Teamwork. Uz vazifalarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar Sana: «04» noyabr 2020 Vaziyat
Download 95.48 Kb.
|
Yo'riqnoma Naming №124
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’riqnomaning maqsadi
- Yo’riqnoma kimga mo’ljallangan
TEAMWORK.UZ Vazifalarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar Sana: « 04 » noyabr 2020 Vaziyat (Bu yo’riqnomani tuzish uchun sabab): Loyihalar bajarilishida mas’uliyatsizlik bilan yondashish, o’z vaqtida va kutilgan natijada ularni yakunlanmaslik natijasida — kompaniyada qiyin vaziyatlar kelib chiqishi, buyurtmachi tomonidan loyiha bekor qilinishi va to’lovni qaytarib olishga, mijozning frilanserlarga bo’lgan ishonchi yo’qolishi kabi holatlarga sabab bo’lishi mumkin. Bu yo’riqnomani tuzishimizdan maqsad sodir bo’lishi mumkin mana shunday kamchiliklarni bartaraf qilish, ishlash jarayonini to’g’rilash. Yo’riqnomaning maqsadi: Buyurtmani mijoz talablariga ko’ra to’g’ri bajarishni, qancha muddatda bajarilishini o’rgatish va tushumovchiliklar bo’lishining oldini olish. Yo’riqnomaning natijasi: Yo’riqnomani o’rganib chiqaningizdan keyin buyurtmani o’z vaqtida, mas’uliyat bilan va so’ralgan talablar bo’yicha bajarishni boshlaysiz, buni natijasida buyurtmalarimiz sifatli, kechikishlarsiz bo’lishi va bu bilan hamkorligimiz uzoq vaqt davom etishi, mijozlar soni ko’payishi hamda kompaniyamiz rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yo’riqnoma kimga mo’ljallangan: Yo’riqnoma buyurtmani bajarishi mumkin bo’lgan barcha mutaxassislarga mo’ljallangan. Buyurtmani bajarishdan avval e’tiboringizni texnik vazifalarga qarating: Avval brend faoliyatini o’rganib chiqing. O’rganib chiqqaningizdan keyin Nomga bo’lgan talablarni o’rganib chiqing. Talablarni o’rganib chiqqaningizdan so’ng 10 ta nomlarni yaratishga kirishing. Bajarilgan buyurtma siz tomoningizdan Word yoki pdf formatda, 05.11.2020 kuni soat 12:00 gacha https://t.me/teamwork_support ga taqdim etilishi kerak. Brend faoliyati haqida: Go’zallik, tashqi ko’rinishni parvarishlash yo’nalishidagi maishiy texnikalar. Neyming go’zallikga oid, jenstvenniyroq bo'lishi kerak. Masalan: Babyliss, Philips, Vitek, Scarlett, Braun Naming/nom uchun talablar: Qisqa nom bo’lishi kerak. Imkon qadar 7 ta belgigacha. Oddiy va tushunarli bo’lishi kerak. Jaranglashi (eshitilishi) jenstvenniyroq bo'lishi kerak! Biz raqamli asrda yashayapmiz, shuning uchun Alisa, Siri va boshqa ovozli yordamchilar bizning brendni aniq anglab olishlari kerak. Nom shunday bo'lishi kerakki, foydalanuvchilar buzilmasdan, virtual yordamchiga buyruq berishi mumkin va u uni talaffuz qilib, uni tarmoqdan topishi mumkin. Har bir nomning qisqacha tavsifini yozing (nima uchun bu nomni tanladingiz, kelib chiqishi, marketing tahlili va boshqalar). Har bir nom .uz domen zonasida va ijtimoiy tarmoqlarda bo’sh ya’ni ro’yxatdan o’tmagan bo’lishi kerak. Download 95.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling