Техник конструкциялаш ва моделлаш
Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari
Download 1.43 Mb.
|
Texnik ijodkorlik
Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari. Oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglar tayyorlashdir. O‘qituvchi inson yaratgan barcha ilm–qadriyatlarni egallagan, ijodkor shaxs hisoblanadi. O‘qituvchilik qilish uchun mutaxassislikka oid, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur egallashigina kifoya qilinadi, balki u ilmiy-tadqiqot ishlariga ham layoqatli, o‘quvchilar ta’lim tarbiyasi jarayoniga ijodiy yondoshish ko‘nikma va malakalarini ham egallagan kishi bo‘lmog‘i lozim. Bunday o‘qituvchini shakllantirish uchun pedagogik o‘quv yurtlari talabalar faoliyatida ilmiy-tadqiqot elementlarini ham qo‘llash lozim.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z navbatida ulardan chuqur mustahkam bilim egallashni talab qiladi Mustaqil bilimlarsiz amaliy, o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondoshish mumkin emas. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari asosan, professional pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - talabalarning izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondoshishni rivojlantirish; - mutaxassislikka oid pedagogik-psixologik fanlarga oid o‘quv-tadqiqot ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; - adabiyotlar va boshqa ilmiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish qobiliyatlarini o‘stirish; - o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, shuningdek mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko‘ra olish va shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikma va malakalarini egallash; - o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qilishda ilmiy-tadqiqiot metodlaridan foydalanishga o‘rganish. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalar bajaradigan ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo‘nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlari, ya’ni o‘quv-tadqiqot ishlar; ikkinchisi, auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari. O‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: - laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishda tadqiqot ishlariga o‘rgatish; - o‘quv predmetlaridan amaliy mashg‘ulotlar uchun tajriba-sinov materiallarini to‘plash; - qo‘shimcha adabiyotlarni, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va metodologiyasi masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarni (vatan va chet el adabiyotlarini) o‘rganish va tanqidiy tahlil qilish; - to‘plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma’ruzalar yozish; - pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari davomida o‘quv ekspeditsialari vaqtida o‘quv topshiriqlari bo‘yicha individual yoki jamoaviy tadqiqoti ishlarini olib borish; o‘quvchilarning qiziqishlari individual xususiyatlarini o‘rganish, jamoada shaxslararo munosabatlar bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy psixologik va sotsiologik tadqiqotlar, yoshlar tadqiqodi va ideali maktabda o‘quv-tarbiyaviy ishlar metodlarini qiyosiy-psixologik, pedagogik, arxeologik tadqiqotlar, gerbariylar to‘plash, fenologik va materialogik hodisalarni o‘rganish, o‘quv ustaxonalarida mehnat ta’limi metodlarining samaradorligini tadqiq etish, o‘simliklar, daraxtlar o‘stirishning samarali vositalarini tadqiq qilish va boshqalar; - kurs, bitiruv va diplom ishlarini tajriba-tadqiqot yo‘nalishida bajarish. Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: - talabalarning ilmiy to‘garaklardagi ishlari. Bunday to‘garaklarda talabalar ilmiy bilish metodlarini, tadqiqot usullarini o‘rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm manbalari asosida hisobotlar yozadilar, o‘zlarining tadqiqot ishlari haqida chiqishlar qiladilar, turli masalalarni muhokama qilishda, munozaralarda qatnashadilar; - kafedra o‘qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta’limi tizimidagi ilmiy-metodik muassasalari tomonidan olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; - ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan arxeologik, etnografik va boshqa ekspeditsiyalarda qatnashish; - o‘zining tadqiqot materiallari asosida ma’ruzalar va chiqishlar qilish; - konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruksiya qilish, ta’limning texnik vositalari va ko‘rgazmalik vositalarini yasash, jamoa xo‘jaliklarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni o‘rganish va boshqalar. 1-2 kurslarda talabalar kafedra o‘qituvchilari rahbarligida psixologik-pedagogik va o‘z mutaxassisligi yuzasidan dastur topshiriqlarida muvofiq o‘quv harakter idagi tadqiqot ishlarini bajaradilar. O‘qigan, bilganlarini yozma bayon qilishga o‘rganadi, ilmiy tushunchalarni, qoidalarni o‘z tushunchasi bilan solishtiradi. maktablar orasidagi aloqalarni tushunadi va mustaqil fikrlaydi. Referat yozish davomida talabalar adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallaydi, muhim nazariy masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilmiy ishlarni rasmiylashtirish kabi qoidalar bilan ham tanishadi. Ayrim kurslarining oxirida o‘tkaziladigan o‘quv konferensiyalari ham talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga o‘rgatishga muhim ahamiyatga kasb etadi. Ishning bu shakli referativ ishga bog‘lanadi va unga suyanadi. Maruzachilar muammo yuzasidan eng yaxshi referat yozgan talabalaridan tanlanadi. Ularning chiqishlarini boshqalar to‘ldiradilar. Har bir ma’ruza to‘ldiriladi, muhokama qilinadi, bunday konferensiyalar o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Shuningdek, birinchi, ikkinchi kurslarda o‘quv amaliyoti jarayonida talabalar maktab o‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini o‘rganishga jalb etiladi. Bunda ular kuzatish, suhbat va anketalar yordamida o‘quvchilarga hususiyatlarga, qiziqishlarni va intilishlarni o‘rganadilar va tadqiqotchilik malakalarni egallaydilar. Talabalarda tadqiqotchilik sifatlari shakllanishning ikkinchi bosqichi yuqori kurslarda o‘qish davomida bo‘ladi. Bu bosqichda talabalar laboratoriyada, o‘quv va ilmiy ekspeditsiyalarda turli darajadagi tadqiqot ishlarni mustaqil bajaradilar, ilmiy-to‘garak va kafedra o‘qituvchilar va aspirantlar tadqiqotlarda, talabalarning jamoaviy tadqiqot ishlarda qatnashadilar; kurs, bitiruv va diplom ishlari yozish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaradilar; ilmiy nazariy konferensiyalarda ma’ruza qiladilar, ilmiy ishlar konkurslarida ishtirok etadilar. Bu bosqichda talabalar olib borgan tadqiqot ishlar natijasida mavzu tanlay olish, tadqiqot metodikasini tuza olish, tadqiqotni tashkil etish va o‘tkazish, tadqiqot natijalarini sifat va son jihatidan tahlil qilish, o‘z hulosalarini ayta olish, o‘z ishini talabalar ilmiy ishlari konkurslari uchun tayyorlay olish qobiliyatini ko‘rsatish kerak. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling