Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfaol ta’limdagi suhbat ishtirokchilari
- Ikki sahifali kundalik” grafik organayzer (GO).
Interfaol ta’lim – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining BKM hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuv- chi ta’limdir.
Bu turdagi ta’lim talabalarning o‘zaro suhbatiga asoslanadi. Ta’lim jarayonida suhbat quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi: Talaba – talaba (juftlikda ishlash) Talaba – talabalar jamoasi (sinf, guruh jamoasida ishlash) Talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar Talaba – talabalar guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash) Interfaol ta’limdagi suhbat ishtirokchilari Interfaol metodlar ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba va talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoni- yatiga egalik asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda ularda erkin fikrlash; shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish; muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash; o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘zaro yaqin- liklarini yuzaga keltirish; “o‘qituvchi-talaba-talabalar guruhi”ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari; bir-birlarini tushunishlari; bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari; bir-birlariga samimiy munosabatda bo‘lishlari; ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Interfaol metodlar mohiyatiga ko‘ra suhbatning “talaba-axbo- rot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi ta- labalar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro ham- korlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, bosh- qarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘quv jarayonining interfaol metodlar yordamida tashkil etilishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi talab qilinadi: Ish tajribasi. Metodik malaka. Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar. Tashkilotchilik qobiliyati. Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihoz- lari)ga ega bo‘lish. Talaba va talabalar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar- ning ishonch va hurmatga asoslanishi. Talaba va talabalar guruhining o‘zaro hamkorlikka erisha olishi. Ta’lim jarayonida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tu- tishi. Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, o‘rinli, maqsadga muvofiq va o‘zaro moslikda qo‘llashga erishish. “Ikki sahifali kundalik” grafik organayzer (GO). Mazkur GO talabalarga o‘rganilgan mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar mohiyatining qanchalik o‘zlashirilganligini tahlil qilishga yordam beradi. GO bilan ishlashda talabalar quyidagi jadval ko‘rinishdagi tayyor ish qog‘ozini bilan ishlaydi yoki daftarlarida jadvalni tasvir- lashadi:
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling