Tebranma harakat


Download 0.69 Mb.
Sana04.12.2020
Hajmi0.69 Mb.
#159189
Bog'liq
14-mavzu


Markazdan qochma kuchni aylanuvchi jismlarda hamda jism harakati davomida burilishi zarur bo‘lgan hollarda hisobga olinadi. Xuddi shunday yo‘lning burulish qismlarida markazga intilma kuch ta’sirida vertikal holatdan og‘ish kuzatiladi.

Bu holat avariyaga olib kelmasligi uchun velosipedchi yoki mototsiklchilar aylanish markazi tomon biroz og‘ib harakatlanishlari zarur (4.13 a-rasm). Avtomobilda bu kuchni muvozanatlash uchun yo‘lning bir tomonini biroz ko‘tarib quriladigan bo‘ldi (4.13 b-rasm). Tramvay va poyezdlarning relslari yo‘lning qayrilish joylarida tashqi aylanasi biroz ko‘tarilib quriladi.

Turmushda uchraydigan harakatlarning ba’zilari teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bunday harakatlar davriy harakatlar deyiladi. Davriy harakatlar orasida jismning muvozanat vaziyati atrofida goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga qiladigan harakati ko‘p uchraydi. Jismning bunday harakati tebranma harakat yoki qisqacha tebranishlar deyiladi. Muvozanat vaziyatidan chiqarilgan jismning o‘z-o‘zidan ichki kuchlar ta’sirida qiladigan tebranishlari xususiy (erkin) tebranishlar deyiladi. Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning siljishi (x) deyiladi. Muvozanat vaziyatdan eng katta chetlashishga tebranish amplitudasi (A) deyiladi. Mexanik tebranishlarni kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik (5.1-rasm). Bu rasmdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz harakatlana oladi, chunki sharchaning og‘irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi. Prujinaning elastiklik koeffitsiyenti k, massasi hisobga olinmas darajada ki chik. Tizimning massasi yukda, bikrligi esa prujinada to‘plangan deb hisoblash mumkin.

ta’sirida muvozanat vaziyati tomon harakat qila boshlaydi. Vaqt o‘tgan sari yukning siljishi A dan kamaya boradi, lekin yukning tezligi esa osha boradi. Yuk muvozanat vaziyatiga yetib kelgach, uning siljishi (x) nolga teng bo‘lganligi uchun elastiklik kuchi nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin yuk inersiyasi tufayli chap tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchining moduli ham orta boradi. Lekin elastiklik kuchi doim yukning siljishiga teskari yo‘nalganligi uchun, u yukni tormozlay boshlaydi. Natijada yukning harakati sekinlasha borib, nihoyat u to‘xtaydi. Endi yuk siqilgan prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchi ta’sirida yana muvozanat holati tomon harakat qila boshlaydi.
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling