Tdiu samarqand filiali Iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan oraliq nazorat savollar javoblari


Download 53.5 Kb.
bet7/18
Sana19.06.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1618274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi.Oraliq javoblari

84 laureatlarning 82 nafari erkaklardir. Iqtisodiyot sohasidagi yagona ayol laureatlar Elinor Ostrom va Ester Duflo bo'lib, ular mukofotni 2009 va 2019 yillarda olganlar. Ragnar Frisch (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iqtisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqtisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqdi. F. taklif etgan iqtisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarni tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969)[1].
MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, -1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. pul nazariyasi, iqtisodiy tebranishlar, iqtisodiy, ijtimoiy va in-stitutsional hodisalarning oʻzaro aloqadorliklarini taxliliga bagʻishlangan asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureanti(1974) Milton Fridmen (Fridman; 1912.31.7, Nyu York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. makroiktisodiyotda monetarizm yoʻnalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini oʻrganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan.;
22. Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 384—322) hisoblanadi. 0 ‘z mamlakatida shakllangan natural-xo'jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy Aristotel (m.o 384- 322) muammolarga chuqurroq kirib muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodbo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
23. Temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy g‘oyalar.

24. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari.


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 2) qoloq va mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud

25. Qu’roni Karimda eng asosiy iqtisodiy g’oya qanday


Qur’oni Karimdagi asosiy g‘oyalardan biri musulmonlaming qardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‘lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtiriladi. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi - Qur’oni Karimda (arabcha - qiroat, ya’ni o‘qish) keng tarzda o‘z aksini topgan. Islom dinida Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan, deyiladi. Qur’oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar o‘zining to‘g‘ri va faolligi bilan ajralib turadi.

26. Marksning hayoti va ijodi.




Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‘ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo‘lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo‘lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‘ng dastlab, Bonndagi so‘ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlami, tarix va falsafani o‘rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to‘g‘risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko‘chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‘ldi va Bonndan Kyolnga ko‘chib o‘tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqealar sodir bo‘ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‘chib o‘tdi. Keyingi ikki yil (1844-1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani chuqur o'rganishning boshlanish davri boidi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‘stlashdi. K.Marks 1845—1848-yillari Bryusselda bo‘ldi. 0 ‘sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks aw al Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‘zining ko‘p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan “Kapital’ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‘rt jilddan iborat bo‘lib, birinchi jild 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jild 1885-yil, uchinchi jild 1894-yil) chop etildi

27. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning xususiyatlari.





Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling