4-bobida esa tadqiqot tahlili va natijalari keltirilib, ulardan kelib chiqqan holda tavsiya va takliflar keltirilgan.
Dissertatsiya ishining 5-bobi xulosa va takliflar qismidan olib borilgan izlanishlar asosida aniqlangan bilimlar umumlashtirilgan hamda ular asosida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu taklif va tavsiyalarni amaliyotda qoʻllash imkoniyati mavjud.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, magistrant mutaxassisligi magistranti Shakirov Rustambek Toxir oʻgʻli tomonidan “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq intelektual mulklar hisobini takomillashtirish masalalari” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiya ishi belgilangan talablarga javob beradi va himoyaga tavsiya etiladi.


Toshkent shahar statistika
boshqarmasi


Bosh buxgalter S.I. Ibroximbekov
Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling