Avvalambor, har qanday yaxshi tashkil etilgan sayt keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir ekanligini ta’kidlash kerak. Misol uchun:
Sizning biznesingiz uchun maqsadli tashrif buyuruvchilar oqimini shakllantirish;
Matn, rasm, shuningdek, video va audio materiallar kabi ko’p terilgan formatlardagi dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish;
Saytga tashrif buyuruvchilarning qiziqish bildirgan fayllarini yuklab olish imkoniyatini, masalan, narx-navo ro’yxati yoki taklif etilayotgan mahsulot taqdimoti;
Biznesingizni avtomatlashtirish;
va yana boshqa ko’rsatmalar.
Sizning saytingiz qanday muammolarni hal qilishini bilasizmi? Bu juda muhim, chunki faqat belgilangan vazifalarga asoslanib, siz internet-resursingizni yaratish uchun mos bo’lgan sayt turini tanlashingiz kerak.
O’z veb-saytingizni yaratishning texnik jihatlari asosan kerakli vositalarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Avvalo, bugungi kunda saytni mustaqil yaratishning uchta asosiy usuli borligini tushunish kerak:
Keling, ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqaylik. Bizning fikrimiz bo’yicha qulay qilgan holda boshlanuvchilarga to’g’ri keladigan usullarni ko’rib chiqamiz.
Sayt konstruktorlari
Ular yordamida hozir kichik sayt yaratish imkoni bor. Hech qanday bilimga ega bo’lish shart emas. Konstruktorlar internetda ko’p, o’zingizga to’g’ri keladiganini tanlab, tekin versiyada to’liq yaratib bo’lgach oddiy ta’rifli aktiv statusga o’tsangiz bo’ldi
Mashhur konstruktorlar:
Wix
Tilda
Ucoz va boshqalar
Lekin, bu usul bilan sayt yaratishni o’rganib Siz deyarli hech nimaga erishmaysiz. To’g’ri bir xilgi paytlar 1-2 soat ichida sayt yaratish kerak bo’ladi va Men o’ylayman bular siz uchun ideal variant bo’ladi, ammo bu usul bilan Siz moliyaviy shug’ullanishingiz qiyin va shaxsiy saytingiz sifatida daromad manbayiga uni aylantirishingiz murakkab bo’ladi. Yana bo’lsa, konstruktorlar ham arzon emas va bu yana bir kamchiligi demakdir. Yomon
kamchiligi shundaki, saytingiz chegaralangan funksional ostida bo’ladi. Siz o’zingiz xohlaganingizdek saytingizni yarimini ham yarata olmaysiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |