Техник конструкциялаш ва моделлаш
Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi
Download 1.43 Mb.
|
Texnik ijodkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi.
3. Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi. Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to‘garaklar o‘quvchilarning ma’lum qisminigina o‘z ichiga oladi. Hamma o‘quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo‘lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko‘p o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar. 4. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi. Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko‘p ixtisosliklar mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik obyektlar va moslamalar ishlatiladi. Shuning uchun texnika bo‘yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchilarning o‘z xohishi moyilligiga va qiziqishiga qarab tanlash prinsipiga asosan sharoit tug‘dirib berish zarur. Kichkina maktablarda bitta mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarning texnikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo‘lsa unda 2-3 mehnat ta’limi o‘qituvchilari ishlasa unda o‘quvchilarning texnik to‘garaklar bo‘yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To‘garak ishlarining yo‘nalishlari maktab ma’muriyati ehtiyojidan kelib chiqib o‘zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish korxonasini harakter i, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga olishi zarur. Agarda maktab miqyosida tashkil etilayotgan to‘garaklar o‘quvchilarning ehtiyojiga mos kelmasa u holda rayon va shahar miqyosidagi to‘garaklarda ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ochilgan to‘garak faoliyatida o‘quvchilar umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy masalalarni hal etish uchun texnik to‘garaklar tipaviy dasturi, meyoriy hujjatlari bo‘yicha to‘garak tashkilotlari va rahbarlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar. Texnik to‘garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To‘garak ishlari maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo‘lish mumkin. Ular shug‘ullanishi yiliga qarab boshlang‘ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo‘linadi. To‘garaklarni tashkil qilish jarayonida rahbar o‘zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy-texnik bazasining imkoniyati va o‘quvchilarning qiziqishiga qarab dasturga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab tuzilmagan rejasi quyilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun tugarak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishini tavsiya etadi: 1. Umumiy qism; 2. Ta’lim tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar; 4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo‘jalik ishlari. To‘garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari o‘quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi. To‘garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o‘tadi. To‘garak rahbari to‘garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko‘nikma darajasi bo‘lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik tug‘diradi.Birinchi darsdan keyin o‘quvchilar o‘zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik obyektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a’zolarini fikr va mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg‘ulotga to‘garak rahbarlari zarur bo‘lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni tayyorlab qo‘yadi. O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida qabul qilinadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘quvchilar maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma’lum darajali tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Agar o‘quvchi mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lsagina texnik ijodkorligi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishish mumkin. O‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlari ma’lum texnik to‘garaklar qabul qilish bo‘yicha mezon hisoblanadi. Imkon darajasida to‘garak a’zolarining yoshlari bir xil bo‘lsa 1-2 yosh farqi bilan to‘garakni komplektlash mumkin. Undan tashqari to‘garak guruhlarini komplektlashda asosiy mezonlardan biri maktab o‘quvchilarining qaysi texnika turiga qiziqishlaridadir. Har doim to‘garaklarga o‘quvchilar rejasidagidan ko‘proq qabul qilinadi, sababi bilib - bilmay to‘garakka kirib qolgan o‘quvchilarni tashlab ketishadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling