Teacher: : Khaydar Yuldoshev


Download 78.75 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi78.75 Kb.
#1298634
  1   2
Bog'liq
XYJYTKdocx



Intitute of ISFT
22-FFM-21- International accounting and finance
Semester 1 / January, 2023


Report of presentation


Video taqdimoti xisoboti
3-guruh a’zolari
1.Yusupjonova Muslima 2.Jabborov Anvar 3.Saliboyev Abror
4.Abdukarimova Madina 5.G’aniyev Asadbek
Teacher: : Khaydar Yuldoshev

KIRISH
Ushbu video taqtimotda muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish mavzusini muxokama qildik. Bu mavzuni tanlashimizdan maqsad boshqa mavzularga qaraganda hayol kriteryasini dunyoga qarash maqsadini chuntirmoqda. Bu mavzu qiziqarli korxonalardagi muammolarni yechimini topish va qaror qabul qilishini chuntirmoqda.Shu sababli bu mavzuni tanlashni maqul kordik.
ISFT instituti tomonidan taqdim etilgan o‘quv materiallari va internet saxifalarida berilgan ma’lumotlarga asoslangan holda video taqdimot tayyorlandi.
Mavzuning kirish qismini Yusupjonova Muslima boshlab berdi, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish Tahlil va muammolarni hal qilish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarquyidagi talabalarga teng taqsimlandi. (Jabborov Anvar, Saliboyev Abror, Abdukarimova Madina, G’aniyev Asadbek)
Mavzu: Etika va ijtimoiy mas’uliyat

Dars Rejasi:


• Etika nima
• Biznes etikasi muammosi
• Korparativ ijtimoiy mas’uliyat
• Raxbarning xulq atvor me’yorlari
Mavzuning kirish qismini Yusupjonova Muslima boshlab berdi “Etika va ijtimoiy mas’uliyat “mavzusining maqsadi va vazifalari to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi talabalarga teng taqsimlab berildi.(Yusupjonova.M,Jabborov.A,Saliboyev.A,Abdukarimova.M,G’aniyev .A)

Muslima: Etika yunonchadan “Etnos “-xulq atvor,tabiat,xarakter,odat degan ma’noni anglatadi,axloq haqidagi ta’limot.Bu atama birinchi matda Aristotel tomonidan ishlatilgan miloddan avvalgi (384-322).Biroq axloqning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi shuningdek odamlar hayotidegi asosiy axloqiy va axloqiy ko’rsatmalar madaniyatning butun tarixini bosib o’tdi.Shuning uchun axloq tushunchasi tarixiy jihatdan o’zgaruvchan bo’lib,u insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’zgarib yangi ma’noga ega bo’ladi.Hozirgi zamonda mavjud narsalarga ishonchsizlik (mavhumlik hukm surayotgan )noaniqlik davrida har bir inson o’z axloqi haqida qayg’urishi kerak bo’lgan davrda axloqiy ideallar yana o’z insonparvarlik yo’nalishini oladi. Nemis faylasufi I.Kant axloqda inson shaxsan o’zining va shu bn birga umumiy qonunlarga bo’ysunishini ta’kidlagan.


Anvar:Hozirgi vaqtda biznes etikasi muammosiga 4xil yondashuv mavjud:1.Utilitar yondashuv miqdoriy yondashuv yordamida qarorning axloqiyligini oqlashga urinish.Qaror qabul qiluvchi har bir variantning barcha manfaatdor tomonlarga ta’sirini hisobga olishi va eng ko’p odamlarni qoniqtiradigan variantni tanlashi kerak.Maqsad ba’zi manfaatdor tomonlarning huquqlarini hurmat qilmasa ham, ko’pchilik uchun eng katta imtiyozlarni ta’minlashdir.Shunday qilib qarorlar faqat ularning kelajakdagi natijalari va oqibatlari nuqtai nazaridan qabul qilinadi.
2.Individualistik yondashuv. Insonning uzoq muddatda o’ziga foyda keltiradigan biror ishni qilishi axloqiy jihatdan maqbul deb hisoblanadi. Boshqa muqobillarga nisbatan yomonlikdan ko’ra ko’proq yaxshilik keltiradigan harakatlar axloqiy jihatdan maqbuldir.Agar jamiyatdagi har bir inson shu tamoyilga amal qilsa eng katta yaxshilikga erishiladi.
Abror:3.Axloqiy huquqiy yondashuv. Bu yondashuv insonning shaxsiy erkinliklari va imtiyozlarini hurmat qilish va himoya qilishga asoslangandir.Axloqiy qaror bu insonning asosiy huquqlari yashash va xavfsizlik,so’z erkinligi ,to’g’ri muloqot qilish,shaxsiy daxlsizlik, vijdon erkinligi va boshqalarga rioya etilishini eng yaxshi ta’minlaydigan qaror deb hisoblanadi.
4.Adolat konsepsiyasi :Korxonada adolatli qoidalar o’rnatiladi va qo’llaniladi.Adolatlilik 3jihatda ko’rib chiqiladi :taqsimlovchi,tartibga suvchi va o’rnini qoplash.Taqsimlash adolati agar qaror o’xshash ishchilarga tegishli bo’lsa u ularga teng ravishda qo’llanilishi kerakligini anlatadi.Tartibga soluvchi adolatli boshqaruv amalga oshiriladigan aniq va tushunarli qoidalarning mavjudligini anglatadi.O’rnini qoplash adolati deganda adolatli tovon,shu jumladan ularga yetkazilgan zarar uchun olishlari kerak.
Madina:Korparativ ijtimoiy mas’uliyat.Korparativ mas’uliyat mas’uliyatli biznes va korparativ ijtimoiy vakolatlar deb ham ataladigan KIM-bu tashkilotlar jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda,o’z faoliyatining mijozlarga, yetkazib beruvchilarga, xodimlarga, aksiyadorlarga, mahalliy hamjamiyatlarga va jamoat sohasining boshqa manfaatdor tomonlarga ta’sir uchun javobgarlikni o’z zimmalariga oladigan tushunchadir.Biznesning ijtimoiy mas’uliyati ko’p bosqichli xususiyatga ega:
Boshlang’ich daraja,ikkinchi daraja,uchinchi daraja.
Ishbilarmonlik etikasi-bu halollik, ochiqlik, berilgan so’zga sodiqlik.Amaldagi qonunchilikda belgilangan qoidalar va an’analarga muvofiq bozorda samarali faoliyat ko’rsatish qobilyatiga asoslangan ishbilarmonlik etikasi. Bu shuni anglatadiki, biznes psixalogiyasi biznes muvaffaqiyatining yangi binosi quriladigan poydevorga aylanadi.
Asad:Raxbarning xulq atvor me’yorlari. Albatda,barcha xodimlarning umumiy madaniyati, aql-zakovati, odob-axloqi bo’lishi kerak.Lekin ularning axloqiy salohiyati alohida ahamiyatga ega. Xizmat munosabatlarida rioya qilinishi kerak bo’lgan asosiy qoida -bu ierarxik tuzilmada qaysi o’rinni egallashidan qat’i nazar, inson qadr-qimmatini saqlash. Biznes etikasi masalalari tadbirkorlik kabi uzoq tarixga ega. Biroq bozor shafqatsizdan o’ta shafqatsiz darajagacha kuchli o’zgargan bizning davrimizda ular o’ziga xos keskinlik ahamiyat kasb eta boshladi.
Hozirgi kunda butun dunyoda ishbilarmonlik etikasi masalalari keng o’rganilmoqda,ilmiy munozaralar va formulalar mavzusi bo’lib xizmat qilmoqda.Mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlaydigan ko’plab oliy va o’rta ta’lim muassasalarida o’rganilmoqda.

Download 78.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling