Tebranish va to`lqinlar mavzulariga doir masalalarning shartiga qo`shimcha shartlar kiritib ularni yechishga oid
Download 107.07 Kb.
|
Alijonov N.
TEBRANISH VA TO`LQINLAR
Vaqt maboynida muayyan takrorlanuvchanlik bilan xarakterlanuvchi harakat yoki jarayonga tebranish deyiladi. Tebranishlar tabiat va texnikada keng tarqalgan. Masalan: Yerning yillik va sutkalik harakati, ummonlar suv sathlarining ko`tarilishi va pasayishi, yer silkinishi – zilzila, daraxtlar shoxlari, barglarning harakati, inson va hayvonlarning yurishi, qushlarning qanotlarini qoqishi, yegulikni chaynash, yurakning urishi, qonning aylanishi, nafas olish va chiqarish, soat strelkalari harakati, porshen, shatun, gardish, vallarning harakati, o`zgaruvchan tok, o`lchash asboblarining strelkalari harakati, mashina, poezd, samolyot, raketalar, stanoklarning titrashlari va hakoza va shunga o`xshaganlar. Tebranishlar turli xil bo`lsalar ham umumiy kattaliklar va tenglamalar bilan xarakterlanadilar. Tebranish tizimi tashqi ta`sirsiz dastlabki energiya hisobiga sodir bo`lsa unga erkin tebranish deyiladi. Tebranishni oddiy turi garmonik tebranishdir. Sinus yoki kosinus qonuniga bo`ysunuvchi tebranishlar garmonik tebranish deyiladi. S kattalikka ega garmonik tebranish formulasi quyidagicha yoziladi: s = Acos( ) bunda A-tebranayotgan fizik kattalikning maksimal qiymati – tebranish amplitudasi, - siklik chastota, esa t=0 paytdagi tebranishning boshlang`ich fazasi. Vaqtning t paytdagi tebranish fazasi ( ) ga teng bo`ladi. S-kattalik + A va -A qiymatlar oralig`ida o`zgaradi. Tebranish holatini muayyan vaqt oralig`ida takrorlanishi uchun zarur vaqt oralig`iga tebranish davri deyiladi. Bu vaqt intervalida tebranish fazasi 2π orttirma oladi. π Bundan = ligi kelib chiqadi. = - kattalikka tebranish chastotasi deyiladi. Bir sekundda bitta to`liq tebranish sodir bo`lsa tebranish chastotasi 1 Gers (1Gs) ga teng deyiladi. Aytilganlarni inobatga olib siklik chastotani quyidagicha yozamiz: =2 Garmonik tebranish tezligi va tezlanishi ifodalari quyidagi ko`rinishda bo`ladi: υ = =-A Garmonik tebranish tezligi va tezlanishining siklik chastotasi o`zgarmaydi, amplitudalari mos holda A va A ga teng bo`ladi. Prujinali mayatnikning siklik chastotasi davri T= 2 potensial energiyasi Wn= formulalardan topiladi. Fizik mayatnikning siklik chastotasi davri esa T= 2 ifodalar yordamida aniqlanadi. Matematik mayatnikning davrini formulasi T=2 ko`rinishi ega. Insoniyat tarixida elektramagnit tebranishlarining ahamiyati benihoyadir. Elektromagnit tebranishlar muayyan zamonaviy qurilmalarda hosil qilinib, uning eng oddiysi tebranish konturi hisoblanadi. Ketma-ket ulangan induktivlik g`altagi, elektr kondensator va rezistordan iborat elektr zanjirga tebranish konturi deyiladi. Konturdagi zaryadning erkin garmonik tebranishlari Q=Qmcos( ) formula bilan ifodalanadi, bunda Qm-zaryad o`zgarishining amplitudaviy qiymati. Konturning xususiy tebranishlar chastotasi , davri esa T = 2 formulalar asosida aniqlanadi. Tebranish konturidagi tok kuchi va kuchlanish tebranishlari uchun quyidagilarni yozamiz: I= = - ) Bunda Im= - tok kuchining amplitudasi Uc= ) Um= kuchlanish amplitudasi Download 107.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling